13-mavzu. Istemolchi xulqi nazariyasi: foydalilik va uni maksimallashtirish reja


Mahsulotlarning iste’mol xususiyatlari



Yüklə 51,23 Kb.
səhifə4/7
tarix30.01.2022
ölçüsü51,23 Kb.
#51818
1   2   3   4   5   6   7
13-Mavzu

3. Mahsulotlarning iste’mol xususiyatlari. Zeb-ziynat buyumlariga talab odatda egiluvchan, hayotiy zarur buyumlarga esa talab noegiluvchan hisoblanadi. Masalan, non va elektr energiyasi zaruriy iste’mol buyumlari hisoblanadi, shu sababli ular narxining oshishi non yoki elektr energiyasini iste’mol qilishning keskin kamayishiga olib kelmaydi. Boshqa tomondan, zeb-ziynat buyumlariga narxlar oshganda ularni osonlik bilan iste’moldan chiqarib tashlash mumkin.

4. Vaqt omili. Qaror qabul qilish uchun vaqt oralig‘i qancha uzoq bo‘lsa, mahsulotga talab shuncha egiluvchan bo‘ladi. Masalan, agar mol go‘shtining narxi 10%ga ko‘tarilsa, iste’molchi uni xarid qilishni birdaniga qisqartirmasligi mumkin. Lekin bir qancha vaqt o‘tishi bilan u o‘zining moyilligini tovuq go‘shti yoki baliqqa o‘tkazishi mumkin. SHuningdek, daromad bo‘yicha talab egiluvchanligi ham mavjud. Daromadlar ko‘payishi bilan tovar va xizmatlarga bo‘lgan talab ham oshadi. Bundan ko‘rinadiki, daromad talabga ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sir darajasini aniqlash uchun daromad bo‘yicha talab egiluvchanligi ko‘rsatkichidan foydalaniladi2.

Taklif hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan sharoitda, narxning bir foizga o‘zgarishi taklifning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich taklifning narx bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi deyiladi. Bu ko‘rsatkich ko‘pincha oddiy qilib taklifning egiluvchanligi deb ham ataladi3.

Taklifning narx bo‘yicha egiluvchanligi (Etf) darajasi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:



,

Bu erda: Q – taklif miqdorining foizli o‘zgarishi;

R – narxlarning foizli o‘zgarishi.


Yüklə 51,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin