14.2. Korxonalarda segmentar hisobotni tuzish tamoyillari Mamlakatimiz va MDH hisob amaliyotida bunday tajribaning mavjud emasligini hisobga olgan holda, segmentar hisobot tuzishning ba`zi tamoyillarini ko’rib chiqish zarur:
segmentar hisobot aniq manzilli, ishonchli, tushunarli, muhimlik kabi xususiyatlarni o’zida aks ettirishi hamda asosan xarajatlar, daromadlar, mahsulot sotish hajmini hisobga olishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim;
segmentar hisobot ahamiyatli, haqqoniy, xolis taqdim etilgan bo’lishi, izchil va tugallangan bo’lib, javobgarlik markazi ishini yanada yaxshilashga yo’naltirilishi lozim;
tannarx (o’zgaruvchan yoki tqliq) asosidagi “tannarx plyus” tamoyili bo’yicha;
shartnomaviy transfert baholari asosidagi (mahsulot ishlab chiqarish jarag`nida bozor kon`yunkturasi va xarajatlari ta`siri ostida).
Bozor baholarini shakllanishi ob`ektiv xususiyatga ega bo’lgan sharoitda transfert bahosi ham javobgarlik markazlari menejerlarining va xaridorlarning munosabatlari hamda malakalariga bevosita bog`liq bo’lmaydi. Bu usulning zaif tomonini ham ta`kidlash lozim ya`ni uning joriy etilishi rivojlangan bozor muhitini talab qiladi, bundan tashqari korxona javobgarlik markazlari (segmentlari) ishlab chiqariladigan mahsulotlar, ko’rsatiladigan xizmatlarga bozor baholarining darajasi to’g`risida axborot yig`ish uchun qo’shimcha xarajatlar qilishi lozim.
“Tannarx plyus” nomli ikkinchi usulda kutilayotgan foyda miqdori ustiga ma`lum foiz qqyiladi. Masalan, bitta bo’linma mahsulot (ishlar, xizmatlar) tqliq tannarxining 110 %li hisob-kitobidan kelib chiqsa, boshqa segment esa segmentni uzatuvchi mahsulot birligiga o’zgaruvchan tannarxni 150 %li hisob-kitobidan kelib chiqishi mumkin.
Uchinchiusulbo’yichatransfertbahohosilqilishdashartnomaviybahonianiqlashningquyidagiformulasidanfoydalaniladi: