talab qilingan ma’lumotlarni topadi va uni foydalanuvchiga uzatadi.
Ma’lumotlarga so’rov berish va natijani olish jarayoni berilganlar bazasiga so’rov
berish deb aytiladi. Xuddi shundan, SQL nomi, ya’ni strukturlangan so’rovlar tili
degan nomlanish kelib chiqqan.
Lekin bu nom umuman reallikni to’liq in’ikosi emas. Birinchidan,
bugungi
kunga kelib, SQL oddiy so’rovlar tuzuvchi instrument bo’lib qolmasdan,
balki
ma’lumotlar tuzilmasini yaratish, ulardagi ma’lumotlarni o’zgartirish,
ma’lumotlarni ximoyalash kabi qator imkoniyatlarga xam egadir.
SHunga
qaramasdan, ma’lumotlarni o’qish xozirda xam SQL ni muxim bir funktsiyasi
xisoblanadi. Xozirda bu til MBBT foydalanuvchilariga
taqdim etayotgan barcha
funktsional imkoniyatlari qo’llanilmoqda. Bu imkoniyatlar quyidagilardir:
1. Ma’lumotlar strukturasini tuzish. SQL foydalanuvchilarga ma’lumotlar
strukturasini tuzish, o’zgartirish xamda berilganlar bazasi elementlari o’rtasida
aloqalarni o’rnatish imkoniyatini beradi.
2. Ma’lumotlarni o’qish. SQL foydalanuvchi yoki dasturga berilganlar
bazasida saqlanuvchi ma’lumotlarni o’qish va ulardan foydalanish imkonini beradi.
3. Ma’lumotlarni qayta ishlash. SQL foydalanuvchiga
yoki dasturga
berilganlar bazasini o’zgartirish, ya’ni unga yangi ma’lumotlar qo’shish, mavjud
ma’lumotlarni o’zgartirish va o’chirish imkonini beradi.
4. Berilganlar bazasini ximoyalash. SQL yordamida ma’lumotlar bazasi
foydalanuvchilarini undagi ma’lumotlarni o’qish va o’zgartirish imkoniyatlarini
chegaralab qo’yish mumkin. Bu orqali ruxsat berilmagan
foydalanuvchilardan
axborotlar ximoyalanadi.
5. Ma’lumotlardan birgalikda foydalanish. SQL ma’lumotlardan birgalikda
foydalanishni koordinatsiya qiladi, bu esa paralel ishlayotgan foydalanuvchilar bir-
birlariga xalaqit bermasdan berilganlar bazasidagi ma’lumotlardan foydalanishlari
imkonini beradi.
6. Ma’lumotlar yaxlitligini ta’minlash. SQL berilganlar
bazasini yaxlitligini
ta’minlashga imkon beradi va unda noo’rin o’zgartirishlar qilishni oldini oladi.
Demak , SQL MBBT bilan o’zaro aloqa qiluvchi yetarlicha kuchli tildir .
Ikkinchidan, SQL berilganlar bazasini boshqarish uchun mo’ljallangan bo’lib,
unda o’ttizdan ortiq operatorlar aniqlangan. SQL operatorlarni tuzish bo’yicha
qator maxsus qoidalarga egadir.
SQL - bu yetarlicha kuchli va shu bilan birgalikda o’rganish uchun oson
bo’lgan tildir.
Dostları ilə paylaş: