So’nggi qisqa vaqt mobaynida mamlakatimizda amalga oshirilgan inson huquqlarini ta’minlash, so’z erkinligi, biznes yuritishda yengillik va imtiyozlar berish, korrupsiyani batamom tugatish borasidagi islohotlar jahon hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etildi. Natijada O’zbekiston xalqaro reytinglarda yuqori o’rinlarga ko’tarilib, o’z ijobiy imijini yaxshilab bormoqda. Dunyo mamlakatlari, xalqaro tashkilotlar va investorlar mamlakatimizga istiqbolli hamkor sifatida munosabat bildirmoqda. Oddiy aytganda, O’zbekiston xorijiy arenada ishonchli hamkor qiyofasida namoyon bo’lyapti. Lekin, ishonch bilan aytish kerakki, mamlakatimiz bundan-da yuqori ko’rsatkichlarni qayd etishga qodir.
Ma’lumotlarga ko’ra, davlatlar mavqeini belgilab beradigan 100 dan ortiq xalqaro reyting va indekslar bor. Ming afsuski, ba’zi bir reytinglarda umuman o’ringa ega emasmiz yoki quyi pog’onalardan o’rin olganmiz. Sabab esa bu borada tizim va faoliyat olib boruvchi organ bo’lmagan. Aslida o’sha reytingda bizning real holatimiz yuqori o’rinni egallashga munosib bo’lishi mumkin.
.
O’zbekiston izchil rivojlanayotgan, demokratik, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalari va tamoyillariga sodiq, tinchlik, insonparvarlik, ma’rifatparvarlik, bag’rikenglik hamda davlatlar o’rtasidagi o’zaro hurmat va hamkorlik g’oyalarini faol targ’ib qiluvchi davlat sifatida dunyoda keng e’tirof etilmoqda.
O’zbekistonga turli mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan e’tibor ortib bormoqda, xorijiy sheriklarning O’zbekiston Respublikasi bilan barcha sohalarda hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan intilishi kuchaymoqda. Xorijiy samoyadorlar, ishbilarmonlar va turistlar tomonidan O’zbekistonga bo’lgan qiziqish sezilarli darajada oshmoqda.
Xalqaro maydonda O’zbekistonning ijobiy imijini samarali mustahkamlash va bu jarayonning barqarorligini ta’minlash uchun qator chora va tadbirlar ko’rilmoqda.
Xususan, davlat va jamoatchilik darajasida O’zbekistonning xalqaro imijini shakllantirish va targ’ib qilishning yaxlit tizimini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu sohada eng dolzarb vizifalardan biri - mamlakatning betakror imij xususiyatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo’lib, bular qatoriga boy madaniy, tarixiy, ma’naviy va intellektual meroslar, ko’p asrlik davlatchilik, mintaqaning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo’shgan hissasi e’tirofi, samimiy darajadagi millatlararo va dinlararo bag’rikenglik, ijtimoiy totuvlik, boy tabiiy resurslar, rivojlangan transport va kommunikatsiya infratuzilmalari, mafkuraviy dunyoqarashlardan qat’iy nazar teng huquqli hamkorlikka tayyorligi kabilardir.
Mamlakatimizning jahon hamjamiyatida ijobiy e’tirof etilishini yanada yaxshilash va O’zbekistonning salmoqli imij salohiyatidan ustuvor iqtisodiy, ijtimoiy, investitsiyaviy, ilmiy, ma’rifiy, madaniy va boshqa vazifalarni amalga oshirishda samaraliroq darajada foydalanish borasida davlat muassasalari faoliyatini jadallashtirishning ahamiyati ortib bormoqda. Ushbu yo’nalishdagi faoliyat davlat va jamoatchilik tuzilamalari va institutlarining yaqindan hamkorligi va muvofiqlashtirilishi orqali muntazam ravishda olib borilishi lozim.
Xalqaro reyting agentliklari o’z tahlillarida 2016 yilda hokimiyatga Shavkat Mirziyoev kelishi bilan kelgusida iqtisodiyotning o’sishini ta’minlash uchun qator iqtisodiy va institutsional islohotlar boshlanganini qayd etmoqda. Bo’lib o’tgan forumda so’z olgan xalqaro agentliklar vakillari ham O’zbekiston keyingi 3 yil ichida turli yo’nalishlarda reyting pog’onalaridan ko’tarila boshlaganini aytib o’tishdi.
Tan olish kerak,O’zbekiston bir qator muhim xalqaro reyting va indekslarda keyingi o’rinlarni egallab kelayotgan edi.Xususan, Jahon Bankining yillik “Biznes qilish” reytingida O’zbekiston 74-o’rinda qayd etilgan. Korrupsiya bo’yicha har yili tuziladigan Xalqaro Transparensi indeksida 2018 yilda 180 davlat ichidan 158-o’rinni egallagan.SHuningdek, siyosiy va diniy erkinliklar, hamda matbuot erkinligi va qonun ustuvorligini baholaydigan Freedom House tashkilotining oxirgi reytingida O’zbekiston “Erkin emas” deya ta’rif berilgan davlatlar qatoriga kiritilgan.