13 mavzu Blokcheyn texnologiyasi va undan foydalanish yo‘llari
13-mavzu. Blokcheyn texnologiyasi va undan foydalanish yo‘llari REJA: 13.1. Bloycheyn texnologiyasi va uni qo‘llanilishi
13.2. Soliq, bank, buxgalteriya soxasida blokcheyn texnologiyalarini qo‘llanilishi xususiyalari
13.3. Tranzaksiyalarni jarayonida axborotlarni uzatilishi
Blokcheyn -Tarqalgan reestr texnologiyalari (blockchain) - markazlashtirilmagan saqlash va tranzaktsiyalarni ritmlari va protokollari, ularni keyinchalik o'zgartirish imkoniyatisiz bog'langan bloklarning ketma-ketligi sifatida tuzilgan. Blokcheyn –jamiyat va iqtisodiyotni batamom transformatsiya qiluvchi, bir qancha biznes modellarni tubdan o‘zgartiruvchi va bularning natijasida ilmiy texnik yangilik sifatida ishonchni hayotga olib kiruvchi raqamli innovatsion texnologiyadir.
Blokcheyn–bu butun dunyo bo‘ylab ishlayotgan komp’yuterlarda joylashgan katta buxgalteriya kitobi yoki jurnal -grossbux bo‘lib, unga har bir inson yozuvlar qo‘shishi va uni istalgan vaqtda o’qishi mumkin.
Blokcheyn–bu markaziy boshqaruv organiga ega bo‘lmagan holda ma’lumotlarni internetda himoyalangan va shaffof tarzda saqlash va o‘zgartirish imkonini beradigan dasturiy mahsulotdir.
Blokcheyn–tranzaksiyalar, kontraktlar, mulkdorlik hujjatlari, san’at asarlari va boshqalar haqidagi turli -ko‘rinishdagi ma’lumotlar saqlanadigan bloklar zanjirini -raqamli konveerni) anglatadi.
Blokcheyn–bu ma’lumotlar bazasini tashkil etish texnologiyasi bo‘lib, internet tizimiga tayanadi va uning barcha afzalliklaridan, shu jumladan, ochiq protokoldan, shifrlashdan va hisoblash imkoniyalaridan to‘liq foydalanadi. Ushbu taqsimlangan ma’lumotlar bazasini har bir tranzaksiya bundan oldingisini o‘zgartirib yoki yo‘qotib yubormasdan, undan keyingisi yoziladigan elektron buxgalteriya kitobi bilan tenglashtirish mumkin. Bu elektron kitob aktiv, xronologik tartibda yozilgan, taqsimlangan, tekshiriluvchan va tizim ishtirokchilari -tugunlar) orasidagi o‘zaro ishonch -konsensus) asosida ma’lumotlarni falsifikatsiya qilishdan himoyalangan.