13-Mavzu: turli yosh davrlarida o’zlashtirish xususiyati (4 S). Reja


Ilk o‘spirinlik davrining o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 122,15 Kb.
səhifə19/19
tarix13.12.2023
ölçüsü122,15 Kb.
#175582
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
13-Mavzu turli yosh davrlarida o’zlashtirish xususiyati (4 S). -fayllar.org

Ilk o‘spirinlik davrining o‘ziga xos xususiyatlari
Ilk o‘spirinlik yoshi bolalarning 15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan taraqqiyot davrini o‘z ichiga oladi. Bu akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilaridir. Bo‘yning o‘sishi o‘spirin qizlarda 15-16 yoshgacha, o‘g‘il bolalarda 17-18 yoshga davom etadi. Bu yoshda muskullar kuchi tez o‘sadi. Masalan, 18 yoshli bola muskul kuchi 12 yoshli bolaga nisbatan 2 baravar ko‘p bo‘ladi. Jismoniy taraqqiyot, asosan, to‘g‘ri ovkatlanish rejimiga va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Jinsiy taraqqiyot jihatdan bu yoshdagi ko‘pchilik yigit va qizlar postaubertat (tugallanuvchi) davrda bo‘ladilar. Bularning jismoniy rivojlanishi katta yoshdagi odamning jismoniy rivojlanishidan kam farq qiladi. Bo‘yning va organizmning notekis o‘sishi va rivojlanish davri tugallanadi hamda jismoniy rivojlanishning nisbatan birmuncha tekis davri boshlandi. O‘spirinlik yoshida jismoniy sifatlar (bo‘y, og‘irlik) nisbatan barqaror darajaga etgan bo‘ladi. SHuningdek, muskul kuchi va ishchanlik qobiliyati sezilarli darajada ortadi. Ko‘krak kafasining hajmi kengayadi, skelet, naychasimon suyaklar qattiqlashadi, to‘qimalar va a’zolarning shakllanishi va funksional taraqqiyoti tugallanadi. Odatda bu yoshda yurak va qon tomirlarning rivojlanishida o‘smirlarga xos bo‘lgan notekislik endi tekislashadi, qon bosimi baravarlashadi, ichki sekretsiya bezlari bir me’yorda ishlay boshlaydi. Nerv sistemasining va xususan, miya rivojlanishidagi o‘zgarishlar ma’lum bo‘lib qoladi. Lekin, bu o‘zgarishlar miya massasining ortishi hisobiga emas, balki miyaning ichki hujayralari tuzilishining murakkablashuvi hisobiga ro‘y beradi. Bosh miya po‘stining qismlarida assotsiativ to‘qimalarning miqdori ko‘payadi. Natijada o‘qish va mehnat jarayonida katta (yarim shar) qatlamining analitik-sintetik faoliyati murakkablashadi. Jinsiy etilish muddati irqiy va milliy xususiyatlarga va iqlimga bog‘liq bo‘lmaydi.
Ilk o‘spirinlik davrida yoshlarning shaxsiy xususiyatlari
O‘spirinlarni hali to‘la katta deb hisoblab bo‘lmaydi, chunki ularning shaxsiy xususiyatlarida hali bolalikni kuzatish mumkin. Bu ularning fikrlarida, berayotgan baholarida, hayotga va o‘z kelajaklari munosabatlarida ko‘zga tashlanadi. Ko‘pchilik o‘spirinlar maktabni tugatish vaqtiga kelib ham kasb: tanlashga nisbatan mas’uliyatsiz yondashadilar. Bu davr o‘spirinning axloqan o‘z-o‘zini anglashi shuningdek, axloqning yangi bosqichiga o‘tishi bilan xarakterlanadi. Intellekti yaxshi rivojlangan o‘spirinlar kattalarni tashvishga solayotgan masala muammolarini tushuna oladilar va ularni muxokama eta oladilar. O‘spirinlar juda ko‘p muammoli savollarga javob o‘ylaydilar. Ularning diqqatini ko‘proq axloqiy masalalar tortadi. Agar kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar uchun axloqiy masalalarni echish manbai - bu ular uchun o‘qituvchilar bo‘lsa, o‘smirlar bu savollarga javobni ko‘proq tengdoshlari davrasida qidiradilar, o‘spirin yoshdagilar esa savollarga to‘g‘ri javobni topishda ko‘proq katta kishilar foydalanadigan manbalarga murojaat etadilar. Bunday manbalar asosan real, ko‘pqirrali, murakkab insoniy munosabatlar va ilmiy-ommabop, badiiy, publitsistik adabiyotlar, san’at asarlari, matbuot, radio, televidenie bo‘lib hisoblanadi. Bugungi o‘spirinlarga hayotga nisbatan hushyor, aqliy-amaliy qarash, erkinlik va mustaqillik xos. Ular haqqoniy bo‘lish tushunchasiga ham real tarzda yondashmoqdalar. Masalan: o‘tgan yillardek «haqqoniylik bu hammaga bir xil emas, balki har kimning imkoniyatiga qarab va hammaning ishiga yoki inson manfaatlariga qo‘shgan hissasiga qarab belgilanadi», deb tushunadilar va talqin etadilar. Maktabni tugallash vaqtiga kelib, juda ko‘p o‘smirlar axloqiy jihatdan shakllangan va ma’lum axloq normalari qat’iylashgan xususiyatlariga ega bo‘ladilar,
O‘spirinlarda axloqiy dunyoqarash bilan bir qatorda ijtimoiy, siyosiy, iktisodiy, ilmiy, madaniy, diniy va boshqa sohalar bo‘yicha ma’lum bir qarashlar vujudga keladi, Juda ko‘p yillardan beri o‘spirinlarni yaxshilik va yomonlik, haqikat va noqonuniylik, axloqiylik va axloqsizlik masalalari tashvishlantirib keladi. Hozirgi davr o‘spirinlari har bir narsaga ishonuvchan yoki salbiy munosabatlarga xos bo‘lmay, balki hayotga real, aqliy, amaliy qaraydigan, ko‘proq erkin va mustaqil bo‘lishga intiluvchi yoshlaridir.
O‘spirinlar ongli ravishda egallangan axloq normalari asosida o‘z xatti-harakatlarini yo‘lga solishga intiladilar. Bu esa, avvalo o‘spirinning o‘zini anglashining o‘sishida namoyon bo‘ladi. O‘zini anglash murakkab psixologik struktura bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- birinchidan, bolada tashqi olamdagi predmet ta’siridan paydo bo‘lgan sezgilari o‘z tanasi bilan farq qila boshlaganda vujudga keladi;
- ikkinchidan,o‘zining shaxsiy "MEN"ligini aktiv faoliyati asosida anglashi;
- uchinchidan, o‘zining psixik xususiyati va xislatlarini anglashi;
- to‘rtinchidan, ijtimoiy, axloqiy o‘z-o‘ziga baho berishning ma’lum sistemasini anglashi. Mana shu elementlarning barchasi bir-biri bilan funksional va genetik bog‘langandir. Lekin, bularning hammasi sizga ma’lumki, bir vaqtning o‘zida shakllanmaydi. Bolaning «men»ligini anglashi taxminan 3 yoshda paydo bo‘ladi, bunda bola shaxsiy olmoshni ishlata boshlaydi. Masalan: men, meniki, mendan va hokazo, o‘zining psixik sifatlarini anglash va o‘z-o‘ziga baho berish o‘spirinlik yoshida borgan sari ko‘proq ahamiyat kasb eta boshlaydi.
O‘spirinlar har joyda o‘zini ko‘rsatish xususiyatiga ega bo‘lgan o‘smirlik vaqtidayok, o‘zlarining shaxsiy xususiyatlarini kuzata boshlaydilar. YA’ni o‘zlarining tashqi qiyofalariga tanqidiy qaray boshlaydilar: bo‘yining pastligi yoki aksinchasi, semizlik, yuzidagi husnbuzarlar yigit va qizlarni bezovtalantiradi, ular iztirob chekadilar. Kech etiladigan o‘g‘il va qizlar yashirin kechinmalar kechiradilar. Kishining o‘z obrazi - bu o‘spirinlikning o‘zini anglashi ancha muhim komponent bo‘lib hisoblanadi.
O‘spirinlikda o‘z shaxsiy xislatlariga baho berish kuchayadi. O‘spirin ham o‘smir singari o‘z qadr-qimmatini, uning nimalarni qilishga arzishi va nimalarga qodir ekanligini benihoya bilgisi keladi.
Kishi o‘zi qo‘lga kiritgan yutuqlari natijasi bilan baholaydi. Masalan: bola qiyin vaziyatda o‘zini yuqotmaydi yoki yosh bolani yong‘indan qutqazdi - «Men qo‘rqoq emasman» deydi. Ma’lum qiyin topshiriqni bajaradi. «Men qobiliyatliman» - deydi. Axloqka oid bunday xatti-harakatlar, o‘spirinning o‘z qatiyligini sinashi xamdir.
Ijtimoiy taqqoslash, ya’ni o‘zi haqidagi boshqa ishlarni fikrlarni solishtirishdan iboratdir. Masalan: o‘quvchilar tomonidan «mardlik» deb ma’qullangan xatti-harakatni o‘qituvchi «qalbaki o‘rtoqlik» deb aytadi. Bunda bolalar o‘z xatti-harakatlari to‘g‘risida o‘ylab, bosh qotira boshlaydilar. SHaxsiy «men» obrazi, juda murakkabdir. Xatto kattalarning o‘zini anglashi qarama-qarshiliklardan xoli emas. O‘spirinlarda yanada kuchliroq bo‘ladi. Ba’zi o‘spirinlar o‘zini kuzatish uchun kundalik daftarlar tutadi. Bu holat qizlarda ertaroq va ko‘proq uchraydi. Bu holat shunchaki o‘sishni bildirib qolmasdan, balki shaxsda mohiyat jihatidan tubdan boshqacha tarzda o‘z shaxsiyatining ma’naviy-ruhiy fazilatlarini, ijtimoiy turmush tarzi, maqsad va vazifalarini anglashi, ularni oqilona baholash zaruratini aks ettiradi. Undagi o‘z-o‘zini anglash, turmush, yashash, o‘qish, mehnat va sport faoliyatlari tarzida bilan namoyon bo‘ladi. O‘quv muassasa, mikromuhitidagi odatlanmagan vaziyat, shaxslararo munosabatlar va muomala ko‘lamining kengayishi o‘ziga xos tipologik aqliy, axloqiy, irodaviy, hissiy xususiyatlarini oqilona baholash, qo‘yilayotgan talablarga javob berish tariqasida yondashish, o‘z-o‘zini anglashini jadallashtiradi. O‘spirin o‘quvchilarining o‘z-o‘zini anglashga aloqador o‘ziga xos xususiyatlari mavjud, ular dastavval o‘zlarining kuchli va zaif jihatlarini, yutuq va kamchiliklarini aniqroq baholash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
O‘spirin o‘quvchining o‘smirlik davridagi boladan o‘zgacharok yana bir xususiyati - bu murakkab shaxslararo munosabatlarda aks etuvchi burch, vijdon hissini anglash, o‘z qadr-qimmatini e’zozlashi, sezishi va fahmlashga ko‘proq moyilligidir. O‘spirin o‘quvchida o‘zini anglash negizida o‘zini tarbiyalash istagi tug‘iladi. Natijada unda o‘z-o‘zini tarbiyalash vositalarini saralash, ularni kundalik turmushga tadbik qilib ko‘rish ehtiyoji vujudga keladi. Lekin, o‘zini tarbiyalash jarayoni o‘spirin ruhiyatidagi mavjud nuqsonlarga barham berish, ijobiy xislatlarni shakllantirish bilan kifoyalanib qolmasdan, balki voyaga etgan kishilarga xos ko‘pqirrali, umumlashgan idealga mos ravishda tarkib toptirishga yunaltirilgan bo‘ladi. O‘quvchilar o‘zida shaxsning eng qimmatli fazilatlarini, o‘quv va mehnat malakalarini ongli, rejali, tartibli, izchil va muntazam ravishda egallab borishga, shaxsning muayyan bir fazilatlari va xislatlarini hosil qilishga harakat qiladilar; o‘z-o‘zini tarbiyalash muammolarini, yaxlit ma’naviy ruhiy qiyofani shakllantirishga intiladilar.
O‘spirin o‘quvchilarning o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoni o‘quv muassasa, jamoat tashkilotlari, pedagoglar jamoasining tarbiyaviy ta’siri doirasida bulmog‘i shart. Toki o‘z-o‘zini tarbiyalashning takomillashtirishi jamoada munosib o‘rin egallashga, ijtimoiy burchni anglash, foydali mehnatga jalb etish ishiga xizmat kilsin. O‘z-o‘zini tarbiyalash to‘g‘ri izga solib yuborish uchun uyg‘un birlikni tashkil etgan tarbiyaviy chora-tadbirlar majmuasi tarzida ta’sir o‘tkazish jamoa majburiyati, o‘zaro yordam va nazorat qilish, o‘zaro baholash va tanqid qilish kabilar maqsadga muvofiqdir. Ijtimoiy turmushda uchraydigan ba’zi bir yaramas yurish-turish ko‘rinishlariga, illatlariga qaqshatqich zarba berish, ularning ta’siridan yigit va qizlarni asrash, yot tashviqot mohiyatiga qarshi kurash olib borish pedagoglar jamoasining bosh vazifasidir. O‘spirinlarda balog‘atga etganlik tuyg‘usi takomillashib borib, o‘z-o‘zini qaror toptirish, o‘z ma’naviy qiyofasini ifodalash tuyg‘usi o‘sib o‘tadi. Bu narsa ularning alohida shaxs ekanligini tan olishga intilishida o‘z ifodasini topadi. Buning uchun ayrim yoshlar turli modalarga mayl qo‘yish, tasviriy san’atga, musiqaga, kasb-hunarga, tabiatga maftunkor qiziqishlarini namoyish qilishga harakat qiladilar. O‘quv va mehnat jamoalari ta’sirida matonat, jasurlik, sabr-toqat, kamtarlik, intizomlilik, halollik kabi insoniy fazilatlar takomillashadi. Xudbinlik, loqaydlik, munofiqlik, laganbardorlik, dangasalik, qo‘rqoqlik, g‘ayirlik singari illatlarning barham topishi tezlashadi.
O‘spirinlar shaxsining shakllanishi jarayonida jamoat tashkilotlarining roli alohida ahamiyat kasb etadi. Ularda faollik, tashabbuskorlik, mustaqillik, qat’iyatlilik, mas’uliyatlilik, o‘z harakatlarini tanqidiy baholash singari fazilatlari barqaror xususiyat kasb etib boradi. O‘spirin yigit va qizlarning jamoatchilikda faol ishtirok etishi orqali muayyan tashkilotchilik qobiliyati namoyon bo‘ladi. O‘zining kimligi, qandayligi, qobiliyatlari, o‘zini nimaga hurmat qilishini aniqlashga intiladilar. Do‘st va dushmanlarining kimligi, o‘z istaklari, o‘zini va tevarak-atrofni, olamni yaxshi bilishi uchun nima qilish kerakligini anglashga harakat qiladi. Ma’lumki, o‘spirinlarning hamma savollari anglangan bo‘lmaydi. Ba’zan o‘spirinlar o‘zlaridan hech qanoatlanmaydigan, o‘z oldilariga haddan tashkari ko‘p vazifalar qo‘yadigan, lekin uning uddasidan chiqa olmaydigan bo‘ladi. Mana bulardan ko‘rinib turibdiki, o‘spirinlar o‘z-o‘zini analiz qilish teranligi va yuksak talablarni bajarish kerakligini o‘zida aks ettira boradi. Bu esa o‘spirinlarning kelgusi yutuqlari shartlaridan biridir.
O‘z-o‘zini xurmatlash va uning xususiyatlari quyidagilardan iborat. Demak, yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, shaxsning erta o‘spirinlikdagi eng muhim xislatlaridan biri o‘z-o‘zini hurmatlash, o‘z-o‘ziga baxo berish hamda o‘zini shaxs deb tan olish yoki olmaslik darajasidir. O‘spirinlar o‘zlarida shaxsning muayyap kompleks sifatlarini hosil qilishga intiladilar. O‘z-o‘zini tarbiyalash masalalarida bir butun ma’naviy psixologik qiyofani shakllantirish masalasi qiziqtiradi, Bunda shaxs ideali va namunaning mavjudligi katta ahamiyatga ega. Masalan: o‘g‘il bolalar - qahramonlik, yaxshi ota, o‘qituvchi, vrach yoki badiiy asar hamda kinofilmdagi obrazlarni o‘zlariga ideal deb bilsalar; qizlarimiz mehnatkash ayol, jozibali jamoat arbobi, nazokatli uy bekasi yoki ilmiy xodim va hokazo. O‘zaro munosabat va emotsional hayot o‘z mavqeini belgilashning murakkab muammolarini o‘spirinning o‘zi hal qila olmaydi. Bu masalani o‘spirinning ota-onasi, o‘z tengqurlari, o‘qituvchilar ishtirokida ularning qo‘llab-quvvatlashida hal qila oladi.
http://fayllar.org
Yüklə 122,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin