13-mavzu oila tarbiyasnining pedagogik asoslari. Tarbiyaviy ish
Davlat ta’lim standartlari - umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim
mazmuniga hamda sifatiga qo’yiladigan talablarni belgilaydi.
Davlat ta’lim standartlarini bajarish O’zbekiston Respublikasining barcha ta’lim
muassasalari uchun majburiydir.
4. 2. O’quv rejalari va dasturlari. Darslik Ta’lim mazmuni o‘quv rejasi, dasturi va darsliklarda ifodalangan.
O‘quv rejasi – davlat hujjatidir. O‘quv rejalari xalq ta’lim vazirligi tomonidan tuziladi va
tasdiqlanadi hamda respublikadagi barcha maktablar uchun majburiy hisoblanadi. Maktabning
o‘quv rejasi maktabda o‘rgatish uchun tanlangan o‘quv predmetlarini, ularning ta’lim olish yo‘llari
bo‘yicha taqsimlanishini, har bir predmetga ajratilgan soatlarning haftalarga bo‘linishini
belgilaydi.
O‘quv rejasi deb, o‘qitiladigan fanlar, o‘qitish uchun ajratilgan soatlar va o‘quv yilining
tuzilishini belgilab beruvchi davlat hujjatiga aytiladi. O‘quv rejalari o‘quvchilarning yosh
xususiyatlariga muvofiq tuziladi. Shuningdek, o‘quv-tarbiya ishining maqsad va vazifalariga
asosan tuziladi.
tenglashtirilgan. Ularning o’quvchilari va bitiruvchilari oliy o’quv yurtiga kirishda yoki tanlangan
yo’nalish bo’yicha faoliyat ko’rsatishda konstitutsiyaviy haq-huquqlarini amalga oshirishda teng
huquqlidirlar.
Har bir o‘quv fani uchun o‘quv dasturi tuziladi. O‘quv dasturi o‘quv rejasi asosida ishlab
chiqiladi. O‘quv dasturi har bir o‘quv fanining o‘qitish uchun ajratilgan bilim hajmi, tizimi va
g’oyaviy-siyosiy yo‘nalishini aniqlab beradigan davlat hujjatidir. O‘quv dasturida o‘quv yili
davomida har qaysi sinfda alohida fanlar bo‘yicha o‘quvchilarga beriladigan ilmiy bilim, ko‘nikma
va malakalarning hajmi belgilab beriladi.
Dasturning asosiy vazifasi - o‘quv predmetining mazmunini ifodalashdir. Unda kursning
sinflarga, qismlarga, mavzularga bo‘linish, ularni o‘rganish tartibi, soatlar turi ko‘rsatiladi.
Ma’lum mavzu yuzasidan o‘quvchi o‘zlashtirish lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar
qisqacha ifodalab beriladi. Shunday qilib, dastur ikkita vazifani bajaradi: ta’limning mazmunini
o‘quv predmeti doirasida aks ettiradi va predmet uchun muayyan normativ sifatida xizmat qiladi.
Shuningdek, u darslikka o‘tishni tayyorlaydi va uning mualliflari faoliyati uchun yo‘llanma
hisoblanadi.