14-Ma’ruza: sql tili, uning mbbtdagi roli va imkoniyatlari sql tili standartlari. Reja



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix03.02.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#82593
1   2   3   4   5   6
14-maruza

Berilganlar 
базаси 
Berilganlar bazasi 
boshqaruv
tizimi 
SQL so’rovlari  
Natijalar 
Kompyuter tizimi 


talab qilingan ma’lumotlarni topadi va uni foydalanuvchiga uzatadi. 
Ma’lumotlarga so’rov berish va natijani olish jarayoni berilganlar bazasiga so’rov 
berish deb aytiladi. Xuddi shundan, SQL nomi, ya’ni strukturlangan so’rovlar tili 
degan nomlanish kelib chiqqan. 
Lekin bu nom umuman reallikni to’liq in’ikosi emas. Birinchidan, bugungi 
kunga kelib, SQL oddiy so’rovlar tuzuvchi instrument bo’lib qolmasdan, balki 
ma’lumotlar tuzilmasini yaratish, ulardagi ma’lumotlarni o’zgartirish, 
ma’lumotlarni ximoyalash kabi qator imkoniyatlarga xam egadir. SHunga 
qaramasdan, ma’lumotlarni o’qish xozirda xam SQL ni muxim bir funktsiyasi 
xisoblanadi. Xozirda bu til MBBT foydalanuvchilariga taqdim etayotgan barcha 
funktsional imkoniyatlari qo’llanilmoqda. Bu imkoniyatlar quyidagilardir:
1. Ma’lumotlar strukturasini tuzish. SQL foydalanuvchilarga ma’lumotlar 
strukturasini tuzish, o’zgartirish xamda berilganlar bazasi elementlari o’rtasida 
aloqalarni o’rnatish imkoniyatini beradi.
2. Ma’lumotlarni o’qish. SQL foydalanuvchi yoki dasturga berilganlar 
bazasida saqlanuvchi ma’lumotlarni o’qish va ulardan foydalanish imkonini beradi. 
3. Ma’lumotlarni qayta ishlash. SQL foydalanuvchiga yoki dasturga 
berilganlar bazasini o’zgartirish, ya’ni unga yangi ma’lumotlar qo’shish, mavjud 
ma’lumotlarni o’zgartirish va o’chirish imkonini beradi. 
4. Berilganlar bazasini ximoyalash. SQL yordamida ma’lumotlar bazasi 
foydalanuvchilarini undagi ma’lumotlarni o’qish va o’zgartirish imkoniyatlarini 
chegaralab qo’yish mumkin. Bu orqali ruxsat berilmagan foydalanuvchilardan 
axborotlar ximoyalanadi.
5. Ma’lumotlardan birgalikda foydalanish. SQL ma’lumotlardan birgalikda 
foydalanishni koordinatsiya qiladi, bu esa paralel ishlayotgan foydalanuvchilar bir-
birlariga xalaqit bermasdan berilganlar bazasidagi ma’lumotlardan foydalanishlari 
imkonini beradi. 
6. Ma’lumotlar yaxlitligini ta’minlash. SQL berilganlar bazasini yaxlitligini 
ta’minlashga imkon beradi va unda noo’rin o’zgartirishlar qilishni oldini oladi.
Demak , SQL MBBT bilan o’zaro aloqa qiluvchi yetarlicha kuchli tildir .
Ikkinchidan, SQL berilganlar bazasini boshqarish uchun mo’ljallangan bo’lib, 
unda o’ttizdan ortiq operatorlar aniqlangan. SQL operatorlarni tuzish bo’yicha 
qator maxsus qoidalarga egadir.
SQL - bu yetarlicha kuchli va shu bilan birgalikda o’rganish uchun oson 
bo’lgan tildir. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin