Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimi – ayni bir xil standartlar va qoidalar qo'llaniladigan muayyan mahsulotlar, ishlar yoki xizmatlarga taalluqli sertifikatlashtirish tizimi
Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimi – ayni bir xil standartlar va qoidalar qo'llaniladigan muayyan mahsulotlar, ishlar yoki xizmatlarga taalluqli sertifikatlashtirish tizimi.
Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimi – ayni bir xil standartlar va qoidalar qo'llaniladigan muayyan mahsulotlar, ishlar yoki xizmatlarga taalluqli sertifikatlashtirish tizimi.
Sinov laboratoriyasini akkreditlash – sinov laboratoriyasining (markazining) muayyan mahsulot sinovini yoki muayyan sinov turini amalga oshirishga doir vakolatlarning nufuzli organ tomonidan rasmiy e'tirof qilinishi.
Sertifikatlashtirish organi – sertifikatlashtirishni o'tkazuvchi organ.
Sinash – bu o'rnatilgan muolajaga muvofiq holda bir yoki bir nechta xarakteristikani aniqlash.
Akkreditlash tizimi – Akkreditlashni o'tkazish uchun protseduralar va boshqaruvning o'z qoidalariga ega bo'lgan tizim.
Akkreditlash tizimi – Akkreditlashni o'tkazish uchun protseduralar va boshqaruvning o'z qoidalariga ega bo'lgan tizim.
Akkreditlash – Protsedura bo'lib, uning vositasida vakolatli idora shaxs yoki idoraning muayyan ishni bajarish huquqiga ega ekanligini rasmiy tan oladi.
Akkreditlash bo'yicha idora – Akkreditlash tizimini boshqaruvchi va akkreditlashni o'tkazuvchi idora.
Inspektsiya tekshiruvi – sertifikatlashtirish va akkreditlashda o'rnatilgan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida sertifikatlashtirilgan mahsulot, sifat yoki ishlab chiqarishni boshqarish tizimlari, sertifikatlashtirish bo'yicha idoralar, sinash laboratoriyalari (markazlari) ning faoliyatini takroriy baholash protsedurasi.
Sifat – O'z tafsilotlari majmuining talablarga muvofiqlik darajasi.
Sifat menejmenti tizimi – Sifatga nisbatan tashkilotga rahbarlik qilish va boshqarish uchun menejment tizimi.
Sifat sohasidagi siyosat – yuqori rahbariyat tomonidan ifodalangan sifat sohasida tashkilotning umumiy maqsad va faoliyat yo'nalishi.