|
|
səhifə | 10/10 | tarix | 20.11.2023 | ölçüsü | 410,71 Kb. | | #162774 |
| Ishlanmalari-fayllar.org
Tabiat: «Kuz bog‘iga sayr».
Maqsad: kuz va daraxtlar, butalar, yaproqlar, mevalar to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish.
Jihoz va materiallar: mavzuga oid rasm va illyustratsiyalar; turli shakl va rangdagi kartochkalar.
Faoliyatning borishi:
1. Kuz to‘g‘risida topishmoq.
2. «Kuz» she’rini o‘qish.
3. Fizkultdaqiqa «YUzimizga shamol esmoqda».
4. «Biz qaldirg‘ochlarmiz» o‘yini.
5. «SHakli va rangiga qarab top» o‘yini.
Qo‘shimcha: Bir vaqtning o‘zida rang va shaklni farqlash ko‘nikmalarini tarbiyalash. Kichik hajmli asarni sahnalashtirish.
Nimaga e’tibor qaratiladi: Suhbat qurishni bilish, savollarga to‘liq javob berishni o‘rganish.
San’at markazi
CHizish: «YUk mashinasi».
Maqsad: Har xil transportlarning nomini bilish. Badiiy ijodiyotga bo‘lgan qiziqishlarni o‘stirish.
Jihoz va materiallar: «Transport» mavzusiga doir predmet suratlari .
Surat «yo‘l»; qog‘oz varaqlari, qalamlar, bo‘yoqlar, suv solingan bankacha.
Faoliyatning borishi:
1. O‘yin «Maxsus transportlar» (Maxsus transportlar to‘g‘risida suhbat tashkil qilinadi, ularning ahamiyati tushuntiriladi).
2. Hikoya: «Mening bo‘lg‘usi mashinam va u nimaga kerak».
3. YUk mashinasini rasmini chizish.
4. Bolalar ishlari ko‘rgazmasi.
Qo‘shimcha: So‘z o‘yinini tashkil qilish.
Nimaga e’tibor qaratiladi: bolalarning ijodiy qobiliyatlari hamda tasavvurlarini rivojlantirish.
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |
|
|