13-mavzu. Moliyaviy natijalar hisobi


-jadval Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar (9300)ning bog’lanishi



Yüklə 57,45 Kb.
səhifə6/11
tarix11.07.2023
ölçüsü57,45 Kb.
#136390
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
13-mavzu. Moliyaviy natijalar hisobi

86-jadval
Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar (9300)ning bog’lanishi



Xo’jalik muomalalarining mazmuni

Schyotlarning bog’lanishi

Debet

Kredit

1

Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda

9210

9310

2

Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda

9220

9320

3

Shartnoma majburiyatlariga rioya etmaganligi uchun boshqa korxonalarga taqdim etilgan jarima, penya va ustamalar summasi

4860

9330

4

Hisobot davrida aniqlangan o’tgan yillar foydalari

4010

9340

5

Qisqa muddatli ijara shartnomasi bo’yicha ijara to’lovlari summasi

4820

9350

6

Da’vo muddati o’tishi bilan kreditorlik qarzlarini hisobdan chiqarish

6010

9360

7

Kreditor qarzlar va hokazolarni hisobdan chiqarishdan daromadlar

6910-6990

9360

8

Kamomadlar bo’yicha baholardagi farqlar moddiy javobgar shaxs hisobiga olib borildi

4730

9370

9

Tekinga olingan pul mablag’lari

5110-5530

9380

10

Asosiy, yordamchi ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklardagi, umum ishlab chiqarish omborlaridagi Materiallar, tugallanmagan ishlab chiqarishning ortiqchalari kirim qilindi

2010, 2310, 2510, 2710

9390

11

Ilgari hisobdan chiqarilgan debitorlik qarzlaridan olingan daromadlar

Olinadigan schyotlar

9390

12

Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan talab qilinmagan bo’nak summalarining hisobdan chiqarilishi

6310-6390

9390

13

Hisobot davrining oxirida asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi

9310-9390

9910

7. Moliyaviy faoliyatning daromadlari va xarajatlari hisobi.


«Xarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizom»ga binoan moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlarga quyidagilar kiradi:
- olingan royaltilar va sarmoya transferti.
- O’zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida ulush qo’shgan holda qatnashishdan olingan daromad, aksiyalar bo’yicha dividendlar va obligatsiyalar hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli qimmatli qog’ozlar bo’yicha daromadlar.
- mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar (lizing to’lovini olish).
- valyuta schyotlari, shuningdek chet el valyutalaridagi muomalalari bo’yicha ijobiy kurs tafovutlari.
- sarflangan (qimmatli qog’ozlarga, sho’ba korxonalarga va hokazolarga) mablag’larni qayta baholashdan olingan daromadlar.
Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar soliqqa tortishda yalpi daromadga kiritilmaydi.
Moliyaviy faoliyat bo’yicha daromadlar hisobi «Asosiy xo’jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar» nomli 2-son BHMA, «Lizing hisobi» nomli 6-son BHMA, «Moliyaviy investitsiyalar hisobi» nomli 12-son BHMAlar bilan tartibga solinadi.
Moliyaviy faoliyat daromadlari to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
9510 “Royalti ko’rinishidagi daromadlar”;
9520 “Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar”;
9530 “Foizlar ko’rinishidagi daromadlar”;
9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar”;
9550 “Uzoq muddatli ijaradan daromadlar”;
9560 “Qimmatli qog’ozlarni qayta baholashdan daromadlar”;
9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari”.
Royalti ko’rinishida olingan daromadlar 9510 “Royalti ko’rinishidagi daromadlar” schyotining kreditida 4850 “Olinadigan royalti” yoki pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
O’zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida boshqa korxonalar faoliyatida ulush bilan ishtirok etishdan olingan daromadlar, korxonaga tegishli bo’lgan aksiyalar bo’yicha dividendlar va obligatsiya va boshqa qimmatli qog’ozlardan daromadlar 9520 “Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar” schyotining kreditida 4840 “Olinadigan dividendlar” schyoti bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
Uzoq muddatli va joriy investitsiyalar bo’yicha foizlar ko’rinishidagi daromadlar 9530 “Foizlar ko’rinishidagi daromadlar” schyotining kreditida 4830 “Olinadigan foizlar” schyoti bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” schyotida balansning valyuta moddalari bo’yicha ijobiy kurs farqlaridan olingan daromadlar aks ettiriladi. Chet el valyutasidagi operatsiyalar bo’yicha ijobiy kurs farqi, shu jumladan buxgalteriya balansini tuzish sanasiga qarzlarni qayta baholash farqlari 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” schyotiga o’tkaziladi.
Mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar 9550 “Uzoq muddatli ijaradan daromadlar” schyotining kreditida 4830 “Olinadigan foizlar”, 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar”, pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar va boshqa tegishli schyotlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
Qimmatli qog’ozlarni qayta baholashdan daromadlar 9560 “Qimmatli qog’ozlarni qayta baholashdan daromadlar” schyotining kreditida uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar va qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” schyotida moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari aks ettiriladi.

Yüklə 57,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin