14-Ma’ruza: sql tili, uning mbbtdagi roli va imkoniyatlari sql tili standartlari. Reja



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix03.02.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#82593
1   2   3   4   5   6
14-maruza

SQL tili standartlari 
SQL tilining rasmiy standarti Amerika milliy standartlar instituti (American 
National Standarts Institute-ANSI) va standartlar bo’yicha xalqaro tashkilot 
(International Standards Organization - ISO) tomonidan 1986 yilda e’lon qilindi va 
1992 yilda sezilarli darajada kengaytirildi. Bundan tashqari SQL AQSH ning 
axborotlarni qayta ishlash bo’yicha federal standarti (FIPS-Federal Information 
Processing Standard) bo’lib xisoblanadi va shu asosida xisoblash texnikasiga 
bog’liq katta davlat shartnomalarida asosiy talabni tashkil etadi. Yevropadagi 
UNIX operatsion sistemasi asosida dasturlash muxitining standarti bo’lgan 


XOPEN o’ziga SQLni berilganlar bazasiga murojaat qilish standarti sifatida 
biriktirgan. 
SQLni IBM kompaniyasi tomonidan qo’llab quvvatlanishi 
SQL IBM kompaniyasining ilmiy xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan 
bo’lib, xozirda uning dasturiy ta’minot paketlarida keng ko’llanilmoqda. IBM 
kompaniyasining barcha asosiy kompyuterlar oilasi SQL ni qo’llab quvvatlaydi: 
masalan, shaxsiy kompyuterlar uchun PS2 sistemasi, UNIX bazasidagi o’rta 
darajadagi AS400 sistemasi RS6000 sistemasi xamda katta EXMlar uchun MVS 
va VM operatsion sistemalari barchasi SQL tilini qo’llab quvvatlaydi. 
ODVS protokoli va Microsoft kompaniyasi 
Microsoft kompaniyasi SQLni o’zining Windows operatsion sistemasida 
berilganlar bazasi bilan ishlovchi muxim qismi sifatida qaraydi. Bu kompaniya 
tomonidan berilganlar bazasi bilan ishlash standarti ODVS (Open Database 
Connectivity - ochiq berilganlar bazasi bilan o’zaro aloqa qilish) ishlab chiqilgan. 
ODVS protokoli Windowsni nisbatan keng tarqalgan dasturlarini (elektron 
jadvallar, tekstli protsessorlar, berilganlar bazasi va b.sh.) qo’llab quvvatlaydi. 
SHuningdek ODVS barcha ilg’or relyatsion berilganlar bazalarini ximoya qiladi.
Relyatsion asos 
SQL relyatsion berilganlar bazasi tili xisoblanadi, shuning uchun u 
berilganlarni ifodalashning relyatsion modeli ommalashuvi bilan rivojlandi. 
Relyatsion berilganlar bazasining jadvalli strukturasi foydalanuvchilarga intiutiv 
tarzda tushunarli bo’lganligi sababli SQL tili o’rganish uchun oson va soddadir. 
Relyatsion model chuqur fundamental asosga ega bo’lib relyatsion berilganlar 
bazasining evolyutsiyasining va realizatsiyasining asosini tashkil etadi. Relyatsion 
modelning muvofaqqiyatlari keltirib chiqargan ommalashuv to’lqini SQL ni 
relyatsion berilganlar bazasi uchun yagona til bo’lishini ta’minladi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin