13-Mavzu: turli yosh davrlarida o’zlashtirish xususiyati (4 S). Reja


O‘smirlik davrida shaxsning shakllanishi



Yüklə 122,15 Kb.
səhifə17/19
tarix13.12.2023
ölçüsü122,15 Kb.
#175582
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
13-Mavzu turli yosh davrlarida o’zlashtirish xususiyati (4 S). -fayllar.org

O‘smirlik davrida shaxsning shakllanishi
Jinsiy etilish o‘smirning bu yoshdagi xulqk-atvoriga asosiy biologik vosita sifatida ta’sir o‘tkazadi. Lekin, bu bevosita ta’sirdir. Sotsial omillar esa quyidagilardir: kichik maktab yoshidan o‘rta maktabga o‘tish, ya’ni yakka o‘qituvchi rahbarligidan ko‘pchilik o‘qituvchilar tasarrufiga o‘tish va muloqotdagi o‘zgarishlar ijtimoiy foydali ishlarni kengaytirib borish, mustaqil va amaliy ishlarni ko‘proq bajarish, shu bilan birga bolaning oiladagi o‘rni ham o‘zgaradi. Ushbu o‘zgarishlar ta’sirida bolalar jismoniy va aqliy imkoniyatlarini o‘sib borishi munosabati bilan o‘zlariga ko‘proq ishona boshlaydilar, u endi oilaviy muammolar muhokamasida ham ishtirok eta boshlaydi. Katta o‘smirlarga nisbatan kichik o‘smirlarda paydo bo‘ladigan kelisha olmaslikni ulardagi jinsiy etilishgina emas, balki atrofdagi shart-sharoitlar, oiladagi ota-ona, aka-ukalarning unga munosabati, mahalla-kuy, ya’ni sotsial sharoitlar ta’siri bilan bog‘lash zarur.
SHu sotsial sharoit ijtimoiy va ulardagi psixologik iqlimni o‘zgartirish bilan, kichik o‘smirdagi yomon xulq-atvor, o‘jarlik, kamchiliklarini tan olmaslik kabi tabiiy xislatlarning oldini olish mumkin.
Ba’zi o‘qituvchilar kichik o‘smirdagi bu o‘zgarishlar urushqoqlik va salbiy alomatlar o‘jarliklarining ildizlari kaerdan kelib chiqadigan va nimani bog‘langanligi, nimaning ta’siri ekanligi bilmay turib, noto‘g‘ri tashxis va xulosalar keltirib chiqaradilar va bu aksariyat holda fojiaga olib kelishi mumkin.
Aslida esa bu o‘smir yoki maktab yoshidagi bolalarning psixik holatlarini va psixik rivojlanayotganliklarini hisobga olish va psixik muammolarini erkin va to‘g‘ri echimlari uchun yordam berish, ularni aqliy qobiliyatlarini rivojlantiruvchi metodlar yordamida ularga psixologik yondashish zarur va muhimdir. Kichik o‘smir yoshdagilar bilan ishlayotganda o‘quvchining har bir tashqi va ichki reaksiyasi ortida uning o‘z psixologik sabablari borligini bilish muhimdir. Bu " madaniyatsiz", "zararli", "tushunib bo‘lmaydigan" deb nom olgan xatti-harakatlar bir karashda shunday baholanadi, lekin bu xatti-harakatlar shaxs qaror topishi maxsus bosqichi uchun xos xususiyatdir. Kichik o‘smir psixologik "mexanizmi" sxematik ravishda quyidagicha baxolanadi. Endokrin garmonlarini paydo bo‘lishi va ularning markaziy nerv sistemasiga ta’sir qilishi bilan bog‘liq bo‘lgan jinsiy etilishning boshlanishi bolalarning aktivligini jismoniy va psixologik imkoniyatlarini oshiradi hamda bolada o‘zini kattalardek xis etish, mustaqil bo‘lish tuyg‘ularini tuyush uchun qulay shart-sharoitlarni olib keltiradi. Birok, psixik rivojlanishni bu bosqichida ham bola hali mustaqil harakat qilishga to‘la tayyor bo‘lmaydi. Asosiy ziddiyatni keltirib chiqaruvchi omillardan biri o‘z mustaqilligini imkoniyatidan ortiq darajada baholashdir. O‘z imkoniyatlarini ortikcha baholash bilan kichik o‘smirning psixik imkoniyatlari o‘rtasida tafovut paydo bo‘ladi. Bu ziddiyatni hal etilishi qanday sodir bo‘ladi va u bolani tashqi ko‘rinishi xulq-atvorida qanday namoyon bo‘ladi?

Yüklə 122,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin