14-Ma’ruza: SQL tili, uning MBBTdagi roli va imkoniyatlari. SQL tili
standartlari.
Reja:
1. SQL tili.
2. SQLning MBBTdagi roli va imkoniyatlari.
3. SQL tili standartlari.
Annotatsiya: SQL tili, SQLning
MBBTdagi roli va imkoniyatlari, SQL tili
standartlari haqida ma’lumotlar berish, amaliy malaka-ko’nikmalarini rivojlantirish
va mustahkamlash.
SQL - kompyuter berilganlar bazasida saqlanuvchi ma’lumotlarni
qayta
ishlash va o’qish uchun muljallangan instrumentdir. SQL – bu strukturlashgan
so’rovlar tilining (Structured Query Language) qisqartirilgan nomlanishidir. SQL
abbreviaturasi odatda “sikvel” deb o’qiladi. Ba’zi xollarda, “ESKYUEL” talaffuzi
xam SQL abbreviaturasini o’qishda ishlatiladi. Nomlanishidan ko’rinib
turibdiki,
SQL foydalanuvchining berilganlar bazasi bilan o’zaro aloqasini tashkil etish
uchun qo’llaniluvchi dasturlashtirish tilidir. Xaqiqatda
esa SQL faqat relyatsion
deb nomlanuvchi bir turdagi berilganlar bazasi bilan ishlaydi.
SQL ni ishlash sxemasi tasvirlangan.
Bu sxemaga muvofiq xisoblash sistemasi muxim ma’lumotlar saqlanuvchi
berilganlar bazasiga ega bo’ladi. Agarda xisoblash sistemasi biznes doiraga
tegishli
bo’lsa berilganlar bazasida moddiy boyliklar, ishlab
chiqariladigan maxsulotlar,
sotish xajmi va ish xaqlari xaqidagi axborotlar saqlanadi.
Shaxsiy kompyuterdagi berilganlar bazasida cheklar,
telefonlar va adreslar
yoki nisbatan kattaroq bo’lgan xisoblash sistemalarining ma’lumotlari saqlanishi
mumkin. Berilganlar bazasini boshqaruvchi kompyuter dasturi berilganlar bazasini
boshqaruv sistemasi yoki MBBT deyiladi.
Agarda foydalanuvchi berilganlar bazasidan ma’lumotlarni o’qimoqchi
bo’lsa, u buni MBBT dan SQL yordamida so’raydi. MBBT so’rovga ishlov beradi,