A’zo sirti arteriyalari
1. Tana a’zolaxi nerv tizimi atrofida joylashgani kabi, arteriyalar ham
nerv nayi va nervlar yo'nalishida joylashadi. Orqa miyaga parallel ravishda
aorta hamda oldingi va orqa miya arteriyalari yo'naladi. Orqa miyaning har bir
segmentiga segmentar orqa miya tarmoqlari to'g'ri keladi.
2. Organizmni o'simlik va hayvon hayoti a’zolariga bo'linishiga muvofiq
arteriyalar devorga boruvchi — pariyetal va ichki a’zolarga boruvchi — vistseral
tarmoqlarga bo'linadi.
3. Qo'l va oyoq bittadan asosiy arteriya: qo'l uchun o'mrov osti arteriyasi,
oyoq uchun son arteriyasini oladi.
4. Tana arteriyalari segmentar tuzilishini saqlab qoladi (qovuig'alararo
arteriya va bel arteriyasi).
5. Arteriyalar tomirlar tizimining boshqa qismlari (venalar va limfa
tomirlari) bilan birga yo'nalib, umumiy tomirli dastani hosil qiladi.
6. Arteriyalar skeletga mos ravishda yo'naladi. Umurtqa pog'onasi bo'ylab
aorta, qovurg'alar bo'ylab qovurg'alararo arteriyalar joylashadi. Qo'l va
oyoqning proksimal bitta suyak bo'lgan qismida bittadan (yelka va son
arteriyalari), o'rta qismida juft suyaklar bor qismida ikkita (bilak, tirsak,
oldingi va orqa katta boldir arteriyalari), distal suyaklar nur shaklida joylashgan
qismida arteriyalar har bir barmoqqa qarab joylashadi.
Dostları ilə paylaş: |