foydalanuvchilar o’rtasida aloqa tashkil etiladi. 1.2.
- rasmda tipik MBBT ni
tuzilishi sxemasi tasvirlangan bo’lib uning komponentlari SQL yordamida bir
butunlikni tashkil etadi.
MBBT ning yadrosi uning yuragi xisoblanadi.
U berilganlarni jismoniy
strukturalash va diskka yozish amallarini bajaradi. Bundan tashqari u MBBTning
boshqa komponentlarining SQL so’rovlarini qabul qiladi. (Forma generatori,
xisobotlar generatori yoki interaktiv so’rovlarni
tashkil qiluvchi modul,
foydalanuvchi dasturi va boshqa xisoblash sistemalari bilan aloqalarni tashkil
etadi.)
Rasmdan ko’rinib turibdiki, SQL turli funktsiyalarni bajaradi.
SQL – interaktiv so’rovlar tili. Foydalanuvchilar SQL komandalari asosida
ishlovchi ma’lumotlarni o’qish va ularni ekranga chiqarishga mo’ljallangan
interaktiv dastur orqali berilganlar bazasi ma’lumotlaridan foydalanadilar.
Bu esa
maxsus so’rovlarning xosil qilishning qulay usulidir.
SQL – berilganlar bazasini dasturlash tili. Berilganlar bazasi bilan ishlashda
dasturchilar o’zlarining dasturlarida SQL komandalaridan foydalanadilar. Bu uslub
foydalanuvchi tomonidan yozilgan dasturda qo’llanilganidek berilganlar
bazasining xizmatchi dasturlarida xam ishlatiladi.
SQL - berilganlar bazasida administratorlik qilish tilidir.
Berilganlar
bazasining administratori SQL tilidan berilganlar bazasi strukturasini aniqlashda va
ulardan foydalanish xuquqini boshqarishda foydalanadi.
SQL – klient-server texnologiyasi asosida dasturlarni tuzish tilidir. SHaxsiy
kompyuterlar uchun tuzilgan dasturlarda SQL tili lokal to’r orqali berilganlar
bazasi serveri bilan aloqani tashkil etish uchun qo’llaniladi. Ko’pgina
yangi
dasturlarda klient-server arxitekturasi tarmok trafigidan minumim darajada
foydalanish xamda shaxsiy kompyuterlar singari berilganlar
bazasi serverlari
tezligini oshirish uchun ishlatiladi.
SQL-taqsimlangan berilganlar bazasi tili. Taqsimlangan berilganlar bazasi
sistemalarini boshqarishda SQL bir necha o’zaro
aloqa qiluvchi xisoblash
sistemalari o’rtasida ma’lumotlarni taqsimlashga yordam beradi. Xar bir
sistemaning dasturiy ta’minoti SQL dan foydalanib boshqa sistemalar bilan aloqa
qiladi, ularga so’rovlar uzatadi.
SQL-berilganlar bazasida shlyuzlar o’rnatish imkonini beruvchi tildir.
Xisoblash tarmoqlarida SQL dan bir MBBTidan
boshqa turdagi MBBT bilan
bog’lash uchun foydalanadilar.
Dostları ilə paylaş: