14-Mavzu. O’zbekiston va jahon hamjamiyati


O’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi sohalar bo’yicha ko’rsatkichlari



Yüklə 14,07 Kb.
səhifə3/4
tarix24.12.2023
ölçüsü14,07 Kb.
#192418
1   2   3   4
14-MAVZU (2)

O’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi sohalar bo’yicha ko’rsatkichlari
Jahon bankining O’zbekistondagi doimiy vakili Xideki Morining ta’kidlashicha reytinglarning fikrlash ozuqasi – bu raqamlardir. Turli xalqaro reyting agentliklarining baholash uslubi turlicha. Ammo shu o’rinda aytish lozimki, barcha reyting agentliklarining xulosalari ham aniq emas. Uning ta’kidlashicha, jahonda sanoqli xalqaro reyting agentliklari to’g’ri reyting yuritadi. Bular Garvard, Moody’s, Fitch va Standard & Poor’s kabi agentliklardir.
Jumladan, so’nggi to’rt yil mobaynida mamlakatimiz Meros jamg’armasining «Iqtisodiy erkinlik» indeksida 52 pog’onaga, Jahon bankining «Logistika samaradorligi» indeksida 19 pog’onaga, «Biznes yuritish» indeksida 18 pog’onaga ko’tarildi.
O’zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining «Mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash» tizimidagi 6-guruh mamlakatlari qatoridan 5-guruh mamlakatlari qatoriga ko’tarildi.
O’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o’rnini ko’tarish bo’yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar.
  • Prezidentimizning 2019 yil 7-martdagi “Xalqaro reyting va indekslarda O’zbekiston Respublikasining o’rnini yaxshilashga oid chora-tadbirlarni tizimlashtirish to’g’risida”gi PF–5687-sonli Farmoni ayni maqsadlarni ko’zlaydi.Farmonga muvofiq hozirda O’zbekistonda turli sohalarida jahon hamjamiyatida reyting va indeks ko’rsatkichlarini ko’tarishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Negaki, mamlakat iqtisodiyotining rivoji, xorijiy yetakchi biznes korchalonlari bilan hamkorlikni yangi bosqichga ko’tarish hamda investorlar e’tiborini jalb etish, ularning ishonchini kafolatlash uchun solishtirma reytinglarning yuqori bo’lishi muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy va siyosiy-huquqiy xalqaro reyting va indekslarda O’zbekistonning o’rnini yaxshilash xalqaro maydonda mamlakatimiz mavqeini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

I2017 ― 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida respublika kengashi tashkil etilgan.

Yüklə 14,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin