14-mavzu: Amir Temur va temuriylar davrida milliy ma’naviyatimizning qayta uyg‘onishi va yuksalishi



Yüklə 44,5 Kb.
səhifə2/15
tarix22.05.2023
ölçüsü44,5 Kb.
#119987
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
14-mavzu Amir Temur va temuriylar davrida milliy ma’naviyatimiz

Yangi avlod mo'g'ullarga xizmat qilishi jarayonida ularning harbiy-tashkiliy qoidalari va jang usullarini o'zlashtirib oldi. Endi ozodlik bayrog'ini ko'tarib, yurt o'g'lonlarini birlashtiradigan shaxs kerak edi. Bunday shaxs bo'lish Shahrisabz hokimi amir Muhammad Tarag'ay o'g'li Temurbek zimmasiga tushdi.
Amir Temur 1336 yilning 9 aprelida Shahrisabzning Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida tavallud topdi. Temurning yoshlik yillari mamlakat og‘ir ijtimoiy-siyosiy bo’hron iskanjasiga tushib qolgan bir davrda kechdi. Uzoq va mashaqqatli kurashlardan so‘ng Amir Temur o‘z raqiblarini yengib, hokimiyatni qo‘lga kiritdi. Mayda, tarqoq bekliklarni birlashtirib, markazlashgan davlat bunyod etdi, mamlakatda iqtisodiy va madaniy o‘zgarishlar qildi.
Amir Temur o’rta asrlarning davlat arbobi, ilm fan va madaniyat homiysi o’zbek milliy davlatchiligi tarixida alohida o’ringa ega bo’lgan markazlashgan saltanat asoschisidir. Shuni alohida aytib o’tish joizki “Kuch adolatda” shiorini davlat siyosati darajasiga olib chiqdi, va shu bilan birga millatlararo tinchlikni ta’minladi. Saltanat boshqaruvida 4 narsaga kengash mashvaratu maslahat qat’iy qaror tadbirkorlik va hushyorlik. Buni isboti sifatida “Temur tuzuklari” ning kirish qismida “Pirim Zayniddin Abubakr Tayobodiy menga shunday fikr bermishlarkim saltanat boshqaruvida mashvarat va tadbirkorlik bilan ish yuritishni alohida ta’kidlab o’tganligiga” to’xtaladi. Buni biz sohibqironning uzugidagi so’zlarda “Rostiyu-rusti” haqguy bo’lsang najot topasan degan adolatparvar so’zlaridan ham anglashimiz darkor.O’lkan saltanatni hozirgi davrdagi 27 davlatni markazlashtirgan millatlar xalqlar o’rtasida saltanatda Amir Temur ta’biri bilan aytganda “saltanatimning u chetidan bu chetigacha biror bolakay boshida bir lagan tilla kshtarib o’tadigan bo’lsa, bir donasiga ham zarar yetmaydigan tartib intizom o’rnatdim” –deya qayd etib o’tadi. Amir Temur 7 yoshida madrasaga borgan va 9 yoshida namoz o’qiy boshlagan. “Etti yoshga to’lganimda meni madrasaga olib borishdi va qo’limga so’zlar jadvalini berishdi. Men o’qiy boshladim va erishgan muvaffaqiyatlarimdan behad xursand bo’ldim. Men 9 yoshga to’lganimdan namoz o’qiy boshladim va madrasadagi barcha talabalardan ustun bo’lib oldim.” Amir Temur o’z davlati uchun bunyodkorlik yaratuvchanlik kabi ezgu g’oyalarni o’ziga dasturul amal qilib oldi.

Yüklə 44,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin