A’zo ichi arteriyalarining tarmoqlanisb qonuniyatlari
A’zo ichi arteriyalarining arxitektonikasi shu a’zo tuzilishi va faoliyatiga
mos bo'ladi.
Uzun naysimon suyaklarda diafiz arteriyasi suyakni o'rta qismidan kirib
proksimal va distal tarmoqlarga bo'linadi. Diafiz arteriyasi diafizni ichidan
qon bilan ta’minlaydi, tashqi zich qavati esa suyak parda arteriyasidan qon
oladi. Eundan tashqari, arteriyalar metafiz, apofiz va epifizlarga kiradi.
G'ovak suyaklarga qon tomirlar har tomondan kirib, suyak nuqtasi
hosil bo'lgan joyga yo'naladi.
Boylamlar arteriyasi biriktiruvchi to'qima dastalari bo'ylab yo'naladi va
ular bilan birga harakat o'qiga perpendikular joylashadi.
Mushak arteriyasi mushak tolalariga parallel yo'naladi va ularga
perpendikular tolalar beradi.
Bo'laklardan tuzilgan parenximatoz a’zolarga arteriyalar, a’zoning
o'rtasidan kirib uning bolaklariga qarab bo'linadi.
Naysimon tuzilishga ega a’zolarda qon tomirlar quyidagicha joylashadi:
a) payning bo'ylama o'qiga parallel, bir tomonida arteriya yo'naladi va
undan to'g'ri burchak hosil qilib chiqqan ko'ndalang tolalar nayni halqa
shaklida o'rab oladi (ichaklar);
b) tomirlar a’zo atrofida to'r hosil qiladi va undan markazga qarab radiar
tarmoqlar devor ichiga yo'naladi. Orqa miyaning segmentar arteriyalari.
Dostları ilə paylaş: |