2. “Moliyaviy lizing” va “Operativ lizing” oʻrtasidagi farqni izohlang.
Lizingning asosiy turlariga moliyaviy va operativ lizingni kiritishimiz mumkin.
Moliyaviy lizing - lizing beruvchi lizing oluvchi tomonidan belgilangan mulkni sotuvchidan sotib olish va lizing oluvchiga belgilangan toʻlov va lizing predmeti toʻliq amortizatsiya muddatiga teng boʻlgan muddatga maʻlum bir shartlar asosida vaqtinchalik foydalanishga berishdir. Qaytariluvchi lizing - moliyaviy lizing turi boʻlib, bunda lizing predmeti sotuvchisi bir vaqtning oʻzida lizing oluvchi sifatida namoyon boʻladi.
Operativ lizing- lizing beruvchi mulkni sotib olib, uni lizing predmeti sifatida belgilangan toʻlov hisobiga, shartnomada belgilangan maʻlum bir muddatda tegishli shartlar asosida vaqtinchalik egalik qilish va foydalanishni lizingga oluvchiga beradi. Operativ lizingda lizing predmeti uni toʻliq amortizatsiya muddati oʻtib boʻlgunga qadar bir necha marotaba lizingga berilishi mumkin.
3. Investitsiya dasturining moliyalashtirish manbalari.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsion loyihalarni moliyalashtirish investorlar tomonidan tashkil etilgan har xil manbalar, shu jumladan moliyaviy resurslarni jalb qilish yoʻli bilan, kreditlar evaziga qonunchilikda belgilangan holda qimmatli qogʻozlar va zayomlar chiqarish xisobiga amalga oshiriladi. Umumiy hisobga olganda, real investitsion loyihalarni moliyalashtirish manbalari quyidagi shakllarga boʻlinadi:
1. investorning oʻz moliyaviy resurslari;
2. investorning qarzga olgan mablagʻlari;
3. investorni jalb qilgan moliyaviy resurslari;
4. davlat byudjeti mablagʻlari, (shu jumladan, mahalliy byudjet mablagʻlari);
5. chet el investitsiyalari va kreditlari;
6. Noanʻanaviy moliyalashtirish. (sindikatli kreditlash, seleng, venchurli moliyalashtirish va boshqalar).
Kapital moliyalashtirish manbalarini ikki guruhga ajratish mumkin:
a) markazlashtirilgan qoʻyilmalar, ular quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- davlat byudjeti va davlat byudjetidan tashqari fondlar mablagʻlari;
- tashqi qarzlar limitlaridan kelib chiqib hukumat kafolati ostidagi chet el investitsiyalari va kreditlari.
b) markazlashtirilmagan kapital qoʻyilmalar, ular quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- korxonalar mablagʻlari, shu jumladan, qoʻshma korxonalar, xorijiy korxonalar va xususiy korxonalarning mablagʻlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlarining mablagʻlari;
- davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mablagʻlari, banklarning, shu jumladan, xorijiy banklarning kreditlari;
- aholi mablagʻlari. Real investitsion loyihalarni moliyalashtirish turli shakl va usullarda olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: |