13-Mavzu: turli yosh davrlarida o’zlashtirish xususiyati (4 S). Reja


O‘smirlar to‘g‘risida umumiy tushuncha



Yüklə 122,15 Kb.
səhifə15/19
tarix13.12.2023
ölçüsü122,15 Kb.
#175582
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
13-Mavzu turli yosh davrlarida o’zlashtirish xususiyati (4 S). -fayllar.org

O‘smirlar to‘g‘risida umumiy tushuncha
Hozirgi davrda o‘smirlarni voyaga etkazishning o‘ziga xos xususiyatlari, qonuniyatlari, imkoniyatlari, xatti-harakat motivlarining ifodalanishi va vujudga kelishining murakkab mexanizmlari mavjud. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, o‘smirlarni kamol toptirishda ularning xususiyatlarini to‘la hisobga olgan holda ta’lim-tarbiyaviy tadbirlarni qo‘llash shaxslararo munosabatda anglashshtmovchilikni vujudga keltirmaydi, sinf jamoasi o‘rtasida iliq psixologik muhitni yaratadi.
Turg‘unlik yillaridagi so‘z bilan ishning «nomuvofiqligi», axloq tarbiyasidagi qo‘pol xatolar o‘smirlarning ruhiy dunyosiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Insonning ruhiy dunyosini tubdan qayta qurish, shaxsni shakllantirishni insonparvarlashtirish harakati boshlangan hozirgi kunda o‘smirlar taqdiri masalasi ham g‘oyat jiddiy tus oldi. O‘smirlik davri taqlidchanligi, muqim nuqtai nazarning shakllanmaganligi, hissiyotliligi, mardligi, tantiligi bilan farqlanadi. SHuniig uchun tashqi ta’sirlarga beriluvchan o‘smir o‘g‘il-qizlarga alohida e’tibor berish zarur.
O‘smirlar muammosiga e’tiborni kuchaytirish zarurligining asosiy sabablari: 1) fan va texnika rivojlanishi natijasida madaniyat, san’at va adabiyot, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarning o‘zgarayotgani; 2) ommaviy axborot tizimining kengayishi tufayli o‘smirlar ongliligi darajasining ko‘tarilgani; 3) o‘g‘il va qizlarning dunyo voqealaridan, tabiat va jamiyat qonunlaridan, tarixdan etarli darajada xabardorligi; 4) ularning jismoniy va aqiiy kamoloti jadallashgani; 5) o‘smirlar bilan ishlashda g‘oyaviy-siyosiy, vatanparvarlik va baynalmilal tarbiyaga alohida yondashish zarurligi; 6) oshkoralik, ijtimoiy adolat, demokratiya muammolarining ijtimoiy hayotga chukur kirib borayotgani; 7) o‘quvchilar uchun mustaqil bilim olish, ijodiy fikr yuritish, o‘zini o‘zi boshqarish, anglash, baholash va nazorat qilishga keng imkoniyat yaratilgani.
O‘smirlik yoshida bolalikdan kattalik holatiga ko‘chish jarayoni sodir bo‘ladi. O‘smirda psixik jarayonlar keskin o‘zgarishi bilan aqliy faoliyatida ham burilishlar seziladi. SHuning uchun shaxslararo munosabatda o‘quvchi bilan o‘qituvchining muloqotida, kattalar bilan o‘smirlarning muomalasida qat’iy o‘zgarishlar vujudga keladi. Bu o‘zgarishlar jarayonida qiyinchiliklar tug‘iladi. Bular avvalo ta’lim jarayonida ro‘y beradi: yangi axborot, ma’lumotlarni bayon qilish shakli, uslubi va usullari o‘smirni qoniqtirmay qo‘yadi. O‘qituvchining yangi mavzuni batafsil tushuntirishi, darslar ma’ruza shaklida olib borilishi o‘quvchilarni zeriktiradi, ularda o‘qishga loqaydlik tug‘iladi. Ilgari o‘quv materialini ma’nosiga tushunmay yodlab olishga odatlangan o‘smir endi zarur o‘rinlarni mantiqiy xotira va tafakkurga suyangan holda o‘zlashtirishga harakat qiladi, o‘zlashtirilgan bilimlarni talab qilinganda o‘quvchi bilan o‘qituvchi o‘rtasida anglashilmovchilik paydo bo‘ladi, tahsil oluvchi unga qarshilik ko‘rsata boshlaydi. Odobli, dilkash o‘smir kutilmaganda qaysar, intizomsiz, qo‘pol, serzarda bo‘lib qoladi. Kattalarning yo‘l-yo‘riqlariga, talablariga muloyimlik bilan javob qaytarib yurgan o‘smir ularga tanqidiy munosabatda bo‘ladi. Uning fikricha, kattalarning talablari, ko‘rsatmalari mantiqan ixcham, dalillarga asoslangan, etarli ob’ektiv va sub’ektiv omillarga ega bo‘lishi kerak. O‘smirda shaxsiy nuqtai nazarning vujudga kelishi sababli u kattalarning, o‘qituvchining qayg‘urishi, koyishiga qaramay, o‘zining fikrini o‘tkazishga harakat qiladi. Uning o‘z qadr- qimmati haqidagi tasavvuri, narsa va hodisalarga munosabati oqilonaliqdan uzoqlasha boshlaydi, u ayrim ma’lumotlarni tushuntirib berishni yoqtirmaydigan bo‘lib qoladi. Serzardalik kundalik xatti-harakatning ajralmas qismiga aylanadi. O‘smir xulqidagi bunday o‘zgarishlar tajribasiz o‘qituvchi yoki ota-onani qattiq tashvishga soladi, asabiylashtiradi va ularning o‘quvchiga munosabatini o‘zgartiradi. Natijada kelishmovchiliklar, anglashilmovchiliklar, nizolar kelib chiqadi.
Ayrim pedagoglar o‘smirlik davri inqirozi to‘g‘risida kuyinib gapiradilar, ba’zi illatlarni tanqid qiladilar va ularning ijtimoiy-psixologik ildizini topishga intiladilar. Aslida esa o‘smirlarga yondashishda metodologik kamchilikka yo‘l qo‘yadilar. Mazkur illatlarning oldini olish chora va tadbirlari tizimini ishlab chiqa olmaydilar. Bu masalaga to‘g‘ri yondashish ayrim ilmiy tadqiqotlarda asoslab berilgan va o‘smirlik davri inqirozi haqida mulohaza yuritishdan ko‘ra, kattalar bilan o‘smirlar muomalasining inqirozi haqida gapirish to‘g‘riroq bo‘ladi, deb xulosa chiqarilgan.
Xo‘sh, o‘smirning psixik o‘sishini harakatga keltiruvchi kuch nima? O‘smirning psixik o‘sishini harakatga keltiruvchi kuch – uning faoliyatini vujudga keltirgan ehtiyojlar bilan ularni qondirish imkoniyatlari o‘rtasidaga qarama-qarshiliklar tizimining namoyon bo‘lshpidir. Mana shu dialektik qarama-qarshiliklar ortib borayotgan jismoniy, aqliy hamda axloqiy imkoniyatlar bilan barqarorlashgan stereotipga aylangan tashqi olamni aks ettirishning shakllari o‘rtasida sodir bo‘ladi. Vujudga kelgan ziddiyatlar va qarama-qarshiliklarni, psixologik kamolotni ta’minlash, faoliyat turlarini murakkablashtirish orqali o‘smir shaxsida yangi psixologik fazilatlarni tarkib toptirish bilan asta-sekin yo‘qotish mumkin. Bu davr insonning kamoloti yuqoriroq bosqichiga ko‘tarilishi bilan yakunlanadi. Kamol topish o‘smirdan umumlashtirish, hukm va xulosa chiqarish, mavhumlashtirish, ob’ektlar o‘rtasidaga ichki munosabatlarni o‘rnatish, muhim qonun, qonuniyat, xossa, xususiyat, mexanizm va tushunchalarni anglash, ixtiyoriy diqqat, barqaror qiziqish, ongli motiv va mantiqiy eslab qolishnitalab qiladi. Bularningbarchasi fanlarga doir bilimlar tizimini vujudga keltiradi, amaliy ko‘nikmalarni shakllantiradi, o‘zini o‘zi nazorat qilish, baholash, anglash singari xususiyatlarni tarkib toptiradi.
Maktab va bilim yurtida, oilada mustaqil faoliyatga keng imkoniyatlar bo‘lsa, o‘quvchi muayyan vazifa va topshiriqlarni bajara boshlaydi. Natijada o‘smirning ijtimoiy mavqei ortib, faoliyati takomillashib, psixikasi har tomonlama rivojlanib boradi.
Hozirgi o‘smirlar o‘tmishdoshlariga nisbatan jismoniy, aqliy va siyosiy jihatdan birmuncha ustunlikka ega. Ularda jinsiy etilish, ijtimoiylashuv jarayoni, psixiko‘sish oldinroq namoyon bo‘lmoqsa. SHu sababli bizda o‘g‘il va qizlarni 10–11 dan 14–15 yoshigacha o‘smirlik yoshida deb hisoblanadi.
Venalik psixolog Z.Freyd va uning shog‘irdlari o‘smirlik davrini baholashda insonga azaldan berilgan qandaydir ilk mayl nishonasi sifatida vujudga keladigan o‘z mavqeini belgilashga ongsiz intilishni eng muhim asos deb hisoblaydilar. Bu intilish go‘yoki xudbinlik, boshqa kishilarni mensimaslik paydo bo‘lishiga, atrof-muhit bilan kelisha olmaslikka, hatto nizolarga olib kelar, ongsizlik ehtiyojlari va mayllari shaxsning faolligini belgilar emish. Sobiq sovet psixologlari Z.Freyd nazariyasining mutlaqo asossizligini ta’kidlab, o‘smirda imkoniyat bilan talabchanlik o‘rtasidagi kelishmovchilik, o‘zini ko‘rsatishga moyillik va o‘z ichki dunyosiga qiziqishning namoyon bo‘lishi bilan tavsiflanishini asoslab berdilar.
Ayrim psixologlar biogenetik o‘sishning biologik omillariga, ya’ni jinsiy etilishga alohida ahamiyat beradilar. Ularning fikricha, o‘smirning psixik jihatdan inqirozga etaklovchi, hayajonga soluvchi sub’ektiv ichki kechinmalari o‘g‘il va qizlarni tanholik psixologiyasiga tortar emish. O‘smir uchun xarakterli norozilik, qo‘pollik, qaysarlik, shafqatsizlik, tajanglik, ginaxonlik, tajovuzkorlik kabi illatlar jinsiy etilishning mahsuli yangi tuyg‘ular, mayllar, kechinmalar o‘smir xatti-harakatida hukmron bo‘lib, uning xulq-atvorini boshqaradi deb tushuntirilmoqda. O‘smirlikning psixologik qiyofasi, holati, imkoniyati yagona sof biologik omilga bog‘liq emasligi hammaga ayondir.

Yüklə 122,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin