14- mavzu kriptovalyutalar bozori va blokcheyn texnologiyalari reja



Yüklə 148,29 Kb.
səhifə6/10
tarix30.11.2022
ölçüsü148,29 Kb.
#71318
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
14-mavzu Kriptovalyutalar bozori

Shaxsiy ma’lumotlar daxlsizligi. Odamlar shaxsiy ma’lumotlarini nazorat qilishlari zarur. Ularda o‘ziga tegishli bo‘lgan aynan qaysi ma’lumotni, qachon, qanday va qaysi hajmda tarqatish huquqi bo‘lishi lozim.

  • Huquqlarning himoyalanganligi. Mulkdorlarning huquqlari shaffof va mustahkamlangan. Tranzaksiya vaqtining qayd etilishi va PKI nafaqat ikki karra xarajatning oldini oladi, balki tarmoqdagi har bir bitkoinga bo‘lgan mulkiy huquqni qayd qiladi. Biz faqat o‘zimizga tegishli bo‘lgan narsalar bilan savdo qilishimiz mumkin bo‘ladi. Bitkoindan tashqari bu har qanday qimmatbaho narsa bo‘lishi mumkin, shu jumladan intellektual huquq ham.

  • Jalb etilganlik. Iqtisodiyot barcha uchun ishlasa, yaxshiroq ishlaydi. Bu kirish to‘siqlarining kamayishini anglatadi. Uyali telefoni bo‘lgan har qanday kishi, bozorda ishlab chiqaruvchi yoki iste’molchi sifatida ishtirok etishi mumkin. Satoshi “to‘lovlarning soddalashtirilgan verifikatsiyasi” usulini taklif qildi (SPV). Xo‘sh, blokcheyn texnologiyalarining axborot xavfsizligini ta’minlash borasidagi imkoniyatlari qay darajada?

    Blockchainning yangi texnologiyalari axborot xavfsizligi sohasida inqilob qilishga hissa qo‘shmoqda. Bundan tashqari, blockchain texnologiyalarining ishga tushirilishi shaxsiy xabarlardagi, biznes va foydalanishda ommalashgan veb-saytlardagi hamda ilovalardagi ma’lumotlarni himoyalashga yordam beradi.
    Blockchain — o‘zining ilk muvaffaqiyatli tajribasi – bitkoin orqali mashhur bo‘lgan nisbatan yangi texnologiya. Uning takrorlanmas xususiyatlari bir nechta startaplar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi, ular blockchain texnologiyalariga ixtisoslashgan bo‘lib, axborot xavfsizligi sohasini mutlaqo yangi darajaga ko‘tardi.
    Blockchain – bu fayl yoki ob’ekt bilan bajariladigan harakatlarni faylga xos bo‘lgan kodga shifrlashga yordam beradigan texnologiya. Ushbu shifrlashni o‘chirib, o‘zgartirib yoki aylanib bo‘lmaydi, bu esa, fayllarning yozuvlarini butunlay shaffof qilib turadi: u bilan qanday tranzaksiyalar, qachon va kim tomonidan amalga oshirilganligi har doim ma’lum bo‘ladi. Bunday nomarkazlashtirilgan, axborot xavfsizligini ta’minlashga bo‘lgan avtonom yondashuv, ko‘p sohalar, biznesdan boshlab, to ijtimoiy tarmoqlargacha bo‘lganlar allaqachondan beri kutilyotgan, Internet-xavfsizligi sohasidagi yangi imkoniyatlarni ochib beradi.
    Birinchidan, va eng asosiysi, blockchain shaxsiy xabarlar himoyasi uchun imkoniyat taqdim qiladi. Obsidian kabi startaplarchatlarda, messenjerlarda va ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish uchun blockchain texnologiyasidan foydalanishga mo‘ljallangan. Hozirgi paytda messenjerlardan nafaqat muloqot qilish uchun, balki to‘lovlarni amalga oshirish uchun ham foydalanilayotganligi barchaga ma’lum. Facebook Messenger va WhatsApp dagi zaifliklar shundan iboratki, ular siyrak shifrlash usulini qo‘llaydilar va metama’lumotlarning yetarli darajadagi himoyasini ta’minlamaydilar, shu jumladan xabar yuborayotgan odamning shaxsi, uning elektron pochtasining manzili va tizimga kirish uchun zarur bo‘lgan boshqa qayd ma’lumotlarining ham.
    Obsidian messenjeri foydalanuvchilarning metama’lumotlarini blockchaindan foydalangan holda himoyalashni rejalashtirishmoqda. Foydalanuvchi messenjerni ishlatishi uchun elektron pochta yoki autentifikatsiyalashga oid har qanday boshqa ma’lumotdan foydalanishi zarur bo‘lmaydi. Metama’lumotlar butun kitob bo‘yicha tasodifiy tarzda taqsimlangan bo‘ladi va shu sababli, buzilish ehtimoli bo‘lgan bitta nuqtada to‘planishiga imkon bo‘lmaydi. Shuningdek, Obsidian ichida to‘lov vositasi sifatida foydalanish uchun o‘z tokenini joriy qilish rejalashtirishmoqda.
    Ushbu loyiha hali ishlab chiqish jarayonida, biroq boshqa messenjerlar ushbu sxemaga rioya qilishlari va o‘z foydalanuvchilarining ma’lumotlarini shunga o‘xshash tarzda himoyalashlari mumkin.
    Ayni paytda foydalanuvchilarni har qanday tizimga qo‘shishning umumiy usuli bo‘lib login va parollarni ishlatgan holda yagona yondashuvni qo‘llash hisoblanadi. Ammo REMMEkabi kompaniya – qurilmalar va foydalanuvchilarni aniqlash va ularni o‘zgartirish harakatlarini bloklovchisidan foydalanishga yo‘naltirilgan yangi ishlanma bo‘lib hisoblanadi.
    Bloklovchilarning asosiy kuchi bo‘lib tizimlarni va fayllar hamda umuman ma’lumotlarning orasidagi tasodifiy aloqalarni nomarkazlashtirish hisoblanadi. Buning ustiga, parollar odamlar tomonidan o‘ylab topiladi, saqlanadi va kiritiladi, bu holat esa odamlar tomonidan xatoga yo‘l qo‘yilishiga imkon yaratadi. REMME foydalanuvchi tomonidan qurilma va foydalanuvchining autentifikatsiyasi vaqtida yo‘l qo‘yish mumkin xatoliklarning oldini olishga urinadi.
    Ushbu kompaniya qurmoqchi bo‘layotgan xavfsiz autentifikatsiya mexanizmlarining tamoyillari tarqoq ochiq kalitlar infratuzilmasidan foydalanishga asoslangan. Ochiq kalitlarni nomarkazlashtirish, ularning hujumlar uchun zaiflik darajasini pasaytiradi, parollarni boshqarishning markazlashtirilgan tizimi bu ishni qilolmaydi. Har bir qurilmaga blockchain texnologiyasiga asoslangan o‘zining SSL-sertifikati beriladi, bu qonunbuzarlar tomonidan soxta sertifikatlarning ishlatilishining oldini oladi.
    REMME kabi startaplar, korxonalarga ma’lumotlarni boshqargan va o‘z xodimlariga kirish huquqiga ega bo‘lgan holda o‘z tijorat ma’lumotlarini ancha yaxshiroq himoyalashga imkon beradi. Ichki qoidabuzarliklar sodir bo‘lgan holatlarda blockchain texnologiyasi kompaniyaga ushbu qoidabuzarlikni sodir etgan xodimni bexato topishga yordam beradi. REMME ham huddi Obsidian kabi ishlab chiqish jarayonida, biroq bunday korxonalar hali ko‘p paydo bo‘lishi turgan gap.
    Va nihoyat, blockchain markazlashgan serverlardagi asosiy veb-saytlarga uyushtirilgan xakerlik hujumlarini aniqlash va ularni qaytarish bo‘yicha ko‘p imkoniyatlarni taqdim qiladi.
    Bunday hujumlar oqibatida PayPal, Twitter va Spotify kompaniyalarining veb-saytlariga foydalanuvchilarning kirishi to‘sib qo‘yildi. Muammo shundaki, hozirda mavjud bo‘lgan DNS-serverlarga xavfsizlik yetishmaydi, chunki ular kirish kalitini bitta serverda saqlaydi va keshlashga haddan ziyod ishonch bildiradi. Guardian va Nebulis kabi startaplar blokcheyn asosidagi kalitlarning tarqoq tarmog‘i va kalit so‘zlardan foydalangan holda bu holatni o‘zgartirishga niyat bildirishmoqda.
    Oxir-oqibatda, blockchain serverlarni xakerlar hujumlaridan himoyalaydi va ularni zabt etib bo‘lmas qal’adek bo‘lishini ta’minlaydi.
    Blockchain – shubhasiz bu oxirgi o‘n yillikning axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi eng istiqbolli kashfiyotidir. Bu axborot xavfsizligi tizimlarining rivojlanishida inqilobiy o‘zgarishlarni sodir etib, uzoq yillarga xavfsiz Internetni ta’minlashidan umidlarimiz katta. Blokcheyn o‘zi nega kerak degan savol sizda paydo bo‘lishi aniq. Oddiy ma’lumotlar omborida barcha ma’lumotlar bitta serverda saqlanadi. Ya’ni asosiy serverda. Asosiy server buzilsa yoki undagi ma’lumotlar o‘chib ketsa tamom. Yoki, biron xaker ma’lumotlar omborini buzib undagi ma’lumotni o‘zgartirib qo‘ysachi?
    Blokcheynda esa – ma’lumotlar kichik blokchalarda shifrlangan xolda saqlanadi. Eng qizig‘i uning asosiy serveri, markazi yo‘q. Ma’lumotlar tarmoqdagi barcha kompyuterlarda saqlanadi. Har bir blok o‘zidan oldingi blok haqidagi ma’lumotni shifrlangan ko‘rinishda saqlagani sabab, uni buzish yoki tahrirlashning iloji yo‘q. Bor ana, bitta blokni o‘zgartirarsiz, lekin o‘zgarish keyingi blokga ta’sir qilishi uchun keyingi blok xeshini ham buzish kerak, uni o‘zgartirsangiz undan keyingisi va cheksizlikga qadar o‘zgartirasiz. Bunga yillab balki asrlab vaqt ketadi.

    Yüklə 148,29 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin