14-mavzu. Korxona segmentar hisoboti reja



Yüklə 32,75 Kb.
səhifə1/5
tarix18.06.2023
ölçüsü32,75 Kb.
#132155
  1   2   3   4   5
14-mavzu. Korxona segmentar hisoboti reja


14-MAVZU. KORXONA SEGMENTAR HISOBOTI
REJA:
14.1. Segmentar hisobotning mohiyati, turlari va shakllari
14.2. Korxonalarda segmentar hisobotni tuzish tamoyillari.
14.3. Segmentar hisobot javobgarlik markazlari faoliyatini baholashning asosi sifatida.
14.4. Segmentlar bo’yicha daromad va xarajatlarni aniqlash.
Tayanch so’zlar: Biznes segmenti, geografik segment,materiallar va butlovchi qismlar, zahiralari to’g`risida hisobot, tugallanmagan ishlab chiqarish bo’yicha hisobot, ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmatlar) to’g`risida hisobot, xarid qilingan qiymatliklar to’g`risida hisobot, tayyor mahsulot zahiralari to’g`risidagi hisobot, sotishlar to’g`risidagi hisobot, pul mablag`lari harakati to’g`risida hisobot, debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g`risida hisobot, yig`ma hisobot.



    1. Segmentar hisobotning mohiyati, turlari va shakllari

Bozor munosabatlari sharoitida biznes segmenti deb ataluvchi yangi atama boshqaruv hisobiga kirib keldi.
Biznes segmenti - bu korxonaning ma`lum qismini yoki nisbatan mustaqil bqlinmasini muayyan vakolatlar va mas`uliyat berish maqsadida ajratishdir.
Boshqaruv hisobi korxonaning tashkiliy tuzilmasini hisobga olgan holda, javobgarlikning turli markazlari (biznes segmentlari) majmuidan tarkib topadi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda segmentlar bo’yicha hisobotni shakllantirish tartibi 14-sonli moliyaviy hisobotning xalqaro standarti (MHXS) bilan tartibga solinadi. Bu standart 1993 yildan amal qilib kelmoqda. Unga ko’ra, segmentlarning ikkita: xo’jalik va geografik turlari ajratib ko’rsatiladi.
Geografik segment - bu muayyan iqtisodiy muhitda tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi, risk va foyda kabi iqtisodiy shart-sharoitlar ta`sirida, ma`lum makonda harakat qiluvchi ajratib qqyilgan komponentdir.
Segmentlarni ajratishni taqozo etadigan, farq qiluvchi holatlarni ya`ni ko’pchilik omillarning mos tushishini quyidagi jadvalda ko’rish mumkin (8.1.-jadval).
O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1996 yil 30 avgustdagi 1-sonli qarori bilan kuchga kiritilgan “Buxgalteriya hisobi to’g`risida”gi qonunning 7-moddasida ta`kidlanganki, korxona rahbari hisob va hisobotning ichki xo’jalik tizimini, xo’jalik muomalalarini nazorat qilish tartibini, tashqi iste`molchilar uchun moliyaviy hisobotni, soliqlar va moliyaviy hujjatlarning boshqa shakllarini va hokazolarni tashkil etishga majbur.
Tashqi iste`molchilar uchun segmentlar bo’yicha moliyaviy hisobotni tuzish tartibi O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1998 yil 14 avgustda 474-son bilan rqyxatga olingan “Hisob yuritish siyosati va moliyaviy hisobot” nomli O’zbekiston Respublikasining 1-sonli buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS) bilan tartibga solinadi. Ushbu standartning 96-bandida quyidagilar ta`kidlanadi: “foydalanuvchi uchun hisob siyosatini g`ritishning o’ziga xos ustuvorligi ko’rilganda rahbarlar xo’jalik yurituvchi sub`ektning tavakkalchiligiga va pul oqimining kelajagini baholash imkoniyatini berishini hisobga olishlari kerak.

Yüklə 32,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin