13-mavzu: sovet davlatida ma’muriy buyruqbozlik tuzumining kuchayishi va inqirozi davrida o’zbekiston



Yüklə 73,98 Kb.
səhifə2/15
tarix07.12.2022
ölçüsü73,98 Kb.
#73005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
13-mavzu sovet davlatida ma’muriy buyruqbozlik tuzumining kucha

50-60 yillarda qo’riq va bo’z yerlarni o’zlashtirishga va shu asosda paxta va g’alla yetishtirishni ko’paytirish choralari ko’rildi. O’zbekistonda uch yil ichida (1953-1955 yy.) 130 ming gektar yangi yerlar ochildi. 1956 yili Mirzacho’lning o’zida sug’oriladigan maydon 205.000 gektarga yetdi.
Shu yillarda Markaziy Farg’onani o’zlashtirish munosabati bilan Katta Farg’ona kanali qayta ta’mirlandi. Toshkent viloyatida Ohangaron suv omborining 2-navbati, Yuqori Chirchiq suv tarmog’i, Buxoro viloyatida Quyimozor suv ombori, Sirdaryo viloyatidagi Janubiy Mirzacho’l magistral kanali qurilib foydalanishga topshirildi. Paxtachilikni rivojlantirish uchun mineral o’g’itlardan foydalanishga katta e’tibor qaratildi. Respublikada 1951 yilda 0,9 mln t.
mineral o’g’it ishlatilgan bo’lsa, 1980 yilda uning miqdori 5 mln. tonnadan oshib ketdi. G’o’za barglarini to’kish va zararkunandalarga qarshi kurashda ishlatilgan o’ta zaharli ximikatlar (butifos, merkaptafos va b.)dan haddan tashqari keng miqyosda foydalanish, aholi sog’ligiga keskin yomon ta’sir qildi.
Paxta xom-ashyosi yetishtirish 1946-1985 yillarda 5,5 barobar ko’paydi, paxta ekiladigan maydonlar 1 mln. ga. dan ortdi. 1966-1986 yillar mobaynida O’zbekiston qishloq xo’jaligiga 45 mlrd. so’m mablag’ ajratilgan bo’lib, shundan 17,1 mlrd. so’mi sug’orish tarmoqlariga sarflandi. Shu davrda 1,5 mln. ga. yer o’zlashtirildi. O’zlashtirilgan yerlarda yangi 160 ta sovxozlar tashkil etilgan bo’lib, 20 yil davomida bu yerlarda 10,4 mln tonna paxta xom ashyosi yetishtirildi.
Mavjud suv zahirasi imkoniyatlaridan ortiq yerlarning o’zlashtirilishi, tog’ yon bag’irlariga ekin ekilishi, o’rmonlarni shafqatsizlik bilan kesilishi, daryo va kon suvlarining ifloslanishi hayvonot olamida halokatli o’zgarishlarni yuzaga keltirdi. Orol dengizi yaqin o’tmishda dunyodagi eng katta ko’llardan hisoblanib, baliqchilik, ovchilik, transport sohasi yaxshi yo’lga qo’yilgan edi. Biroq bir avlod umri davomida bir dengiz quridi.
Orol dengizining qurishi 1960-70 yillarda yiliga - 18 sm, 1971-1980 yillarda - 53 sm, 1981-1985 yillarda - 78 sm, 1985 yilga kelib esa - 87 sm.ga yetdi. 1961 yildan 1991 yilgacha dengiz haji 3 baravar qisqardi, dengiz o’z qirg’og’ida 75-80, ba’zi joylarda 100 km.ga chekindi. 1980 yillarning boshida Orol dengiziga suv kelishi deyarli butunlay to’xtab, nodir suv makoni quriy boshladi. Bu yerlarda 2 mln. ga tuz va qumdan iborat maydon ochilib qoldi.
Paxta yakkahokimligining kuchayishi qishloq xo’jaligini boshqa sohalarini qoloqlikka olib keldi, g’alla, chorvachilik mahsulotlari, sabzavot-mevaga aholinining talabi qondirilmadi. Buning ustiga tomorqaga nisbatan noto’g’ri siyosat olib borildi. 50-yillarning boshlarida respublika rahbarlarining tashabbusi bilan sug’oriladigan yerlarda tomorqa hajmi 25 sotihdan 13 sotihga tushirildi. Bu ko’rsatkich joylardagi rahbarlarning o’zboshimchaligi bilan 10 sotihgacha, Farg’ona, Toshkent viloyatlarida esa, hatto 6-8 sotihgacha kamayib ketdi. Bu holat respublika qishloq aholisining turmush darajasini g’oyat og’ir qilib qo’ydi.

Yüklə 73,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin