14-mavzu: Amir Temur va temuriylar davrida milliy ma’naviyatimizning qayta uyg‘onishi va yuksalishi


Mamlakatimiz, madaniyatimiz va ma'naviyatimiz tarixining eng qudratli, sifat jihatdan yangi davri



Yüklə 44,5 Kb.
səhifə3/15
tarix22.05.2023
ölçüsü44,5 Kb.
#119987
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
14-mavzu Amir Temur va temuriylar davrida milliy ma’naviyatimiz

Mamlakatimiz, madaniyatimiz va ma'naviyatimiz tarixining eng qudratli, sifat jihatdan yangi davri Temur va temuriylar hukmronligiga to'g'ri keladi:

  • iqtisodiyot, madaniyat, ma'naviyat yana qayta yuksalishi, ijtimoiy aloqalarning mustahkamlanishi turli qabila-urug'lar, qavmlar, elatlar o'rtasidagi mushtaraklikni kuchaytirdi;

  • turli qabila-urug'lar, qavmlar, elatlarning milliy jipslashishini tezlashtirdi;

  • eski o'zbek adabiy tili shakllana boshladi. U Taroz va Yassadan to Hirotgacha fors tili bilan bir qatorda umumiy aloqa va ijod vositasiga aylandi;

  • Milliy ong, tafakkur, milliy adabiyot va san'at, ilm-fan rivojida kishilarning qaror topayotgan yangi tarixiy birligi ehtiyojlari o'z aksini topdi.

Biz bejiz bu davrdagi O'rta Osiyo o'troq turkiy xalqi tilini eski o'zbek tili, Sakkokiy, Atoiy, Gadoiy, Lutfiy, Navoiy, Bobur ijodini mumtoz o'zbek adabiyoti deb atamaymiz. Bugungi mumtoz o'zbek adabiyoti, san'ati, ma'naviy madaniyatining oyoqqa turishi va rivojlanishida Temur va temuriylar davri hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi.
Mo'g'ullardan hokimiyat Temurga va temuriylarga o'tgandan so'ng ma'naviy hayotda haqiqiy uyg'onish davri boshlandi. Madaniyat, ma'rifat, hunarmandchilik, savdo-sotiq gullab yashnadi, shaharlar va qishloqlarda obodonchilik keng ko'lamda olib borildi. Ariqlar, kanallar qazildi. Yangi yerlar o'zlashtirildi, bog'lar barpo etildi. Karvonsaroylar, madrasalar, hammomlar, bozorlar, rastalar, saroylar, hashamatli imoratlar, suv quvurlari barpo etildi. Temur bu ishlarni faqat ota yurtidagina emas, zabt etilgan mamlakatlarda ham amalga oshirdi.
Yirik saltanatga birlashgan xalqlar, ularning madaniyatlari o'rtasida muloqot kuchaydi. Turli xalqlar madaniyatlari bir-birlaridan o'rgandilar, bir-birlarini boyitdilar. Saltanat garchi harbiy yurishlar natijasida tuzilgan bo'lsa-da, uning ichki boshqaruvida zo'ravonlik qo'llanilmas, balki Amir Temurning «Kuch – adolatda» tamoyili asosida ish yuritilar edi. Amir Temur davlatida milliy madaniyatlarning o'zaro ta'siri va bir-birini boyitishi aslo zo'ravonlik natijasi emas, balki buyuk bunyodkorlik, xalqlarning o'zaro yaqinlashuvi, hamkorligi natijasidir. Shu bois, biz yuqorida keltirib o'tganimizdek, akademik N. I. Konrad Amir Temurni Chingizxonga emas, balki Aleksandr Makedonskiyga va Kanishkaga qiyoslaydi, ularning davomchisi deb hisoblaydi.
Temur davridagi allomalar haqida gapirganda, avvalo, uning xos, yaqin kishilaridan bo'lgan mavlono Abdulmalikni eslash kerak. U Burhoniddin Marg'inoniyning avlodlaridan biridir. Abdumalik mudarrislik qilgan, she'rlar yozgan. Turkiy, arab va fors tillarini, turli ilmlarni mukammal egallagan shaxs bo'lgan. U Temurning arab olimlari va fozilu ulamolari bilan suhbatlarida, bahslarida tarjimonlik qilgan. Temur bilan suhbat qurgan, bir qancha muddat uning qarorgohida yashagan buyuk alloma Ibn Xaldun va boshqa allomalar o'z xotiralarida Abdulmalikka yuksak baho berganlar.

Yüklə 44,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin