o
Konkret MBBT larini mustaqil ishlashi.
o
Bir xisoblash sistemasidan ikkinchi sistemaga ma’lumotlarni o’tkazish
imkoniyati.
o
qator standartlar .
o
IBM kompaniyasi tomonidan qo’llanilishi
o
Microsoft kompaniyasininig qo’llab-quvvatlashi.
o
Relyatsion asos.
o
Ingliz tilini eslatuvchi yuqori darajali struktura.
o
Maxsus interaktiv so’rovlarni bajarish imkoniyati.
o
Berilganlar bazasiga dastur orqali kirish xuquqi.
o
Berilganlarni turlicha ifodalash imkoniyati.
o
Ma’lumotlarni dinamik aniqlanishi imkoniyati.
o
Klient - server arxitekturasini qo’llab quvvatlashi.
Barcha sanab o’tilgan omillar SQL tilini barcha shaxsiy kompyuterlar, mini-
kompyuterlar va katta EXM larda berilganlarni boshqarishni standart vositasi
bo’lishiga sabab bo’ldi. Kuyida bu faktorlar batafsil tavsiflangan.
Konkret MBBT ga bog’liq bo’lmaslik.
Barcha ilg’or MBBT ishlab chiqaruvchilari SQL dan foydalanishadi. SQLni
ximoya qilmaydigan bironta xam MBBT muvofaqqiyatga erisha olmaydi. SQL
bilan ishlovchi relyatsion berilganlar bazasi va dasturlar kamroq qayta ishlash va
tayyorgarlikdan so’ng bir MBBTdan boshqasiga o’tkazilishi mumkin. SQL
konkret MBBTga bog’liqmasligi, uning keng tarqalishining muxim sabablaridan
biridir.
Bir xisoblash sistemasidan boshqasiga o’tkazuvchanlik
MBBT ishlab chiquvchilar turli xisoblash sistemalari uchun dasturiy maxsulot
taklif qiladilar. SQL yordamida tuzilgan dastur bir foydalanuvchili sistemalar
uchun mo’ljallanib, uning rivojlanishi bilan nisbatan kattaroq sistemaga
o’tkazilishi mumkin. Umuman olganda, relyatsion berilganlar bazasi uchun
dasturlarni dastlab arzonroq bir foydalanuvchili sistemalarda qurib, keyinchalik
ko’p foydalanuvchili sistemalarga o’tkazish talab qilinishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: