13-mavzu oila tarbiyasnining pedagogik asoslari. Tarbiyaviy ish
O’zbekistonda ko’pbolali oilalarning mintaqaviy xususiyatlari O’zbekistonda yuqori tug’ilish darajasi quyidagi mintaqaviy omillari bilan izohlanadi:
-inson organizmiga geografik va iqlim sharoitlarining ta’siri, ayollarda homila davrining uzunligi,
-erta nikohdan o’tish an’anasi,
-ijtimoiy omillar-ayolning jamiyat va oiladagi o’rni. Hozirgi kungacha oilaviy tarbiya amaliyotida ko’pbolalikning ijobiy va salbiy xususiyatlari borasida bahslar olib borilmoqda, chunki bu muammoning ahamiyatli ekanligiga qaramay bu masala etarli darajada o’rganilmagan.
Ko’p bolali oila-kattalar va bolalardan iborat, o’ziga xos jamoadir. Unda shaxsning ijtimoiylashuvi uchun qulaysharoitlar yaratiladi. Bunaqa oilada tarbiya jarayonini tashkil etish muammosi bilan shug’ullanuvchi olimlar ham turli qarashlarga egadirlar. Ularning ba’zilari ko’p bolali oilada bola jamoa munosabatlari orqali tajriba to’playdi deyishadi, chunki ko’p bolali oila tarbiya uchun qulay sharoitlar yaratadi va ota-onalarning bolalari haqida qayg’urishlari teng taqsimlangan bo’ladi. Boshqa tadqiqotchilar esa, aksincha ko’p bolali oilada bola har tomonlama etarli rivojlanmaydi, deb hisoblashadi.
Agar oilaviy tarbiya bola individualligini aniqlash va uning qobiliyatlarini rivojlantirish kerak degan qoidadan kelib chiqsak, bu uchun oila nihoyatda rivojlangan bo’lishi kerakligiga amin bo’lamiz.
Ko’pbolali oilada individual yondashuv bo’ladimi? Bu erda tarbiya jarayonining ko’p tamonlamaligi va standartlashuvi ro’y bermaydimi? Individual yondashuv uchun avvalo psixologik va pedagogik bilimlar, shuningdek esa tarbiya jarayonida bolalarni kuzatish uchun maxsus vaqt va psixologik tahlil o’tkazish kerak.
Ba’zi nohush tarbiyaviy omillar o’zbek oilasida, xususan ko’pbolali o’zbek oilasida uy xo’jaligini yuritish bilan bog’liq. Ko’p o’zbek oilalarida uy ishlarini qiz bolalar bajarishadi, o’g’il bolalar esa bu vazifalardan deyarli ozod etilganlar. Bu holat keyinchalik o’g’il bola xarakterida oiladagi muomalasiga xalaqit beruvchi odatlarni paydo qilishi mumkin. ba’zan esa bolalar uy yumushlariga haddan ortiq vaqt ajratishadi. Bu ham ularning ta’lim olishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ba’zan o’zbek oilalarida ota-onalar bolalarining o’qishiga umuman befarq bo’lishadi, ularga uy vazifalarini bajarishda amaliy yordam barishmaydi. O’zbek oilalarida bola uy vazifalarini kechqurun-barcha oila a’zolari to’planishganda qilish odat bo’lgan. Bu vaziyatda ko’pgina chalg’ituvchi omillar ham paydo bo’ladi-televizor ko’rish, oila a’zolarining o’zaro suhbatlashishi qilishi, uy yumushlarini bajarish talabi. Ko’pgina oilalarda bolalarning o’qishi uchun sharoitlar bor, biroq ular har doim ham yaxshi jihozlanmagan bo’ladi. Bu borada aksariyat ota-onalar pedagogik maslahatlarga ehtiyoj sezadilar. Ularni bolalarga yordam berishning aniq usullari bilan tanishtirish lozim.
O’zbek oilalaridagi yigit-qizlarning ijtimoiy moslashuvigasiga xalaqit beruvchi omillarga qizlarni oilaviy hayot uchun yigitlarni esa mehnat, kasb uchun noto’g’ri tayyorlashni kiritsak bo’ladi. Ayol kishidan malakaviy va kasbiy faollikni, erkak kishidan esa o’z xizmat va oilaviy majburiyatlarini bajarishni talab qiluvchi hozirgi kunda bu an’analarning saqlanib qolishi zamonaviy ijtimoiy talablarga zid keluvchi hodisadir. Bu hodisa ijtimoiy tarbiya va oilaviy tarbiya o’rtasida kelishmovchiliklar borligidan guvohlik beradi. Bunaqa oilalarning salbiy ta’sirini bartaraf etish oilani shaxs ijtimoiylashuvining asosiy omili sifatida mukammallashtirishni talab qiladi. Bu masalaning muhimligi kadrlar tayyorlash milliy dasturida ilgari surilgan ta’lim-tarbiya jarayoni talablari bolalar tarbiyasiga nafaqat maktabda balki, oilada ha o’z talablarini qo’yganligi bilan katta ahamiyatga ega bo’lmoqda.
Shu bilan birga bir qator o’zbek pedagog olimlari aynan ko’pbolali oilalarda bolalar tarbiyasi uchun qulay sharoitlar mavjud deb hisoblashadi. Avvalo, ko’pbolali oila pedagogik munosabatda qulay bo’lgan yosh tuzilmasiga ega. Bir nechta bola mavjud bo’lganida ota-onalarning g’amxo’rligi ham ular orasida teng taqsimlanadi. Katta oilada bola yoshligidanoq jamoaviy munosabatlarga kirishadi. Katta va kichik boalar o’rtasida turli o’zaro munosabatlar shakllanadi. Ko’pgina ota-onalar ko’pbolali oilalarda bolalarni tarbiyalash oson, chunki bunda katta farzandlar yordam berishadi deyishadi. Ko’pbolali oilalardagi tarbiyaning eng muhim omillari muomula muhiti, birgalikdagi mehnat, jamoaviy tashabbus, ota-onalarning talabchanligi, bolalar yoshini inobatga olish hisoblanadi. Bunaqa oilalar farzandlari axloqiy hislatlarining shakllanganligi, mehnatsevarligi, mehribonligi, to’g’riligi, mustaqilligi, ishbilarmonligi bilan ajralib turishadi. Katta oilada mustahkam va tabiiy bolalar jamoasi shakllanib, unda bu jamoa a’zolari birgalikda g’amxo’rlik ko’rsatishadi, boshqa a’zolar oldida mas’uliyatli ekanliklarini his etishadi.
Shunday qilib o’zbek oilasining ko’pbolalik omili bola tarbiyasiga umuman olganda ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Oilaning ijtimoiy maqomi .Oilaning jamiyatda moslashuvining ko’rsatgichi uning ijtimoiy maqomi hisoblanadi, ya’ni oilaning bugungi kundagi holati. Oila maqomi oila a’zolarining individual tavsiflari majmuasidan shakllanadi. Oilaning to’rtta maqomi mavjud bo’lib, ular: ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-ruhiy, ijtimoiy-madaniy, vaziyat-rol maqomlaridir.
Ijtimoiy-iqtisodiy maqom-oilaning moddiy holatini belgilaydi. Bu oila daromadlari, yashash ko’rsatgichlarini o’z ichiga oluvchi moddiy ta’minotlanganlikdir. Daromadlar yuqori, o’rta va past bo’lishi mumkin.
Yuqori-daromad va yashash sharoitlari darajasi nafaqat maishiy ehtiyojlarni qondirish imkoniyatini beradi, balki boshqa xizmatlardan foydalanishga ham zamin yaratadi.
O’rta-holat minimal ijtimoiy ehtiyojlarni qondira oladi, biroq dam olish ta’lim va boshqa xizmatlardan foydalanishga ham zamin yaratadi.
Past-daromad va yashash sharoitlari darajasi belgilangan me’yorlarlardan past, ovqat, kiyim-kechak, yashash joyi to’lovi kabi masalalarda ham muammo chiqib turadi.
Psixologik (ruhiy) maqom-bu oilaning psixologik iqlimi. Yaxshi iqlim emotsional yaqinlik, hamkorlik, teng huquqlilik bilan xarakterlanadi. Yomon, noxush iqlim esa nizo-janjallar ko’pligida emotsional noqulayliklarda namoyon bo’ladi.
Ijtimoiy-madaniy maqom-ta’lim darajasi, yurish-turish madaniyati, an’nalarni saqlab qolish va o’tkazish vazifasi, qiziqishlarning keng doirasi, rivojlangan ma’naviy ehtiyojlar, dam olish va maishiy hayotning birgalikdagi shakllari.
Oilaning ijtimoiy moslashuv bo’yicha tadqiqot o’tkazish uchun ijtimoiy pedagogika uning xususiyatlarini bilishi, ularga baho berish lozim. A. Q. Minavarovning1 fikricha oilaning tarbiyaviy funktsiyasining darajasi uch yo’nalishda bo’luvchi uning tuzilmasiga bog’liq.
Bu yo’nalishlar demografik-ko’pbolalik, kambolalik, ikki yoki uch avlodning birgalikda yashashi, ota-onalarning ikkalasini ham bo’lishi, oila a’zolarining ta’lim olganliklari darajasi, bolalarni tarbiyalashda vazifalarni taqsimlash, oila tarbiyasining o’ziga xosligi, shuningdek oilaning milliy xususiyatlari ham inobatga olinadi.
Oila tipologiyasi ijtimoiy moslashuv darajasi bo’yicha farq qiluvchi to’rttaasosiy kategoriya asosida shakllanadi:
Yaxshi oilalar-o’z vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishadi, o’z bolasi ehtiyojlariga tez ko’nikishadi. Muammo paydo bo’lib qolsa ularga bir karra yordam ko’rsatish kifoya.
Tavakkalchi oilalarda adaptativ qobiliyatlar pastroq. Ular bola tarbiyasini qiyinchilik bilan eplashadi va ijtimoiy pedagog yordami va nazoratiga ehtiyoj sezadilar.
Muvaffaqiyatsiz oilalar hayotiy faoliyatning biror-bir sohasida past ijtimoiy maqomga ega bo’lib, ular o’zlariga yuklatilgan vazifalarni bajara olmaydilar, ularning adaptativ imkoniyatlari past, bola tarbiyasi jarayoni katta qiyinchiliklar bilan sekin kechadi. Bu oila turi uchun ijtimoiy pedagogning faol yordami zarur. Muammolari xarakteridan kelib chiqib pedagog ularga ta’lim, psixologik yordamlar ko’rsatadi.
G’ayri ijtimoiy oilalar-bu oilalar tubdan isloh qilinishi lozim. Bu oilalarda ota-onalar g’ayriaxloqiy va g’ayrihuquqiy hayot tarzini olib borishadi, yashash sharoitlari oddiy tozalik-gigienik talablarga javob bermaydi. Bolalar tarbiyasi bilan albatta hech kim shug’ullanmaydi, bolalar nazoratsiz qolib ketishadi, rivojlanishda ortda qolishadi. Ijtimoiy pedagogni bu oilalar bilan ishlaganda huquqni muhofaza qilish organlari bilan yaqin hamkorlik asosida ish yuritishi darkor.
2.Bolalikka olish,
3.Bolalarni bolalar uylariga joylashtirish kiradi.
Axborot berishga yordam olani ijtimoiy himoya masalalari bo’yicha axborot bilan ta’minlashga qaratilgan va konsultatitsiya shaklida o’tkaziladi. Masalalar maishiy, oilaviy, mehnat, fuqorolik, nafaqa qonunchiligi, bolalar, ayollar, nogironlar huquqlari, shuningdek oilaviy nizolarga tegishli bo’lishi mumkin.
Oilada ijtimoiy pedagogik yordam shakllari. Oilada ijtimoiy pedagogik yordam shakllari muhtojlarga ijtimoiy pedagogik yordam uzoq muddatli va qisqa muddatli ish shakllaridan iborat bo’ladi.
Qisqa shakllar ichidan olimlar o’zaro munosabatlarning intervent va muammoli modellarini ajratishadi.
Oila bilan ish yuritishning intervent modeli inqirozli holatda bevosita yordam ko’rsatishni ko’zda tutadi. Bu inqirozlar oila hayotidagi o’zgarishlar yoki tasodifiy noxush holatlarga bog’liq bo’lishi mumkin.
Inqirozli holatga qaysi muammolar sabab bo’lganidan qat’iy nazar ijtimoiy pedagogning vazifasi bevosita emotsional yordam ko’rsatish orqali stress holatining ta’sirini yumshatish va oila kuchlarining inqirozini bartaraf etishga qaratishdir.
Bu holatdagi yordam psixologik, axborot va vositachilik xarakteriga ega bo’lishi mumkin.
Muammoli model ham qisqa muddatli ish shakliga tegishli bo’lib, uning muddati to’rtoydan oshmaydi. Muammoli model oiladagi amaliy vazifalarni echishga qaratiladi, ya’ni model markazida shunday talab turadiki, yordam ko’rsatuvchi mutaxassis shaxslar o’z harakatlarini oiladagi muammolarini echishga yo’naltirishlari kerak. Bu model muayyan holatlarda aksar muammolarni odamlarni o’zlari xal qilishlariga asoslanadi. Ijtimoiy pedagogning asosiy vazifasi aynan shunday holatlarni yaratishdir, muammoli modelning etakchi metodi yordam ko’rsatuvchi ijtimoiy pedagog va oila o’rtasida shartnoma tuzilishidir. Shartnoma tuzilayotganda oilaning vazifasi oldinda turgan faoliyatning maqsad va vazifalarini aniqlashdir. Ijtimoiy pedagogning vazifasi esa bu maqsad va vazifalarning amalga oshishi uchun etarli bo’lgan muddatni belgilash.
Shuni ta’kidlash joizki, ijtimoiy pedagog va oila o’rtasidagi shartnoma biznes yoki nikoh shartnomasiga o’xshamaydi. Bu holatda tomonlar moddiy emas, balki axloqiy majburiyatlarga ega bo’lishadi va bu rasmiy hujjat bilan tasdiqlanadi. Shartnoma bo’yicha hamkorlik oilani shartnoma shartlarini ishlab chiqishda, qarorlar qabul qilishda faol ishtirok etishini ta’minlaydi. O’smirlar va o’spirinlar bilan ishlashda shartnomaning tuzilishi ularning mutaxassis bilan munosabatlariga jiddiy xarakter berishi bilan ijobiy jihatlarga ega.
Asosan xorij amaliyotida qo’llaniladigan uzoq muddatli ish shakllari psixoijtimoiy yondoshuvga asoslanishadi va to’rtoydan ortiq vaqtni talab qiladi.
Psixoijtimoiy yondashuvning asosiy vazifalari biror bir vazifani bajarishga odatlantirish qilish orqali oilaviy tizimni o’zgartirish, oilaga ta’sir qiluvchi boshqa ijtimoiy tizimlardagi holatlarni o’zgartirishdan iborat. Aynan ijtimoiy pedagogik yordam sharoitida patronajning qo’llanilishi maqsadga muvofiq. Patronaj- ijtimoiy pedagogik ish shakllaridan bo’lib, unda ijtimoiy pedagog tashhiz, nazorat va reabilitatsiya maqsadlarida oilaga tashrif buyuradi. Bu esa oila bilan uzoq muddatli aloqalarni ushlab qolishga zamin yaratadi. Patronaj oilani uning tabiiy sharoitlarida kuzatishga imkon beradi. Patronajning o’tkazilishi bir qancha tamoyillarga amal qilishni talab qiladi. Bular: yordamni ixtiyoriy qabul qilish, konfidentsiallik va boshqalar. Shuning uchun oilani avvaldan tashrif to’g’risida xabardor qilish lozim.
Patronajlar tanlangan ish strategiyasiga qarab doimiy va bir martalik bo’ladi. Doimiy patronajlar avvalambor g’ayri ijtimoiy oilalarga nisbatan qo’llanilishi lozim. Chunki ularni doimiy nazorat qilish intizomga chaqiradi. Shu bilan birga vujudga kelayotgan inqirozli holatlarni aniqlash imkonini beradi.
Patronaj bilan bir qatorda ijtimoiy pedagogik faoliyatda oila bilan ish olib borishning muhim shakllaridan biri–bu konsultativ suhbat o’tkazishdir. Konsultatsiya asosan hayotiy masalalarni hal qilishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan sog’ odamlarga mo’ljallangan. Yakka tarzdagi konsultatsion suhbatlar bilan bir qatorda oila bilan ishlashning jamoaviy shakllari-treninglar ham o’tkazilishi mumkin.
Ijtimoiy pedagogik trening amaliy psixologiyaning jamoaviy psixologik ish olib borishni faol metodlaridan foydalanishga asoslangan sohasi sifatida ta’riflanadi.
Shuni ta’kidlash joizki, bugungi kunda o’tkazilayotgan trening dasturlarining maqsadlari kengaydi va trening faqatgina amaliy psixologiya sohasi bo’libgina qolmay, ijtimoiy pedagogika, ta’lim tizimida ham o’z o’rniga ega bo’ldi. Trening bir qancha indevidual va jamoaviy ish olib borish usullarining uyg’unlashuvi bo’lib, ota-onalarning psixologik, pedagogik savodxonligini oshirish muammosini xal qilishning eng istiqbolli usullaridan biriga aylandi. Bu muammo so’ngi o’n yilliklar davomida o’z global ahamiyatini yo’qotmayapti. Ayniqsa ruhiy va jismoniy nuqsonli farzandli oilalarda bu muammo nihoyatda keskindir.
Jamoaviy usullar ota-onalarga bir-birlari bilan tajriba almashishi, savollar berishi va guruhda qo’llab-quvvatlanish imkonini beradi. Bundan tashqari axborot almashinuvida etakchilik rolini bajarish faollikni oshiradi. Yuqoridagi ususllar-konsultativ suhbat, trening ommabop hisoblanib ham qisqa muddatli ham uzoq muddatli shakllarda qo’llaniladi.
Oiladagi ijtimoiy pedagogik faoliyat tizimli yondashuvga asoslangan taqdirdagina samarali bo’lishi mumkin. U demografiya, ijtimoiyogiya, ijtimoiy psixologiya, pedagogika (oilaning tarbiya funktsiyasi), huquq, iqtisod (oila byudjeti), etnografiya, tarix va falsafa ma’lumotlarini o’rganishni va ulardan foydalanishni ko’zda tutadi.
Shunday qilib, zamonaviy sharoitlarda oila turli bilim sohalari: ijtimoiy pedagogika, ijtimoiy ish, sog’liqni saqlash va boshqalarning markaziy ob’ektlaridan biriga aylanmoqda. Chunki har bir jamiyatning kelajagi o’sha jamiyatdagi oilalardagi muammolarni xal qilishga bog’liq.
Mahalla – ijtimoiy institut sifatida. O’zbek mentalitetining muhim xususiyatlaridan biri ijtimoiy tuzilma mahallaning mavjudligidir. Toshkent shahrida XIX asrdan boshlab mahallalar mavjud bo’lgan. Ularning tashkil topishi va faoliyat yuritishi, bir tomondan, milliy-psixologik xususiyatlarga, boshqa tomondan esa aholini yoshligidanoq ijtimoiy munosabatlarga jalb qilinishiga imkon yaratish bilan bog’liqdir. Boshqacha aytganda, mahalla
mikrotizim bo’lib, unda axloqiy tamoyil va qoidalarga amal qilish, marosim va jamoat faoliyatining boshqa turlarida ishtirok etish orqali shaxsning yanada kattaroq hamjamiyatda ijtimoiylashuv usullari shakllanadi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasida. “Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda fuqarolarning yig’inlari o’zini o’zi boshqarish organlari bo’lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi. O’zini o’zi boshqarish organlarini saylash tartibi, faoliyatini tashkil etish hamda vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi” deb, belgilab qo’yilgan.
1992 yil 12 sentyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika «Mahalla» xayriya jamg’armasini tashkil etish to’g’risida»gi Farmoni qabul qilindi. Farmondan ko’zda tutilgan maqsad tarixan tarkib topgan milliy va ma’naviy qadriyatlarni e’zozlash va izchil targ’ib qilish, xalqimizning eng yaxshi udum, an’analarini keng ommalashtirish, respublikaning mahallalari o’rtasida madaniy va ma’rifiy ishlarni keng yo’lga qo’yish, shuningdek, ularni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan yanada mustahkamlash choralarini davlat yo’li bilan qo’llab – quvvatlashdan iboratdir.
O’zbekiston Respublikasida mahalla faoliyatini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan yana qator farmon, farmoiyish va qarorlar qabul qilindi. Jumladan:
1992 yil 17 oktyabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Respublika «Mahalla» hayriya jamg’armasi faoliyatini tashkil etish masalalari to’g’risida»gi qarori e’lon qilindi;