14-mavzu: islom qadriyatlari reja


Tasavvuf ta’limoti mohiyati



Yüklə 226,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix05.06.2023
ölçüsü226,54 Kb.
#125133
1   2   3   4
14-Mavzu Seminar

Tasavvuf ta’limoti mohiyati. Tasavvuf – islomdagi mistik¬asketik 
oqimdir. Mistitsizm, mistika so’zlari qadimiy yunon tilidagi mystikos – «yashirin», 
«sirli» so’zidan olingan bo’lib, ilohiyat bilan bevosita muloqot qilish mumkinligi 
haqidagi ta’limot. Bu ta’limot insonning Xudo bilan aql va hissiyotdan yuqori 
bo’lgan sirli aloqasi bo’lib, uning natijasida insonda Xudoni bilish hosil bo’ladi. 
Qadimiy SHarq va yunon dinlarida ham insonni g’ayritabiiy kuchlar bilan 
bog’laydigan urf-odatlar (misteriyalar) – mistitsizm elementlari bor edi. 
YAkkaxudolik dinlarining barchasida mistitsizmga xos unsurlar mavjud. Hayotning 
barcha sohalari diniy e’tiqod bilan bog’liq bo’lgan o’rta asrlarda uning roli katta 
bo’ldi. 
Tasavvuf, sufiy yoki mutasavvif so’zlarining kelib chiqishi haqida 
turlicha fikrlar mavjud. Sufiylik mualliflari ko’pincha uning kelib chiqishini «svf» 
(«sof bo’lmoq») o’zagidan yoki «ahl as¬suffa» (Payg’ambarning Madinadagi uyi 
yaqinidagi suffaga yig’iluvchi zohid kishilar)ga tegishli deb ta’kidlaydilar. G’arbiy 
yevropa tadqiqotchilari to XX asrga qadar uning kelib chiqishini yunoncha – 
«hikmat» (sophia) so’zidan kelib chiqqan degan fikrga moyil bo’lishgan. Umar 
Farid Kam (1861-1944) «Vahdati vujud» asarida, SHamsiddin Somiy (1850-1905) 
esa «Qomusi turkiy» asarining «tasavvuf» va «sufiy» moddalarida ushbu fikrni 
yoqlaydilar. SHayx Saffet yetkin ham shu nuqtai nazarni himoya qiladi. Ismoil 
Xaqqiy Izmirlik esa bu fikrni rad etib, zohidlik yo’liga suluk solgan kishilarning 


«sufiya» ismi bilan mashhur bo’lishi, yunoncha asarlarning tarjima qilinishi va 
falsafaning musulmonlar orasida tarqalishidan avval sodir bo’lgan, degan dalillarni 
ilgari suradi va «sufiy» so’zining yunon tilidan olinganligiga qarshi chiqadi. 
Endilikda bu so’zning «suf» (jun chopon) so’zidan kelib chiqqanligi haqidagi o’rta 
asr musulmon olimlari ta’kidlagan fikr umumqabul qilingan fikr hisoblanadi. 
CHunki sufiylarning asosiy belgilari ularning dag’al jundan kiyim kiyishlari edi. 
SHimoliy Arabiston va Suriyada xristianlikning turli sektalariga mansub 
jahongashta monax va anaxoretlar «sufiy» deb atalar edi, degan ma’lumotlar ham 
bor. 
Tasavvufga asos bo’lgan tarkidunyochilik kayfiyati deyarli islom bilan 
bir davrda yuzaga keldi. Sufiylikning ilk namoyandalari deb Payg’ambarning 
Abu¬d¬Dardo, Abu Zarr, Huzayfa (vafotlari VII asrning ikkinchi yarmi) kabi 
sahobalari hisoblanadi. Ammo islomdagi mistik-asketik oqimning shakllanishi VIII 
asrning o’rtalari-IX asrning boshlariga tegishli. Bu davrda sufiylar qatoriga 
muhaddislar, qorilar, qussoslar, Vizantiya bilan chegara urushlarida qatnashgan 
jangchilar, kosiblar, tijoratchilar, jumladan, islomni qabul qilgan xristianlar 
kirganlar. Bu davrda sufiy yoki at¬tasavvuf terminlari hali keng tarqalmagan edi: 
uning o’rniga zuhd (tarkidunyochilik) yoki zohid, obid so’zlari ishlatilar edi. 
Islomdagi bu mistik¬asketik oqimning paydo bo’lishi va taraqqiy etishiga 
musulmon jamiyatidagi ilk ikki asr davomidagi siyosiy¬ijtimoiy beqarorlik, diniy 
hayotning murakkabligi, uning natijasida kelib chiqqan ma’naviy-g’oyaviy 
izlanishlar va boshqa dinlarning, xususan, xristianlikning ta’sirini ko’rsatish 
mumkin. 
Ilk davr sufiylari, aniqrog’i, zohid va obidlariga xos xususiyatlar 
quyidagilardan iborat edi: Qur’oni karim oyatlari ustida chuqur fikr yuritish, Qur’on 
va Payg’ambar sunnatlariga qat’iy amal qilish, kechalarini nafl ibodatlar bilan bedor 
o’tkazish, kunduzlari ro’za tutish, hayot lazzatlaridan voz kechish, gunohdan 
saqlanish, hokim va harbiylardan o’zini yiroq tutish, halol va harom orasini juda 
uzoq tutish (vara’), o’zini Olloh ixtiyoriga topshirish (tavakkul) va h.k. 

Yüklə 226,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin