13-mavzu. Qo’rg’oshin. Texnogen qor’g’oshin manbalari Reja


Qo’rg’oshin (IV)- galogenidlar



Yüklə 162,67 Kb.
səhifə4/5
tarix24.12.2023
ölçüsü162,67 Kb.
#191034
1   2   3   4   5
Ma`ruza 13

Qo’rg’oshin (IV)- galogenidlar. Qo’rg’oshin (IV)- xlorid, xuddi qalay (IV) xlorid kabi, suyuq modda. Qo’rg’oshin (IV)- xlorid olish uchun qo’rg’oshin (II) xlorid suspenziyasiga xlor yuboriladi:
PbCl2 + Cl2 = PbCl4 Qo’rg’oshin (IV)- xlorid suvda gidrolizga uchraydi:
RbSI4 +2N2O = RbO2 +4NSI
Bu modda nihoyatda beqaror. Uning zichligi 3,18 g•sm-3. U 15°C da qotib sarg’ish kristall massaga aylanadi. Ishqoriy metallarning xloridlari qo’rg’oshin(IV) xlorid bilan birikib barqaror kompleks birikma, masalan, K2[PbCI6] ni hosil qiladi.
2KCI + PbCI2 =K2[PbCI6]
Tetraetilqo’rg’oshin — Rb(S2N5)4 200°S da qaynaydigan suyuqlik, zaharli. Bu modda to’rt valentli qo’rg’oshinniug boshqa birikmalaridan shu bilan farq qiladiki, u gidrolizga uchramaydi va oksidlovchi xossalarni namoyon qilmaydi.
Hozirgi vaqtda izooktan sanoatda izobutanni kislotali katalizatorlar (H2SO4, H3PO4, HF, AlCl3) ishtirokida izobutilen bilan alkillash orqali olinadi va hokazo. Neftdan ajratib olingan benzinning oktan soni kam bo’lsa, bunday benzin motor yoqilg’isi uchun yaramaydi. Bunday benzinning oktan sonini oshirish uchun uning tarkibidagi normal uglevodorodlar katalizatorlar (masalan, platina oksidlar) ishtirokida qizdirish yo’li bilan izomerlanadi va aromatlanadi. Bu jarayon katalitik reforming deb ataladi. Benzinga oz miqdorda detonatsiyaga qarshi moddalar (antidetonatorlar), masalan, tetraetil qo’rg’oshin Pb(CH2H5)4 ni etilbromiddagi C2H5Br eritmasi qo’shilsa, uning oktan soni keskin oshadi. Bunday benzinlar “etillangan” benzin deyiladi. Pb(CH2H5)4 juda zaharli modda bo’lgan uchun, “etillangan” benzindan foydalanilganda ehtiyot bo’lish kerak.
Qo’rg’oshin metallurgiyasi. Qo’rg’oshin – juda qadimdan ishlatilayotgan metallardan biri hisoblanadi. Qo’rg’oshin ko’pchilik metallar bilan xalq xo’jaligi uchun muhim bo’lgan qotishmalar hosil qiladi. Qo’rg’oshin texnikaning turli tarmoqlarida keng qo’llanilmoqda. Ko’p miqdorda qo’rg’oshin akkumulyator va kabellarning korroziyaga qarshi qoplamalari ishlab chiqarishda
ishlatiladi. Chet elda qo’rg’oshin ishlab chiqaruvchi davlatlar AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Avstraliya, Frantsiya, Kanada hisoblanadi.
Qo’rg’oshin ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo sulfidli polimetall rudalar hisoblanadi. Qo’rg’oshin-ruxli va mis- qo’rg’oshin-ruxli rudalar keng tarqalgan. Asosiy qo’rg’oshin minerali galenit RbS dir. Aralash va oksidli rudalarda serussit PbCO3 va anglezit PbSO4 uchraydi. Tarkibida 8-9 % Pb bo’lgan qo’rg’oshinli rudalar to’g’ridan-to’g’ri metallurgik qayta ishlashga yaroqli emas. Shu sababli deyarli hamma rudalar flotatsiya usulida boyitish uchun yuboriladi.
Qo’rg’oshin tarkibli rudalarni boyitishda ikkita maqsad ko’zlanadi: keraksiz jinsning katta qismini ajratish va bir vaqtning o’zida asosiy qimmat komponentlarni alohida boyitmalarga ajratish. Sulfidli qo’rg’oshin boyitmalarini qayta ishlashda pirometallurgik va gidrometallurgik texnologiyalar ishlatilishi mumkin. Biroq qo’rg’oshinni ajratib olish uchun texnologiyasi oxirigacha mukammallashtirilmagan gidrometallurgik usullar pirometallurgiya usullari bilan raqobatlasha
olmaydi va hozirgi vaqtgacha sanoatda foydalanilmayapti.
Sulfidli boyitmalardan qo’rg’oshinni eritishning uch varianti mavjud: reaktsiyali, cho’ktirish, qaytarib eritish.
Qo’rg’oshinni reaksiyali eritish asosida qisman quyidagi reaksiyalar bo’yicha oksidlab kuydirish yotadi:
2PbS + 3O2 = 2PbO + 2SO2 PbS + 2O2 = PbSO4
Keyinchalik kuydirish mahsulotlarining oksidlanmay qolgan qo’rg’oshin sulfidi qoldig’i bilan o’zaro ta'sirlashadi:
PbS + 2 PbO = 3Pb + SO2 PbS + PbSO4 = 2Pb + 2SO2
Reaksiyali eritish asosidagi elektr eritish usuli va kivtset jarayoni bilan hozirgi vaqtda qo’rg’oshin olinmoqda.
Cho’ktirib eritish qo’rg’oshinni uning sulfidlaridan temir bilan siqib chiqarish reaktsiyasiga asoslangan.
PbS + Fe = Pb + FeS
Cho’ktirib eritish hozirda sanoatda qo’llanilmayotgan bo’lsada, uning asosida yotgan reaksiya, qisman shaxtali qaytarib eritish amaliyotida ishlatiladi.
Sulfidlarni oddiy uglerodli qaytaruvchilar bilan to’g’ridan-to’g’ri tiklash – murakkab masala va sanoat miqyosida texnologik jihatdan amalga oshirib bo’lmaydi. Sulfidli boyitmalardan qaytarib eritish usuli bilan qo’rg’oshin olish uchun, ular dastlab bir vaqtning o’zida pishirib oksidlab kuydiriladi, chunki qoramtir qo’rg’oshinga eritish shaxtali pechlarda amalga oshiriladi. Kuydirilgan aglomerat koks bilan eritiladi; bu paytda qo’rg’oshin quyidagi reaksiya bo’yicha qaytariladi:
PbO + CO = Pb + CO2
Eritish paytida kislorod bilan birikishga moyil qo’shimchalar shlak, kislorod bilan birikishga moyilligi kam qo’shimchalar metall holatigacha tiklanadi va qo’rg’oshinda eriydi. Qoramtir qo’rg’oshin pechdan chiqqandan so’ng, suyuq holda tozalashga yuboriladi. Qoramtir qo’rg’oshinni tozalash pirometallurigik usullar bilan amalga oshiriladi, ayrim zavodlarda bu maqsadda elektroliz ishlatiladi.

Yüklə 162,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin