Mavzu: SQL tiliga kirish Ma'lumotlar bazasi SQL tiliga kirish SQL (inglizcha Structured Query Language - "strukturalangan so'rovlar tili") - ma'lumotlarning relyatsion modelini yaratish natijasida paydo bo'lgan, relyatsion ma'lumotlar bazalarida ma'lumotlarni yaratish, o'zgartirish va boshqarish uchun ishlatiladigan universal kompyuter axborot-mantiqiy tili
SQL tiliga kirish SQL tili dastlab ma'lumotlar bazasida mavjud bo'lgan ma'lumotlarni olish va taqdim etish vositasi sifatida ishlab chiqilgan edi. Bugungi kundan uning vazifalari ancha ko'p hisoblanadi. Ma'lumotlarni tanlab olish hali ham SQL-ning eng muhim funksiyalaridan biri bo'lishiga qaramay, hozirda ushbu til ma'lumotlar bazasini boshqarish uchun zarur bo'lgan barcha funksiyalarni amalga oshirish uchun ishlatiladi.
SQL tili shakllari SQL strukturalangan so'rovlar tili shakllari
Interaktiv SQL
statik SQL
dinamik SQL
o'rnatilgan SQL
SQL operatorlari Mantiqiy vazifalariga ko'ra SQL operatorlari ko'pincha quyidagi guruhlarga bo'linadi:
ma'lumotlarni aniqlash tili- DDL (Data Definition Language);
- ma'lumotlar manipulyatsiyasi tili DML(Data Manipulation Language).
Data Definition Language) Data Manipulation Language So'rovlarni tayyorlash uchun quyidagilar qo'llaniladi: 1) QBE (Query By Example) - bu namuna bo'yicha so'rovlar uchun til;
2) SQL (Structured Query Language) - strukturalangan so'rovlar tili.
SQL - strukturalangan so'rovlar tili Strukturalangan so'rovlar tili 4 asosiy operatorga asoslangan:
SELECT - jadvallardan yozuvlarni tanlash uchun ishlatiladi;
INSERT - yozuvlarni jadvalga qo'shish uchun ishlatiladi;
UPDATE - jadval yozuvlarini yangilash uchun ishlatiladi;
DELETE- jadvaldagi yozuvlarni o'chirish uchun ishlatiladi.
SELECT operatori SQL-ning asosida tanlash so'rovlarni yaratish uchun ishlatiladigan SELECT ko’rsatmasi hisoblanadi.
Ko’rsatma sintaksisi:
SELECT [ALL │ DISTINCT │DISTINCTROW] tanlash_ruyxati
FROM Jadval_nomlari
[WHERE qidiruv mezonlari]
[GROUP BY ustun nomi, ustun nomi, ...]
[HAVING qidiruv shartlari]
[ORDER BY tartiblash mezoni [ASC│DESC]];
SELECT [maxsulot nomi], narxi
FROM maxsulotlar;
http://fayllar.org