7.Yelka, bilak, son va taqim arteriyalarining pulsatsiyasin aniqlash sohalari.
Taqim osti arteriyasi (a.poplitea) son arteriyasining bevosita davomi
bo'lib, taqim osti chuqurchasining boshlanish joyida son suyagini orqa tomonida
yotadi. Uning qolgan qismi taqim osti mushagi ustida yotib, shu mushakning
pastki chekkasida oldingi va orqa katta boldir arteriyalariga bo'linadi. Taqim
osti arteriyasidan quyidagi tarmoqlar chiqadi:
1. Tizza bo'g'imini qon bilan ta’minlaydigan yuqori lateral arteriya (a.
superior lateralis genus) son suyagining tashqi do'ngsimon o'shnta usti
sohasidan boshlanadi. Uni aylanib o'tib sonning lateral keng va ikki boshli
mushagini qon bilan ta’minlaydi. U tizzaning boshqa arteriyalari bilan
anastomozlashib, tizza bo'g'imi to'rini hosil qilishda ishtirok etadi.
2. Tizza bo'g'imini qon bilan ta’minlaydigan yuqorigi medial arteriya (a.
superior medialis genus) son suyagining ichki do'ngsimon o'simta usti sohasidan
boshlanadi. Uni aylanib o'tib, sonning medial keng mushagini qon bilan
ta’minlaydi va tizza bo'g'imi arterial to'rini hosil qilishda ishtirok etadi.
3. Tizza bo'g'imini qon bilan ta’minlaydigan o'rta arteriya (a. genus
media) tizza bo'g'imi xaltasini orqa devoridan o'tib, xochsimon boylamlar,
menisklar va sinovial burmalami qon bilan ta’minlaydi.
4. Tizza bo'g'imini qon bilan ta’minlaydigan pastki lateral arteriya'(a.
inferior lateralis genus) ustki arteriyadan 3-4 sm pastroqdan boshlanib,
katta boldir suyagi tashqi do'ngsimon o'simtasini aylanib o'tib, boldir
mushagining lateral boshini va tovon mushagini qon bilan ta’minlab, tizza
bo'g'imi arterial to'rini hosil qilishda ishtirok etadi.
5. Tizza bo'g'imini qon bilan ta’minlaydigan pastki medial arteriya (a.
inferior medialis genus) katta boldir suyagi ichki do'ngsimon osimtasini
aylanib o'tib, boldir mushagini medial boshini qon bilan ta’minlab, boshqa
arteriyalar bilan birga tizza bo'g'imi to'rini (rete articularis genus) hosil
qilishda ishtirok etadi.
Dostları ilə paylaş: |