13-mavzu: O‘quvchilarning mehnat, jismoniy, estetik, iqtisodiy va ekologik tarbiyasi. Reja



Yüklə 104,37 Kb.
səhifə7/9
tarix19.12.2023
ölçüsü104,37 Kb.
#185099
1   2   3   4   5   6   7   8   9
13-ma`ruza

Ekologik ta`lim deganda o`quvchilarga berilishi lozim bo`lgan tabiat bilan inson orasidagi munosabatlarni ifodalovchi bilimlar tizimi tushuniladi.
Ekologik tarbiya esa insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatini tarbiyalashdir. Ekologik ta`lim-tarbiya umumiy ta`lim-tarbiyaning tarkibiy qismi bo`lib, maktabda barcha fanlarni o`qitishda amalga oshirilishi ko`zda tutiladi. ekologik ta`lim-tarbiyadan bosh maqsad ham yosh avlodda atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir.
Ekologik tarbiyalash jarayonida yoshlar tabiat boyliklarini tejab-tergansha, tabiatni muhofaza qilishga o`rgatila boriladi. Atoqli pedagog V.A. Suxomlinskiy “Bolalarga jonim fido” asarida “Men bolalar «Alifbeni ochib, birinchi so`zini hijjalab o`qishlariga qadar avval dunyodagi eng ajoyib kitob – tabiat kitobini mutolaa etishlarini istardim”2 deb ta`kidlaganidek, bu boradagi barcha ishlarni bolaning kichikligidanoq boshlash maqsadga muvofiqdir.
Ekologik tarbiyada o`quvchilarni o`z maktabini, yashaydigan muhiti - shahar va qishloq ko`chalarini ko`kalamzorlashtirish, mevali va manzarali daraxt ko`chatlari ekish, xiyobonlarni, suv havzalarini ozoda saqlash, uy hayvonlariga qarash kabi ishlarda kuchi yetgancha qatnashishga jalb etish katta ahamiyatga ega. Ekologik madaniyat avvalo oiladan boshlanadi.
Ekologik tarbiya berishni tayyorlashning mazmuni quyidagilarni o`z ichiga oladi:

  • Atrof muhit va uning shaxs ma`naviy dunyosiga ta`siri;

  • Tabiat va uning ahamiyatini aniqlash;

  • Tabiatga muhabbatni rivojlantirishda maktab va oilaning hamkorligi;

  • O`z yashash joyi, shahar va qishlog`i, oila va maktab hovlisini ko`kalamzorlashtirishda, hatto, sinf xonasidagi o`simliklarni ham parvarishlashga qiziqishlarini oshirish;

  • Atrof-muhit muhofazasi, bunda bolalarning vazifalari;

  • Tabiatni muhofaza qilishda ota-onalarning naunalari;

  • Oiladagi maktabdagi tabiatni, o`simliklar va hayvonot dunyosini e`zozlashga o`rgatish, jonivor va qushlarni parvarish qilish;

  • Tabiatga ongli munosabat jarayonida o`quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish;

  • Yoshlarni ekologik tarbiyalashda milliy an`ana va udumlarni qayta tiklash, ularga e`tiborni kuchaytirish.



Yüklə 104,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin