14 mavzu: Globallashuv jarayonida yoshlar ongiga milliy g’oyani singdirish texnologiyalari Reja



Yüklə 40,08 Kb.
səhifə2/2
tarix26.12.2023
ölçüsü40,08 Kb.
#197985
1   2
14-мавзу

2-reja: Globallalshuv sharoitida texnologiyalardan turli-xil maqsadda foydalanish ehtimoli.
Mamlakatdagi ma’naviy, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarlardagi yangilanishlar uchun davlatning bosh islohotchi ekanligi muhim. Milliy g‘oyani davlat homiyligida va nazoratida avvalo ijtimoiy institutlarda, shuningdek, maktab ta’limi bilan bog‘liq ravishda targ‘ib qilishga qirishildi. Buning mohiyati yosh avlodni bugun, ayniqsa globallashuv va axborotlar xuruji oshayotgan paytda aniq maqsadga qaratilgan, millatparvar sifatida tarbiyalash, har qanday g‘oya va mafkuralarga “ongsizlarcha”taqlidiy ergashish dardidan xalos qilishdagi asosiy rolni bajarishi bilan belgilanadi.
XXI asr boshlariga kelib, dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir shu qadar kuchayib ketdiki, bu jarayondan to‘la ihotalanib olgan birorta ham davlat yo‘q, to‘la ishonch bilan aytish mumkin. Hattoki, xalqaro tashkilotlardan uzoqroq turishga intilayotgan, ularga a’zo bo‘lishni istamayotgan mamlakatlar ham bu jarayonki, undan chetda turaman, degan mamlakatlar ham bu jarayondan mutlaqo chetda emas. Globallashuv shunday jarayonki, undan chetda turaman degan mamlakatlar ham, uning ta’siriga tushib qolishi mumkin. Bunday g‘ayri ixtiyoriy ta’sir mamlakatlar va xalqlar hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelmoqda.
Globallashuvning turli mamlakatlarga o‘tkazayotgan ta’siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, ma’naviyat salohiyatlari va siyosati bilan bog‘liq. Dunyoda yuz berayotgan jarayonlarning har bir mamlakatga o‘tkazayotgan salbiy ta’sirini kamaytirish va ijobiy ta’sirini kuchaytirish uchun shu hodisaning mohiyatini chuqurroq anglash, uning xususiyatlarini o‘rganish lozim. Bu hodisani chuqur o‘rganmasdan turib, unga moslashish, kerak bo‘lganda, uning yo‘nalishini tegishli tarzda o‘zgartirish mumkin emas. Globallashuv yana shunday jarayonki, uni chuqur o‘rganmaslik, undan foydalanish strategiyasi, taktikasi va texnologiyasini ishlab chiqmaslik mamlakat iqtisodi va madaniyati, ma’naviyatini shiddatli selning kuchiga boshqaruvchisiz qayiqni topshirish bilan barobardir. Jamiyatning ma’naviy yangilanishi bevosita an’anaviy negizlarini asos qilib olgan holda, zamonaviylikni targ‘ib qilish va uni qabul qilish uning mohiyatini keng ommaga yetkazib berish bugun globallashuv jarayonlari avjiga mingan zamonda alohida ahamiyat kasb etadi. Avvalo, bu jarayonda har bir axborot va ma’lumotlarni yetarli asoslab berishga qaratilishi jarayonni bir yo‘nalishda rivojlanishini ta’minlaydi. Turli ta’sirlarga moyil va qiziquvchan xususiyatga ega va hali hayotning “achchiq” tajribalaridan bexabar yoshlarni chidamli, o‘z fikriga va dunyoqarashiga ega qilib tarbiyalash milliy g‘oya targ‘ibotining asosiy vazifalaridan biridir. Aynan yosh avlodimizni milliy g‘oyani asrovchilari va keyingi avlodga yetkazuvchi ekanliklari bu jarayonni nechog‘lik muhim ekanligini yana bir bor isbotlab beradi. “Tabiiyki”, -deb yozadi Prezident I.A.Karimov “ommaviy madaniyat” degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zo‘ravonlik, indivudalizm, egotsentrizm g‘oyalarini tarqatish, kerak bo‘lsa, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo‘porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo‘ymaydi”.[30]
Mustaqillik yillarida mamlakatimiz olimlari o‘tkazgan va o‘tkazayotgan tahlili bu sohada ishlar endigina boshlanganidan dalolat beradi. Globallashuv milliy ma’naviyatga ham ta’sirini o‘tkazadi. Uning ta’siri kirib kelgan jamiyatning barcha sohalari tez bo‘lmasada, ammo asta sekinlik bilan bo‘lsada, o‘z “iz”larini qoldiradi. Bunday turdagi “ta’sirlar”ga eng beriluvchan, uni oldida hali zaifroq bo‘lgan kuch bu yoshlar hisoblanadi. Shulardan kelib chiqqan holda, goloballashuv jarayonida turli g‘oya va mafkuralarni aynan yoshlar orqali “ko‘prik” sifatida foydalanishlariga yo‘l qo‘ymasliklari uchun, millatparvar, xalqchil, umuminsoniy tamoyillarga asoslangan milliy g‘oya asosida qurollantirish bugun ushbu masalaning qanchalik muhimlik darajasini belgilab beradi. Mamlakatimizning jahon maydonida olib borayotgan siyosati qo‘proq samara va muvaffaqiyat keltirishini istasak va eng avvalo yosh avlodni kelajakda davlatimizni tayanchi sifatida tarbiyalashga qaratilgan ishlarni kuchaytirishimiz, globallashuvning mohiyati, yo‘nalishlari, xususiyatlarini chuqurroq tadqiq va tahlil qilish zarur. Aynan shu jarayonni chuqurroq tahlil etish orqali siyosatchilar uchun to‘g‘ri yo‘l tanlashi va qarorlar qabul qilinishi uchun imkoniyat yaratilishi mumkin.
Globallashuv-turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma’naviyati odamlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va bog‘liqlikning kuchayishidir.
Globallashuvga va uning jamiyat hayotiga ta’siri doirasi to‘g‘risidagi fikrlar xilma–xil berilgan ta’riflar dunyoda ko‘plab topiladi. Bu globallashuvning turli ko‘rinishlarida kirib kelishi va sodir bo‘lishi bilan bir qatorda uning “ta’sir” kuchini turli tumanligini ko‘rsatib beradi. Lekin uning xususiyatlarini to‘laroq qamrab olgani, bizningcha, fransuz tadqiqotchisi B.Bandi bergan ta’rifdir. Unda globallashuv jarayoning uch o‘lchoviga alohida e’tibor beriladi:
Globallashuv-mutassil davom etadigan tarixiy jarayon;
Globallashuv-jahonning gomogenlashuvi va universallashuvi jarayoni;
Globallashuv-milliy chegaralarning “yuvilib ketish” jarayonidir.
Davlatlar va xalqlar o‘rtasida bunday munosabatlar tizimi mavjud ekan, avvalo bu o‘rinda tug‘ilishi va kutilishi mumkin xavflarni alohida ta’kidlashimiz kerak. Jamiyatning taraqqiyotiga jiddiy zarar keltiruvchi, ko‘rinishi va tuzilishi jihatidan “muloyimlik va xushxulq” sifatida ko‘ringan ta’sirlar jamiyatning barcha qatlamini o‘ziga rom etadi va bundan dunyo tajribasi bo‘yicha yoshlar ko‘proq zarar ko‘radilar. Bunga XX asrning boshlarida Yaponiyada ishlab chiqilgan va dunyo mamlakatlari yoshlarini irodasidan mahrum qilib, zombi-ya’ni, manqurtlarga aylantirishga xizmat qiladigan “AUM Senrikyo” diniy oqimining harakatlari misol bo‘la oladi.
Yoshlarning ijtimoiy faolligini shakllantirish va yo‘naltirish uchun birinchi navbatda, ularda quyidagi xususiyatlarni shakllantirish kerak:
Axborotni qabul qilish va tahliliy fikrlash.
Har qanday jarayonda qatnashuvchi shaxs analitik fikrlashga ega bo‘lishi kerak. Voqea-hodisa haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lishi, jarayonning borishini tahlil qilish hamda natijaviy ko‘rinishini aniq tasavvur qila olishi kerak. Bundan tashqari, tahlillarga tayangan tarzda ma’lumotlar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni aniqlay olishi hamda differensiyalashi lozim.
Shaxslararo munosabatlarni tashkil qilish malakalari.
Shaxs uchun eng muhim holatlardan biri-kommunikativlikdir. Chunki shaxslararo munosabatda-shaxsning kirishimligi, bemalol aloqa o‘rnata olishi muhim ahamiyatga egadir.
Motivatsiya, tashabbus va faoliyatni tashkil eta bilish.
Ijtimoiy jamoada shaxs doimo tashabbus ko‘rsatish va bunga yarasha intilishga ega bo‘lishi kerak. Buning uchun shaxs yetarli bilimga ega bo‘lishi bilan birga, o‘z taktika va strategiyasini tashkil eta olishi kerak.
Nutqning rivojlanganligi.
Shaxsda ijtimoiy aloqalarni yaxshi tashkil eta olishi uchun nutq har tomonlama rivojlangan bo‘lishi kerak. Ayniqsa “og‘zaki” yoki “gaplashuv”, “yozma” nutqni boyitish ustida tinimsiz ishlash kerak.
Mustaqil fikrlash.
Jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lish uchun shaxsdan mustaqil fikrlash kuchli talab etiladi. Bundan tashqari mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega shaxslar doimo ijtimoiy guruhda o‘ziga xos mavqeiga ega bo‘lishadi.
Mustaqil qaror qabul qilish.
Shaxsdan har qanday jarayonda birinchi navbatda, mustaqil fikr yuritish talab etiladi.
Ma’suliyatni o‘z zimmasiga olish.
Shaxsda ma’suliyatni o‘z zimmasiga olish shakllangan bo‘lishi kerak. Hozir paytda shaxsning siyosiy faolligini boshqarish XXI asrdagi eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib, bu esa siyosiy jarayonlarda inson omilining oshishi bilan izohlanadi. Insonda liderlikka erishish, muvaffaqiyatga intilish, o‘z atrofidagilarga tan oldirish kabi shaxsiy sifatlar siyosiy jarayonlarning borishiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatishi tabiiydir.
Yoshlarni yot ta’sirlardan asrash, ularning turli oqimlar domiga tushib qolmasligi uchun, avvalo milliy g‘oya va uning keng tarzdagi targ‘ibot va tashvivot ishlarini tashkil qilish lozim. Yoshlarning orasida milliy g‘oya targ‘iboti ishlarini tashkil etishning samarali usullaridan biri uni ta’lim tizimi bilan birgalikda amalga oshirish hisoblandi. Chunki bolaning jamiyat hayotidan voqif bo‘lishi avvalo, maktablardan boshlanadi. Shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida, turli mavzularga bolalarni qiziqtirish, shu mavzuga nisbatan ularni fikrlarini ochiq ravishda bildira olishlari bilan tashviqot ishlarini amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Bunday zamonaviy interfaol usullardan keng qo‘llanilayotganlaridan biri “Ajurli arra” bo‘lib, bunda bir mavzuga nisbatan ikki guruhning turlicha erkin fikri bildiriladi va aynan to‘g‘ri deb beligilangan javobning aniq isboti beriladi. Bunda avvalo, mavzuning mohiyati to‘la ravishda ochiladi va guruhning barcha a’zosi to‘la ishtiroki ta’minlanadi. Yana shunday usullardan biri-“Klaster” usuli avvalo munoazara usuli asosida mavzuning tahlili tushuniladi va u milliy g‘oyaning xususiyatlariga to‘la mos keladi, chunki, milliy g‘oyaning o‘zi fikrlar xilma-xilligiga asoslanadi.
Globalizatsiyaning salbiy ta’sirlari davlatning miliy statusini xavf ostiga qo‘ymoqda, qadriyatlar va an’anaviy madaniyatlarni buzmoqda, hatto oila hayotiga, insonning shaxsiy hayotiga ham kirib kelmoqda.
Yoshlarda axborot xavfsizligini ta’minlovchi omillarga quyidagilar kiradi:
Ta’lim va tarbiyaning davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi;
Mehnat bozorini kadrlar bilan ta’minlashdagi davlat siyosati;
Davlat boshqaruvida yoshlar ishtirokini keng ta’minlanishi;
Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyati yoshlar muammosini bartaraf etishga qaratilganligini kiritish mumkin.
Yoshlarga tegishli muammolarni bosqichma-bosqich hal etilishi, mehnatni taqsimlash mahsulot ishlab chiqarish, mehnat bozorini yengillashtirish muammolarining birin-ketin bartaraf etish natijasida yoshlarning siyosiy va ijtimoiy faolligi oshmoqda.
Globalizatsiya sharoitida axborot xurujiga qarshi kurashishda, uni bartaraf etishda ta’lim-tarbiya jarayonining omil sifatida o‘rni beqiyos bo‘lib, asosiy vositalardan biri sifatida namoyon bo‘ladi:
- yoshlarning onggi, tafakkuri, dunyoqarashi shakllanadi hamda shaxsi voyaga yetkaziladi;
- yoshlarga Vatan tuyg‘usi, mehr-oqibat, tarixiy xotira, ma’naviyat va ma’rifat singdiriladi;
- yoshlarda xavf-xatarga qarshi kurashish sezgilari va ko‘nikmalari shakllantiriladi.
Istiqlolning saqlovchilari deb baholanayotgan yosh avlodning tarbiyasi, ularning ma’naviy salohiyatini yanada oshirish bugun davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Zamonaviy bilimlar bilan bir qatorda, mustaqilligimizning asrovchi ma’naviy dastur vazifasini bajaruvchi milliy g‘oyani avvalo bilish, uning targ‘ibotida barchaning ma’sulligini ta’minlash-davrning ustuvor maqsadlaridan biri hisoblanadi. Bir jamiyatda uning manfaatlari uchun xizmat qiladigan g‘oyaning yo‘qligi shu davlatning boshqaga qaramligining bosh omili bo‘lsa, g‘oya bo‘lsada, ammo uning atrofida hech kim birlashmasa, bu jamiyat undanda ko‘proq qaramlikka va “katta og‘a”lar mulozamatiga mubtalodir. O‘zbekiston deb atalgan davlatning manfaatlarini o‘zida mujassam etgan milliy g‘oyani ta’sir doirasini aynan yoshlar orasida oshirishning asosiy omillaridan biri bugun “sovuq urush”lar ta’siri kamayishi bilan paydo bo‘layotgan “mafkura poligon”laridan himoyalanish orqali millat hamjihatligiga va taraqqiyotiga erishish bilan bog‘liqdir. Bunday kurash maydonida Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, - “G‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin”
Yüklə 40,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin