14-Seminar mavzu: Tarixiy metrologiya. Qadimgi Sharq davlatlari o‘lchov birliklari. O‘rta Osiyoda qo‘llaniladigan o‘lchov birliklari. (2 soat)


I.DARSNING O`QUV VA TARBIYAVIY MAQSADI



Yüklə 465,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix12.10.2023
ölçüsü465,98 Kb.
#154933
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
8- Mavzu

I.DARSNING O`QUV VA TARBIYAVIY MAQSADI:
Talabalarga ushbu 
mavzu bo`yicha tushuncha berish, shuningdek turli davrlarda tadqiqotchilar 
tomonidan mavzuga berilgan ta`riflarni talabalarga tushuntirish, mavzuning 
muhimligi va dolzarbligidan talabalarni xabardor etish. 


II.DARS O`TISH VOSTALARI:
Doska,plakat,fan yuzasidan manba va 
adabiyotlar,tarixiy malumotlar, mavzu yuzasidan har xil testlar, kompyuter, 
jahon siyosiy xaritasi, izohli lug`at, foto suratlar. 
III.DARS O`TISH USULLARI:
Takrorlash,suhbat va savol-javob mavzuni 
o`zlashtirshni mustahkamlash,jonli muloqat o`tkazish, erkin fikrlash va so`zlasga 
o`rgangan holda fikr mulohozalarini bayon qildirish, buning uchun har bir 
talabaga o`tilgan mavzular,tayanch iboralardan savol tashlanadi.O`qituvchi va 
talabalar o`rtasida berilgan savollarni tahlil etish. Tarqatma materiallar orqali 
talabaning mavzuni o`zlashtirishiga ko`maklashish. Talabalarni voqealarni tahlil 
etishga o`rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o`rgatish.Iboralarni izohlash 
va unga tahlil berish.
IV.DARSNING XRONOLOGIK XARITASI
-80minut. 
V.O`QITUVCHI 
DARS 
DAVOMIDA 
QUYIDAGI 
ISHLARNI 
BAJARADI: 
1.Tizim: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi,sanitariya holati-2 minut. 
2.Talabalarning davomati -3 minut. 
3.Hafta davomida bo`lgan yangiliklar -5 minut. 
4.Talabalarga yangi mavzuni tushuntirish -60 minut. 
5.Dars yuzasidan talabalarni zarar adabiyotlar bilan tanishtirish -5 minut. 
6. Uyga vazifa berish -5 minut. 
 
1.Tarixiy metrologiya fanining predmeti, maqsadi, vazifasi va rivojlanish 
bosqichlari. 
Metrologiya - (grekcha ―metron‖ so‘zi - o‘lchov, va ―logos‖-so‘z, fan 
deganidir) yordamchi fanlaridan biri bo‘lib, u turli o‘lchov birliklarini o‘rganadi. 
Tarixiy metrologiya o‘lchov sistemalarini har bir tarixiy bosqichdagi rivojlanishini, 
o‘zgarib borishini aniqlaydi. Bizga ma'lumki, yer maydonlari o‘lchovi, solik solish, 
pul sanog'i sistemasi davr o‘zgarishi bilan aniq sabablarga ko‘ra o‘zgarib borgan.
O‘lchov sistemasini o‘rganishga tarixiy nuqtai-nazardan yondashish 
zarurligini sharoitning o‘zi taqozo qiladi, chunki o‘tmish davr o‘lchovlari sistemasi 
Hozirgi zamonnikidan farq qilgan. Zamon va vaqt o‘tishi bilan o‘lchov sistemasi 
doimo o‘zgargan, har bir tarixiy davrning o‘zida turli hududularda har xil o‘lchov 
birliklari qo‘llanilgan. Mana shularning hammasi o‘lchov sistemasini tarixiy 
jixatdan o‘rganishni taqozo etadi.
XI asr oxiridan kitob va traktatlarda metrologiya termini bilan bog`liq 
o`lchovlar uchraydi. Predmet sifatida lineyka, kvadrat, kub, og`irlik, vakt va 
kimmat tangalarda o`lchovlari ishlatilib ular xar bir davlatda va xatto bir davlat 
ichidan shaxarlarda turlicha bo`lgan. Bularga xisob o`lchovlari va maxsulot ham, 
masalan: "dyujina", "gros", "stopa", "mook", "pasma" kabi terminlar ishlatilgan. 
Buyuk fransuz inqilobi davrida yaratilgan o`lchovlarning metrik sistemasi 
metrologiya rivojining burilish pallasi bo`ldi. Bu sistemasi ko`plab davlatlarda 
qiyinlashtirilgan va chalkashtiruvchi milliy va maxalliy o`lchovlarning 
qo`llanishiga chek qo`ydi. 
Buyuk Britaniya va bir qancha boshqa davlatlarda maxalliy o`lchovlar 
saqlangan, ammo ular va fan nuqtai nazaridan qo`llaniladi. Yagona o`lchov va 


og`irliklar ko`plab davlatlardagi avvalgi metrologiyaning maxsus tarixiy tartibga 
bo`ysunuvchi zamonaviy umumiy metrologiya ijtimoiy iqtisodiy xo`jalik huquq 
madaniy tarixni o`rganishda zarurdir. 
Tarixiy metrologiyaning alohida manbalalarini ishlab chiqish ba'zi Yevropa 
mamlakatlarida XVI asrdan boshlangan. Rossiyada esa bu sohaga qiziqish XVIII-
asr ikkinchi yarmi XIX asr boshlarida tarixchilar orasida paydo bo‘ldi. 1849-yilda 
F.I.Petrushevskiyning ―Umumiy metrologiya‖ deb nomlangan yirik asari nashrdan 
chiqdi. Bu bosiqchda metrologiyaning asosiy vazifasi aloxida o‘lchovlarni 
ro‘yxatga olish va turli tarixiy davrlarda ular O‘rtasidagi munosabatlarni o‘rnatish 
edi.
XIX asr ikkinchi yarmida Prozarovskiy, Nikitskiy, Kaufmanlarning o‘lchov 
sistemalarini o‘rganishga bag'ishlangan asarlari yaratiladi. Bu ishlarning yakuni 
sifatida Kuznesovning ―Qadimgi rus metrologiyasi‖ deb nomlangan asari 1913-
yilda nashrdan chiqdi.
Sobiq sho‘ro zamonida bu fanga e'tiborning ancha oshuvi natijasida Ribakov, 
Yanin, Smirnov, Shunkov, Kamensevalarning metrologiya haqidagi qator qimmatli 
asarlari bosilib chiqadi.
30-40-yillarda Ustyugov va Yerepninlarning umumiy metrologiya kursidan 
ma‘ruzalari chiqadi. 1965-yilda esa bu avtorlarning ―Rus metrologiyasi‖ deb 
nomlangan o‘quv qo‘llanmasi nashrdan chiqdi.
Metrologiya qadim zamonlarda vujudga kelgan. Ma'lumki, o‘lchovsiz turar 
joy qurib bo‘lmaydi, mehnat quroli yasab bo‘lmaydi, kiyim-kechak tikib 
bo‘lmaydi. Ibtidoiy davrlarda qabilalar O‘rtasidagi ayirboshlashning paydo bo‘lishi 
va taraqqiy etishi bilan o‘lchovlarga ehtiyoj juda o‘sadi. Buning oqibatida turli 
xalqlar O‘rtasida mavjud bo‘lgan taxminiy va shartli o‘lchovlar o‘zaro aloqadorligi 
oshuvidan o‘lchov ekvivalentligi vujudga keladi.
Inson qismlari Qadimgi o‘lchovlar asosini tashkil etgan. Bular: barmoq, 
tirsak, qadam, bo‘q'in, qarich, quloch, kaft, musht.
Har bir fan predmetidan tashqari o‘z vazifalarini, masalalarini yechadigan 
manbalarga ham ega. Bu fikr metrologiya faniga ham tegishli. Metrologiya 
manbalariga hammadan ilgari buyum yodgorliklari kiradi. Bular nimalarq qadim 
zamonlardan to Hozirgi kunga qadar yetib kelgan o‘lchov etalonlari bo‘lib, ular 
masshtabli chizg'ichlar, tangalar, og'irlik toshlari, qadoq toshlar-tarozi toshlari, 
arxitektura inshootlari va boshqa standart o‘lchovli buyum yodgorliklaridir. 
Tarixiy metrologiyani o‘rganishda yozma manbalar qimmatbaho ashyo bo‘lib 
hisoblanadi. Juda ko‘p muxim ma'lumotlar qonun chiqarish aktlarida saqlanadi. 
XVIII asr birinchi yarmida Rossiyada rus fo‘nti va arshinining aniq o‘lchovi qonun 
bilan belgilangan. XIX asr metrologiya va pul hisobi belgilangan va kuchga 
kiritilgan. Rossiyada XVIII asrgacha bu xildagi aktlar bo‘lmagan. Biroq, XV-XVII 
asrlarda ―Savdo kitobi‖, ―Hisob kitobi‖ singari maxsus sprovochniklar tuzilgan. Bu 
spravochniklar yordamida yer o‘lchovchilar, savdogarlar, sarroflar o‘lchov va 
og'irliklar haqida qimmatli ma'lumotlarni bilib olganlar.
Metrologiya manbalaridan yana biri yilnomalar, bojxona yorliqlari, kitoblari, 
turli qayd va daftarlari, sayoxatchilar yozma bayonlari, shartnomalar va turli 
xujjatlardir.


Yuqorida keltirilgan metrologik manbalar qimmati teng emas. Chunki, XVIII 
asr va keyingi zamonlar ma'lumotlari har bir davr metrologik tizimi va aloxida 
o‘lchovlar haqida ancha aniq tasavvurlar beradi. tariximizning ilk davriga oid 
manbalar esa o‘zida uzuq-yuluq va tasodifiy ma'lumotlarni qamrab olgan. 
Manbalarning o‘ziga xosligi ularni o‘rganish uslublarini ham belgilab beradi. 
Birinchidan har manbaning haqiqiy, asl xujjat ekanligini aniqlash lozim. So‘ngra 
unga keltirilgan ma'lumotlar shubxasiz to‘g‘riligiga ishonish mumkin. Agar bu 
manba buyum yodgorligi bo‘lsa, uning ilk taxririni topib, so‘ngra taxlil qilmoq 
kerak.
Ko‘pgina manbalar rasmiy harakter kasb etmaganligi uchun ularda keltirilgan 
ma'lumotlar shubxasiz to‘g‘riligi va aniqligini o‘rnatish uchun boshqa davrlarga 
tegishli manbalar bilan solishtirib, taqqoslash yo‘li metrologiyada qo‘llaniladi. 
Bordiyu manbaga oid ma'lumotlar ilgarigi zamon xujjatlaridan topilmasa, keyingi 
davrlar va xatto Hozirgi zamon yozma manbalaridan izlanib, taxlil qilinadi. Bu 
sohada ba'zi holatlarda chet el metrologik tizimiga ham murojaat etib, masalani 
oydinlashtirishga erishi 
O`lchovlar rivoji avvalo jamiyatning ishlab chiqarish xolatlari bilan 
bog`liqligidir. Ishlab chiqarishning o`sishi o`lchovlarning ko`p qirralikdan 
yagonalikka olib borishini belgilaydi. Tarixiy metrologiyaning vazifasi nomlarini 
aniqlash, ularning sanogi va ularning katta kichiqligini xozirgi metrik o`lchovlarga 
qanchalik moslik darajasini o`rganishdir. Tarixiy metrologiyaning ahamiyati 
ayniksa ijtimoiy-iqtisodiy manbalarni o`rganishda xissasi kattadir, chunki ularning 
real o`lchovlarini bilmay, maxsulotning baxosi, maydonining kattaligi, savdo 
oborotoning kay darajadaligini bila olmaymiz. Metrologiya manbaning joyi va 
sanasi xaqida so`z ketsa, uning usha joy va sanaga mosligini aniqlaydi. 
Metrologiya manbalariga turli tangalar, lineykalar,yozma yodgorliklar kiradi. 
Insonning turar-joy ko`rishi mexnat kurollari yaratishi bilan o`lchovlar paydo 
bo`lgan. Vavilonda maydonning kichiq o`lchovi va og`irlik "don" deb, maydon 
o`lchovi esa, "she" deb atalib, u 0,2 kv. metrga "sheum" esa, 46 metrga teng 
bo`lgan. Xindistonda "pal" 3 sholi doni uzunligi aniqlangan. Aniq o`lchamlar 
xo`jalik xayotining rivoji, savdo o`sishi va madaniyatning boyishi bilan bog`liq. 

Yüklə 465,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin