92
dan hosil bo’lgan qo’rg’oshinniki 208
va uran 238 U dan kelib chiqqan qo’rg’oshinniki 206 ga teng. Tabiiy qo’rg’oshin bu izotoplar aralashmasidan iborat.
Sanoatda qo’rg’oshinni asosan qo’rg’oshin sulfiddan va qisman qo’rg’oshinning kislorodli
birikmalaridan olinadi. Qo’rg’oshin rudalarida qo’rg’oshin miqdori 4% chamasi bo’ladi. Shu sababli avval rudani flotatsiya yo’li
bilan boyitilib, kontsentrat olinadi. So’ngra uni maxsus pechda havo oqimida mumkin qadar to’liq, ravishda kuydiriladi. Hosil bo’lgan qo’rg’oshin (II)- oksidni vertikal pechda koks bilan qaytariuladi:
2PbS + 3O
2 → 2RbO + 2SO
2
2RbO + S →Rb + SO
Xossalari. Qo’rg’oshin kul rang tusli yaltiroq metall bo’lib, uning sirti havoda xiralanib qoladi. Qo’rg’oshinning qalin bo’lmagan bo’laklarini pichoq bilan kesish mumkin. Qo’rg’oshin og’ir metall, uning zichligi 11,34 g/sm
3, 327,4°S da suyuqlanadi va 1751
0C da qaynaydi. Issiqlik va elektr tokini ancha yomon o’tkazadi. Qo’rg’oshinning normal elektrod potentsiali E° = -0,129 V ga teng.
Havoda qo’rg’oshin sirti oksid parda bilan qoplanib qoladi, bu parda qo’rg’oshinni bundan keyingi oksidlanishdan saqlaydi. Qo’rg’oshinning
galogenlar, oltingugurt hamda vodorod bilan hosil qilgan birikmalarida kimyoviy bog’lanish qisman kovalent tabiatga ega bo’ladi, uning uglerod, kremniy kabi moddalar bilan hosil qilgan birikmalari yarim o’tkazgich xossalariga ega.
Qo’rg’oshin galogenlar bilan sal qizdirilgandayoq shiddatli
reaksiyaga kirishib PbF4, RbS1
2,
PbF
2, RbVg
2, Rb
4, Rb
2, tarkibli birikmalar hosil qiladi. Qo’rg’oshinga xlor va brom ta'siridan RbSl
2 va RbVr
2 hosil bo’lishining sababi shundaki, RbS1
4 va RbVr
4 lar beqaror moddalardir.
Pb + Cl
2 = PbCl
2 Pb + Br
2 =PbBr
2
Qo’rg’oshin oltingugurt bilan reaksiyaga kirishib qo’rg’oshin (II)- sulfidni hosil qiladi.
Pb + S = PbS
Qo’rg’oshin azot bilan bevosita birikmaydi. U ko’pchilik metallar bilan intermetall birikmalar hosil kiladi.
Suv yuqori temperaturada qo’rg’oshin sirtidagi oksid
pardani erita olishi sababli, qo’rg’oshin issiq suvda asta- sekin oksidlanadi. Qo’rg’oshin xlorid va sulfat kislotalarda eriydi, lekin bu vaqtda uning sirti oz eruvchan xlorid va sulfat qavatlar
bilan qoplanib qolishi sababli, erish jarayoni sustlashib ketadi.