Bolalar uchun amaliy ish.
Tarbiyachi bolalarga velosiped shaklini, aravacha shaklini chizib ko‘rsatadi. Applikatsiya usulida yasab ko‘rsatadi. Xonadagi buyumlardan namunalar qo‘yib qo‘yadi. Bolalar xohlagan narsalarni shaklini chizadilar yoki applikatsiya usulida yasaydilar. CHizib, yasab bo‘lganlaridan so‘ng chizgan, yasagan narsalarning shakllarini izohlab aytib beradilar.
Bilimlarni mustahkamlash uchun o‘yin: “Klaster”.
O‘yin mazmuni: Bolalar doira shaklida turadilar. Qo‘llarini yuqoriga ko‘tarib doira shaklini yasaydilar. Oyoqlaridan uchburchak shaklini yasaydilar.
So‘ngra tarbiyachi bolalarga doira, uchburchak va kvadrat shaklidagi medalonlardan bittadan berib chiqadi.
Polda katta aylana, uning atrofiga kichik aylanalar, katta uchburchak-uning atrofida kichik uchburchaklar, katta kvadrat-uning atrofida kichik kvadratlar chizilgan bo‘ladi.
Agar tarbiyachi “SHakllar yurishibdi” desa bolalar yurishadi, “SHakllar katta uyga” desa, kimda qanday shakl bo‘lsa, xuddi shunday katta shaklning ichiga yig‘ilishadi. “Uchburchaklar kichik uyga” deyilsa, uchburchak shaklini taqqan bolalar kichik uchburchak shakllariga turib olishlari kerak. “SHakllarni almashtiringlar” deyilsa bolalar shakllarni almashtirishadi. Bolalar xohlaganlaricha o‘yinni davom ettirish mumkin.
Bolalarning bilimini oshirish va mustahkamlash uchun savollar:
Quyosh qanday shaklga o‘xshaydi?
Tana a’zolarining qaysi biri doira shaklida?
Doira shaklining nechta burchagi bor?
Nima uchun doira va uchburchak deymiz? Ularning nomini boshqacha aytsa ham bo‘ladimi?
To‘rtburchak shaklining nechta burchagi bor?
«Quruqlik transporti»
Qurilish va loyihalash, matematika markazi
Matematika: Predmetlarning xossalari, geometrik shakllar.
Maqsad: predmet xususiyatlari (rangi, shakli, o‘lchami, material,i va b), kvadrat, aylana, uchburchak, to‘g‘riburchak, oval singari geometrik shakllar to‘g‘risida tasavvur hosil qilish.
Dostları ilə paylaş: |