13-mavzu. Qo’rg’oshin. Texnogen qor’g’oshin manbalari Reja



Yüklə 162,67 Kb.
səhifə2/5
tarix24.12.2023
ölçüsü162,67 Kb.
#191034
1   2   3   4   5
Ma`ruza 13

Qo’rg’oshin birikmalari. Ikki va to’rt valentli qo’rg’oshin birikmalari mavjud. Qo’rg’oshin kislotalarda eriganda ikki valentli tuzlari hosil bo’ladi. Ikki valentli qo’rg’oshin birikmalari nihoyatda barqaror, ularni to’rt valentli qo’rg’oshin birikmalariga o’tkazish uchun kuchli oksidlovchilar ta'sir ettirish kerak. Ikki valentli qo’rg’oshin birikmalari kuchsiz qaytaruvchi xossalar namoyon qilmaydi, to’rt valentli qo’rg’oshin birikmalari esa kuchli oksidlovchilar hisoblanadi.
To’rt valentli qo’rg’oshin birikmalarining umumiy soni ikki valentli qo’rg’oshin birikmalarinikiga qaraganda ancha kam.
Qo’rg’oshin uch xil oksid RbO, RbO2 va Rb3O4 hosil qiladi. Ular rangli moddalardir.
Qo’rg’oshinning barcha birikmalari zaharli.
Ikki valentli qo’rg’shin birikmalari. Qo’rg’oshin (II) oksid. Qo’rg’oshin havoda qizdirilsa sariq rangli qo’rg’oshin (II) oksid PbO olinadi. Qo’rg’oshin(II)- gidroksid qizdirilganda u o’z tarkibidagi suvni yuqotib, qizil rangli qo’rg’oshin (II)- oksidga aylanadi. PbO glyot nomi bilan yuritiladi.
2Pb + O2→ 2PbO Pb(OH)2 → PbO + H2O
Agar glyot uzoq vaqt qizdirilsa, qovoq rangli kukun holidagi surik Rb3O4 hosil bo’ladi.
6PbO + O2 → 2Pb3O4
Qo’rg’oshin (II)- gidroksid oq rangli modda bo’lib, qo’rg’oshin tuzlari eritmasiga kuchli ishqor ta'sir etishidan hosil bo’ladi.
Pb(NO3)2 + 2NaOH → Pb(OH)2 + 2NaNO3
U ishqorlar bilan ham, kislotalar bilan ham reaksiyaga kirishadi. 100 g suvda 20C da 1,2 mg Pb(OH)2 eriydi. Uning asos sifatidagi birinchi bosqich dissotsilanish konstantasi 4-10~5 ga teng. Uning kislota sifatidagi dissotsilanish konstantasi 10-12 ga teng.
Pb(OH)2 + 2HCl = PbCl2 + 2H2O Pb(OH)2 + 2NaOH = Na2PbO2 + 2H2O
Qo’rg’oshin (II) sulfid — tabiatda galenit minerali holida uchraydi. U kislotalarda oz eriydigan sulfidlardan biridir. Uning eruvchanlik ko’paytmasi EK=[Rb2+]•[S2-] = 3,4-10-28. Qo’rg’oshin (II)- sulfid kristallari detektor apparatlar uchun ishlatiladi.

Yüklə 162,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin