14-mavzu. Moliyaviy hisobotдан foydalanuvchilar. Reja: Moliyaviy hisobot shakillarining mohiyati Buxgalteriya balansi


Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotni tuzish



Yüklə 27,73 Kb.
səhifə5/7
tarix31.05.2022
ölçüsü27,73 Kb.
#60137
1   2   3   4   5   6   7
14-mavzu.

Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotni tuzish. Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot joriy buxgalteriya ma’lumotlariga asosan tuzilib, unda tashqi va ichki foydalanuvchilar uchun muhim ko‘rsatkichlar mavjud.
Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlariga asosan korxonaning bozor faolligi ko‘rsatkichlarini tahlil qilish mumkin. Bu ko‘rsatkichlar kompaniyaning aktsiyalarini qiymati va daromadliligini ta’riflaydi. Ushbu hisobotda o‘zlik mablag‘lari manbalarining hisobot davridagi harakati aks ettiriladi. Ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, rezerv kapitali, taqsimlanmagan foyda, maqsadli tushumlar, kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervlarining hisobot davri boshiga qoldiq summalari, hisobot davri moboynida kirim va chiqim qilinishi summalari hamda ularning hisobot davri oxirida qolgan qoldiq summalari aks ettiriladi. O‘zlik mablag‘lari manbalari summasi korxonada qancha ko‘p bo‘lsa korxonaning to‘lov layoqati yuqari bo‘ladi va moliyaviy barqarorligi yuqori bo‘ladi. Bu ma’lumotlar tashqi foydalanuvchilarni ham qiziqtiradi.
Tuzilmaviy bo‘linmalar, boshqarmalar va temir yo‘llarning shu tarzda tekshirilgan va qabul qilingan hisobotlari yig‘ma hisobotlarni tuzish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Konsolidatsiyalangan hisobotlar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan tuziladi. Unda ular tashkilotni tashkil etuvchi barcha bo‘limlar ishining jami natijalarini aks ettiradi. Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotda olingan bosh tashkilotning iqtisodiy va moliyaviy faoliyatining umumlashtirilgan ko‘rsatkichlari iqtisodiy tahlilning muhim manbai hisoblanadi. Konsolidatsiyalangan hisobotlar hisobot davri oxirida ushbu bosh tashkilot tarkibiga kiruvchi bo‘linmalar hisobotini o‘z ichiga oladi.
Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan yuridik shaxslar uchun belgilangan shakllar asosida tuziladi.


Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar:
Hisobotning mazmuni va mohiyati, hisobot turlari va tarkibi hisobot shakllarni ko‘rsatkichlar bilan to‘ldirish manbasi, balans aktivi, balans passivi, daromadlar, xarajatlar, hisobot turlari va uning tuzilish muddati. Birinchi shakl – balans, balansga ilova ikkinchi shakl – moliyaviy natilar to‘g‘risidagi hisobot, to‘rtinchi shakl – pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot, beshinchi shakl – xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot.

Yüklə 27,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin