13-mavzu: O‘quvchilarning mehnat, jismoniy, estetik, iqtisodiy va ekologik tarbiyasi. Reja



Yüklə 104,37 Kb.
səhifə1/9
tarix19.12.2023
ölçüsü104,37 Kb.
#185099
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
13-ma`ruza


13-mavzu: . O‘QUVCHILARNING MEHNAT, JISMONIY, ESTETIK, IQTISODIY VA EKOLOGIK TARBIYASI.
REJA:
1.Yosh avlodni tarbiyalashda mehnat, jismoniy va estetik tarbiyaning o’rni. Yoshlarni to’g’ri kasb tanlashga yo’naltirish.
2.Nafosat tarbiyasi haqida tushuncha. Maktabda va undan tashqarida nafosat tarbiyasini berishning mohiyati
3.Iqtisodiy tarbiyaning mohiyati. Maktabda iqtisodiy tarbiya va uni berish yo`llari.
4.Ekologik tarbiyaning mohiyati va mazmuni. Darsda va darsdan tashqari ishlarda ekologik tarbiya.
Tayanch so`z va iboralar
. Mehnat, mehnat tarbiyasi, mehnat turlari, kasb tanlash, sog’lom avlodni tarbiyalash, jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat, sport, sport musobaqalari, nafosat tarbiyasi, estetika, maktabda nafosat tarbiyasini berish, maktabdan tashqari mehnat, jismoniy va estetik tarbiyasini berish.
Iqtisod, iqtisodiy ta’lim, iqtisodiy tarbiya, trjamkorlik, isrof, iqtisod alifbosi, iqtisodiy bilim asoslari, iqtisodiy islohotlar, oilada iqtisodiy tarbiya, ekologiya, ekologik tarbiya, ekologik tarbiya mazmuni, ekologik tarbiya vazifasi, ekologik tarbiya berish yo`li.

Guruhlarga bo’lingan holda «Mehnat tarbiyasi» va «Jismoniy tarbiya» tushunchalariga Klaster tuzing. (Klaster tuzish qoidalari oldingi mavzularda berilgan). Har bir guruh o’z Klasterini taqdim etadi.


Mehnatni ulug’lovchi, uning ahamiyatini yorituvchi, mehnatsevarlikka chaqiruvchi qanday fikr, ibora va maqollarni bilasiz? Shunga misollar keltiramiz:
"Mehnat umuminsoniy, milliy va ma’naviy qadriyatlar taraqqiyotining negizidir" ( donolar bisotidan)
Umrni zoye etma, mehnat qil,
Mehnatni saodatning kaliti bil. (A. Navoiy)
Oltin topmaginu o’rgangin hunar,
Hunarning oldida xasdir oltin-zar. (Jomiy)
Eng yaxshi axloqiy va estetik dori - mehnat. (A.Frans)
O’zbek xalq maqollaridan namunalar:
Mehnat baxt keltirar.
Mehnat e’tibor garovi.
Mehnatsiz rohat yo’q.
Mehnat qancha og’ir bo’lsa.
Keti shuncha shirin bo’lar.
Komil inson shakllanishida mehnatning o’rni qanday?
Har tomonlama yetuk, barkamol avlodni yetishtirishda mehnat tarbiyasining roli va o’rni beqiyos kattadir. Mehnat tarbiyasi shaxsni har tomonlama rivojlantirishning ajralmas qismidir. Shuningdek bolaning har tomonlama shakllantirish vositasi, uning shaxs sifatida ulg’ayish omili hamdir. Farzandlarimiz mustaqil O’zbekistonimizning bo’lg’usi quruvchilaridir. Shu sababli ularni mehnatga qay darajada tayyorlashga alohida e’tibor berilmoqda. Shunday ekan, mehnat farzandlarimiz uchun ham zaruriyat, ham burch bo’lishi, buning uchun uyda ham, o’quv yurtlarida ham mehnat qilish uchun sharoitlar yaratish lozim. Agar bola kichikligidan mehnat qilishga o’rgatilsa, o’yindan mehnat qilishga hech bir qiyinchiliklarsiz o’tadi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 23-moddasida "Har bir inson mehnat qilish, mehnat turini ixtiyoriy tanlash, adolatli, qulay mehnat sharoitida ishlash huquqiga ega", - deb ta’kidlangan.
Shunday ekan, bugungi kunda O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlash, xalq farovonligini ta’minlash yo’lida fidokorona mehnat qilayotgan kishilar bilan faxrlanish va o’rnak olish lozim. Yoshlar mehnati dastlab oilada, keyin esa o’quv yurtlarida amalga oshiriladi. Bu jarayonda ayniqsa akademik litsey, kasb - hunar kollejlarini o’rni va ahamiyati beqiyos kattadir. Ta’lim to’g’risidagi qonunning 13-moddasida ta’kidlanganidek, "kasb - hunar kollej o’quvchilarining kasb - hunarga moyilligi, mahorati va malakasini chuqur rivojlantirishni tanlangan kasblar bo’yicha bir yoki bir necha ixtisos olishini ta’minlaydigan uch yillik o’rta kasb - hunar o’quv yurtidir"1.
(Mehnatning mohiyati va ahamiyatini yoritib beruvchi videofilm namoyish etiladi)
Filmni ko’rib, mehnat tarbiyasining mazmunini nimalar tashkil etar ekan degan savol paydo bo’lishi mumkin.
Inson faoliyatining asosiy turi mehnat, atrof - muhitni o’zlashtirish, bunyod qilish orqali ham ijtimoiy, ham shaxsiy ehtiyojlarini qondiradi. Shuning uchun mehnatga murakkab ijtimoiy hodisalar sifatida qaraladi. Mustaqillik milliy kadrlar tayyorlash ko’lami va sifatini oshirishni taqozo qilmoqda. Yirik korxonalarda milliy kadrlarning kamligi yetuk mutaxassislarning migratsiyasi ushbu muammoga davlat nuqtai nazaridan jiddiy yondashishni talab etmoqda.
Yoshlar mehnatining mazmuni mamlakat oldida, ijtimoiy siyosiy va iqtisodiy vazifalar, viloyat va tumanlardagi kadrlarga bo’lgan ehtiyoj, o’quv yurtlarining ichki imkoniyatlari va talablari asosida belgilanadi. Avvalo, bolalar ta’lim jarayonida mehnat haqida dastlabki bilim va tasavvurlarga ega bo’ladilar. O’qish ham mehnat ekanligini tushunib oladilar. O’quv rejasiga kiritilgan mehnat darslarida esa mehnat qilish malakalarini egallaydilar. Bu jarayonda o’z mehnatlarining natijalarini ko’rib zavqlanadilar va yanada yaxshiroq mehnat qilishga harakat qiladilar. Mehnat qilish jarayonida sinfdan va maktabdan tashqari mehnat, o’z - o’ziga xizmat qilish mehnati, ijtimoiy foydali mehnat turida faol ishtirok etadilar va chiniqadilar. Pedagogika fani mehnat tarbiyasini tashkil qilishda qo’yayotgan talablar quyidagilar:
-mehnatning ijtimoiy axloqiy ahamiyatiga alohida e’tibor berish;
-mehnat o’quvchining yoshi, hayoti tajribasi va imkoniyatlariga mos bo’lishi;
-o’quvchilarning mehnat faoliyatlari ijodiy harakterda bo’lishi;
-o’z vaqtida turli kasblar haqida ma’lumotlar berib borilishi;
-mehnat ahllari bilan doimo suhbat va uchrashuvlar tashkil qilish.
Mehnat tarbiyasi fan asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarning olgan bilimlarining aniq maqsadga yo’nalganligi, ishlab chiqarish jarayonining ilmiy asoslarini, bilim va kasbiy qiziqishlarni ko’zda tutadi.

40-.chizma



Yüklə 104,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin