Ishning maqsadi: Buyum tasviri kо‘r dog‘ga tushganda shu buyumni kо‘rinmasligiga ishonch hosil qilish.
Kerakli jihozlar: Mariott jadvali.
Ishni bajarish tartibi: sinaluvchi odam qо‘liga doira (o) va qо‘shish belgisi () chizilgan kartonni oladi (34-rasm). Chap kо‘zini yumib, о‘ng kо‘zi bilan qо‘shish belgisiga qarab turgan holda rasmni asta-sekinlik bilan yaqinlashtiradi. Tekshirish vaqtida sinaluvchi boshini holatini о‘zgartirmasligi shart. Kо‘zdan ma’lum masofada (20-25 sm) doira tasviri yо‘qoladi. Chap kо‘zdagi kо‘r dog‘ shunday tekshiriladi.
Ishning maqsadi: Quloqning tuzilishini о‘rganish va eshitish darajasini aniqlash.
Ishning rejasi: 1. Quloqning tashqi va ichki tuzilishi bilan tanishib rasmini chizish.
2. Quloqning eshitish darajasini aniqlash
Kerakli jihozlar: Tashqi va ichki quloq qismlari tasvirlangan rasmlar, soat yoki sekundomer.
1. Quloqning turli qismlari tasvirlangan plakat va rasmlardan foydalanib ularning rasmlari chizib olinadi. Quloqning eshitishi va markaziy asab tizimiga ovozni uzatilishi, pо‘stloqda uni tahlil qilish mexanizmlari tо‘g‘risida tushuncha hosil qilinadi.
2. Quloqning eshitish darajasini aniqlash uchun sinaluvchi kishi chap qulog‘ini qо‘l bilan berkitib turadi, о‘ng qulog‘iga esa yurib turgan qо‘l soati yoki soat yaqinlashtiriladi. Sinaluvchi kishi soat yurish tovushi eshitilishi bilan uni quloqdan asta-sekinlik bilan uzoqlashtira boshlaydi va eshitilmay qolgan nuqta belgilanib masofa oralig‘i о‘lchanadi. Keyin xuddi shunday yо‘l bilan chap quloqning eshitish masofasi aniqlanadi.
Talabalar shu usulda bir-birlarining eshitish masofasini aniqlaydilar va daftarlariga yozib qо‘yishadi. Tajribada quloqning eshitish darajasi hammada har xil ekanligi kо‘rsatiladi.
16-ish. Teri retseptorlarining tuzilishi va bajaradigan vazifasini о‘rganish