13-Mavzu: turli yosh davrlarida o’zlashtirish xususiyati (4 S). Reja


-3 yoshli bolalarning aqliy rivojlanishi



Yüklə 122,15 Kb.
səhifə5/19
tarix13.12.2023
ölçüsü122,15 Kb.
#175582
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
13-Mavzu turli yosh davrlarida o’zlashtirish xususiyati (4 S). -fayllar.org

1-3 yoshli bolalarning aqliy rivojlanishi
SHuni alohida ko‘rsatish joizki, 1,6 - 3 yoshlar nutqning rivojlanishi uchun senzitiv davr hisoblanadi. Bu davr aqliy rivojlanishning asosini, idrok va tafakkur harakatlarining yanga ko‘rinishlarini tashkil etadi. 1 yoshli bola predmetlarni izchil, sistemali ravishda ko‘rib chiqa olmaydi. U asosan predmetning qandaydir bir ko‘zga tashlanib turadigan belgisiga o‘z e’tiborini qaratadi va predmetlarni shu belgilariga ko‘ra taniydi. Keyinchalik yangi idrok harakatlarining egallanishi bolaning predmetli harakatlarini bajarishdan ko‘z bilan chamalab, harakat qilishiga o‘tishda namoyon bo‘ladi, endi u predmetning bo‘laklarini ushlab ko‘rmasdan, balki chamalab idrok eta oladi. 2,5-3 yoshli bola kattalarning ko‘rsatgan namunasi, rangi, shakli va kattaligiga ko‘ra, aynan shunday predmetlarni chamalab, idrok etgan holda to‘g‘ri topa oladi. Bolalar avval shakliga, so‘ngra kattaligiga va undan keyingina rangiga qarab ajrata oladilar. Bu jarayonda bola bir xil xususiyatga ega bo‘lgan juda ko‘p predmetlar mavjudligini tushuna boshlaydi. Lekin, bola rasm chizishni boshlagan davrida predmetlarning rangini e’tiborga olmaydi va o‘ziga yoqadigan ranglardan foydalanadi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha 2,5-3 yoshli bola 5-6 ta shaklni (doira, kvadrat, uchburchak, to‘g‘riburchak, ko‘pburchak) va 8 xil rangni [kizil, qovoq sariq, sariq, yashil, ko‘k, siyohrang, oq, qora) idrok etishi mumkin. Rang va shakllarning maqsadga muvofiq ishlatilishi jihatidan turli xil narsalarda turlicha namoyon bo‘lishi sababli, bu yoshdagi bolalar ularni idrok etganlari bilan ularning nomlarini aniq bilishlari va o‘z nutqlarida ishlata olishlari birmuncha qiyinroq. Kattalarniig bu yoshdagi bolalardan ana shu rang va shakllarni eslab qolishini talab etishlari birmuncha noto‘g‘ridir, buning uchun mos davr 4-5 yoshlar hisoblanadi.
Bola 3 yoshigacha o‘zlashtirgan so‘zlar asosan predmet va harakatlarning nomlarini bildiradi. Nomlar asosan uning vazifasini anglatadi, bunda predmet yoki harakatning tashqi ko‘rinishi o‘zgarsa ham uning nomi o‘zgarmaydi. SHuning uchun ham bola predmet nomlarining ishlatilishini funksiyalarga bog‘lagan holda tez o‘zlashtiradi.
Ilk bolalik davrining boshlariga kelib, bolada birinchi tafakkur operatsiyalari yuzaga keladi. Buni bola biror predmetni olishga harakat qila olganidan so‘ng, uni sinchiklab o‘rganishida ko‘rishimiz mumkin. Ularning tafakkurlari, asosan, ko‘rgazmali harakatli bo‘lib, u atrof olamdagi turli bog‘liqliklarni o‘rganishga xizmat qiladi. O‘zidan uzoqroq turgan koptokni biron-bir uzunroq narsa bilan itarib yuborish mumkinligini ko‘rgan bola, endi mustaqil ravishda divan tagiga kirib ketgan koptokni tayoqcha yordamida olish mumkinligini tafakkur eta oladi. Bu davrdagi bolalar tafakkurida umumlashtirish katta o‘rin tugadi. Umumlashtirishda nutq muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, soat deyilishi bilan bola qo‘l soatini yoki devordagi osma soatni ham tushunishi mumkin. Lekin, ular turlicha bo‘lganligi bois, ularda umumiylikni topish bola uchun birmuncha qiyinroq hisoblanib, bu borada fikrlash yordamga keladi va umumlashtirishni tashkil etadi.
2-3 yoshli bolalar ma’lum bir predmetlarning o‘rniga ularning o‘rnini bosishi mumkin deb hisoblagan boshqa narsalardan ham foydalanadilar. Masalan, o‘yin jarayonida bola cho‘pni qoshiq yoki termometr o‘rnida, yog‘ochdan yasalgan krovat yoki mashina o‘rnida foydalanishi mumkin. Bir predmetni boshqasi o‘rnida qo‘llash mumkinligini anglash, bola uchun atrof-olamni bilish, o‘rganishidagi ahamiyatli burilish hisoblanadi va u dastlabki tasavvurlarini yuzaga keltiradi. Bu yoshdagi bolalar endi, asta-sekinlik bilan kattalar aytib berayotgan ertak, voqea yoki hikoyalarni, shuningdek rasmda chizilgan narsalarni tasavvur eta oladilar. Ertaklarni eshitish jarayonida bola ertak qahramonlarini kimgadir o‘xshatishga harakat qiladi, ba’zida esa u o‘zi mustaqil ertak yoki hikoyalarni to‘qiy olishi ham mumkin. Ilk bolalik davrida xotira bilishdagi asosiy funksiya hisoblanib, u bilishning barcha ko‘rinishlarini rivojlanishida ishtirok etadi. Bu davrda bolaning xotirasi jadal rivojlanadi. Bolaning hayotiy tajribalarni o‘zlashtirishida dastlab harakatli, emotsional va obrazli xotira ishtirok etadi. Bu borada harakatli va emotsional xotira ustunlik qiladi. Xotira bu yoshda asosan ixtiyorsiz bo‘ladi. Bu davrdagi bolalarga ko‘p kitob o‘qib berish natijasida ular ertak va she’r va hikoyalarni eslab koladilar, lekin bunday eslab qolish bolaning umumiy aqliy rivojlanishidan ham, xotirasining individual xususiyatidan ham dalolat bermaydi. Bu ilk bolalik davridagi bolalarning barchasiga xos bo‘lgan nerv sistemasining umumiy egiluvchanligi natijasidir. O‘zi va atrof hayoti haqidagi voqea va hodisalarda ketma-ketlik borligi uchun ham ularni hali to‘liq ravishda xotirasida saqlab kola olmaydi.

Yüklə 122,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin