13-mavzu: Sohaviy farmoyish hujjatlarining xususiyatlari reja



Yüklə 16,5 Kb.
səhifə2/5
tarix04.12.2022
ölçüsü16,5 Kb.
#72312
1   2   3   4   5
13-mavzu Sohaviy farmoyish hujjatlarining xususiyatlari reja

Ko‘rsatma korxonalarda axborot metodik tusdagi masalalar, shuningdek buyruqlar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlarning ijrosi bilan bog‘liq bo‘lgan tashkiliy masalalar yuzasidan chiqariladigan huquqiy hujjatdir. Ko‘rsatmaga birinchi bo‘lib rahbar bosh muhandis ularning o‘rinbosarlari imzo chekish huquqiga ega. Ko‘rsatma korxonaning xos ish qog‘oziga bosiladi. U ham buyruq kabi, odatda, sarlavha bilan yoziladi, asos va farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Asos qismida, falon “maqsadda”, falon “buyruqni bajarish uchun” kabi taomilga kirgan iboralar qo‘llanadi va “YUKLAYMAN”, “TAVSIYA ETAMAN” so‘zlari bilan farmoyish qismi boshlanadi. Muayyan xodimga uning xizmat lavozimi vazifalariga kirmaydigan ishlar yuklatilsa “TAVSIYA ETAMAN” so‘zi qo‘llanadi. Ko‘rsatmaning farmoyish qismi buyruqning farmoyish qismiga o‘xshash bo‘ladi.


BUYRUQ
Buyruq korxona, tashkilot, muassasa rahbari tomonidan chiqariladigan rasmiy hujjat. Uning asl nusxasi O‘zbekiston Respublikasi gerbi tushirilgan maxsus xos qog‘oz(blank)ga rasmiylashtiriladi. Dastlab mutasaddi shaxs tomonidan tegishli mavzuga doir buyruq loyihasi tayyorlanadi va unga soha bo‘yicha javobgar shaxslar, mutaxassislarning roziligini ifodalovchi yozuvlar bilan imzolari to‘planadi. Korxona rahbari buyruq loyihasini "buyruqqa", "buyruq uchun" deb imzolagandan so‘ng devonxona yoki xodimlar bo‘limida ro‘yxatga olingan sana va tartib raqami bilan buyruq chiqariladi va u qonuniy kuchga kiradi. Yuqori tashkilotning buyrug‘i quyi tashkilotlar uchun, tashkilotning o‘zida chiqarilgan buyruqlar uning barcha xodimlari uchun bajarilishi shart bo‘lgan hujjatdir. Zarurat bo‘lganda chiqarilgan buyruqdan ko‘chirma berilishi mumkin.
Buyruqda korxonada amalga oshiriladigan barcha turdagi ishlar hamda kundalik vazifalar o‘z aksini topadi.
Buyruqlar mazmuni va vazifasiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:
1. Korxona faoliyatiga doir buyruqlar. 2. Kadrlar shaxsiy tarkibiga oid buyruqlar.
Har ikki turdagi buyruqlar ham ketma-ket tartibda sana va raqamlar bilan rasmiylashtirib boriladi. Birinchi turdagi buyruqlarda korxona faoliyati bilan bog‘liq barcha ishlarni tashkil etish, ularni amalga oshirish, nazorat qilish, mablag‘ bilan ta’minlash, rejalashtirish, hisobot va hokazolar o‘z ifodasini topadi. Buyruqlar vazifasiga ko‘ra raqamlar bilan bir qatorda maxsus qisqartmalar bilan ham yuritiladi. Masalan, xizmat safarlari (XS) haqida bo‘lsa, 00-XS, ijro(IJ) etish to‘g‘risida bo‘lsa, 00-IJ, moliyaviy(M) masalalar bo‘yicha bo‘lsa, 00-M, kadrlar – xodimlar(K yoki X) shaxsiy tarkibiga oid bulsa, 00-K, talabalar(T) haqida bo‘lsa 00-T kabi va hokazo.
Shaxsiy tarkibga oid buyruqlarda xodimlarni ishga olish, ishdan bo‘shatish, boshqa lavozim yoki ishga o‘tkazish, rag‘batlantirish, mehnat ta’tili berish, mehnat ta’tilidan chaqirib olish kabilar rasmiylashtiriladi. Buyruqning zaruriy qismlari:
- davlat gerbi, vazirlik nomi va korxona nomi yozilgan xos qog‘oz;
- buyruqning nima haqdaligi yoki buyruqning sarlavhasi;
- rasmiylashtirilgan sana, buyruq tartib raqami va joyi;
- hujjat nomi – buyruq;
- matn (buyruq mazmuni va shu asosda bajariladigan vazifalar, qo‘yiladigan talablar va hokazo);
- buyruq ijrosini nazorat qiluvchi;
- buyruq uchun asos bo‘lgan hujjatlar;
- buyruq loyihasini tayyorlovchining lavozimi, familiyasi, ismi;
- korxona rahbarining lavozimi, imzosi, munosabat belgisi, familiyasi, ismi;
- buyruqqa rozilik bildirgan mutasaddilarning imzolari, familiyasi, ismi (huquqshunos, bosh hisobchi, bosh iqtisodchi, moliya-rejalashtirish bo‘limii boshlig‘i, rahbar o‘rinbosarlari va boshqalar).



Yüklə 16,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin