I.DARSNING O`QUV VA TARBIYAVIY MAQSADI:Talabalarga ushbu
mavzu bo`yicha tushuncha berish, shuningdek turli davrlarda tadqiqotchilar
tomonidan mavzuga berilgan ta`riflarni talabalarga tushuntirish, mavzuning
muhimligi va dolzarbligidan talabalarni xabardor etish.
II.DARS O`TISH VOSTALARI:Doska,plakat,fan yuzasidan manba va
adabiyotlar,tarixiy malumotlar, mavzu yuzasidan har xil testlar, kompyuter,
jahon siyosiy xaritasi, izohli lug`at, foto suratlar.
III.DARS O`TISH USULLARI:Takrorlash,suhbat va savol-javob mavzuni
o`zlashtirshni mustahkamlash,jonli muloqat o`tkazish, erkin fikrlash va so`zlasga
o`rgangan holda fikr mulohozalarini bayon qildirish, buning uchun har bir
talabaga o`tilgan mavzular,tayanch iboralardan savol tashlanadi.O`qituvchi va
talabalar o`rtasida berilgan savollarni tahlil etish. Tarqatma materiallar orqali
talabaning mavzuni o`zlashtirishiga ko`maklashish. Talabalarni voqealarni tahlil
etishga o`rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o`rgatish.Iboralarni izohlash
va unga tahlil berish.
IV.DARSNING XRONOLOGIK XARITASI-80minut.
V.O`QITUVCHI
DARS
DAVOMIDA
QUYIDAGI
ISHLARNI
BAJARADI:
1.Tizim: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi,sanitariya holati-2 minut.
2.Talabalarning davomati -3 minut.
3.Hafta davomida bo`lgan yangiliklar -5 minut.
4.Talabalarga yangi mavzuni tushuntirish -60 minut.
5.Dars yuzasidan talabalarni zarar adabiyotlar bilan tanishtirish -5 minut.
6. Uyga vazifa berish -5 minut.
1.Tarixiy metrologiya fanining predmeti, maqsadi, vazifasi va rivojlanish
bosqichlari.
Metrologiya - (grekcha ―metron‖ so‘zi - o‘lchov, va ―logos‖-so‘z, fan
deganidir) yordamchi fanlaridan biri bo‘lib, u turli o‘lchov birliklarini o‘rganadi.
Tarixiy metrologiya o‘lchov sistemalarini har bir tarixiy bosqichdagi rivojlanishini,
o‘zgarib borishini aniqlaydi. Bizga ma'lumki, yer maydonlari o‘lchovi, solik solish,
pul sanog'i sistemasi davr o‘zgarishi bilan aniq sabablarga ko‘ra o‘zgarib borgan.
O‘lchov sistemasini o‘rganishga tarixiy nuqtai-nazardan yondashish
zarurligini sharoitning o‘zi taqozo qiladi, chunki o‘tmish davr o‘lchovlari sistemasi
Hozirgi zamonnikidan farq qilgan. Zamon va vaqt o‘tishi bilan o‘lchov sistemasi
doimo o‘zgargan, har bir tarixiy davrning o‘zida turli hududularda har xil o‘lchov
birliklari qo‘llanilgan. Mana shularning hammasi o‘lchov sistemasini tarixiy
jixatdan o‘rganishni taqozo etadi.
XI asr oxiridan kitob va traktatlarda metrologiya termini bilan bog`liq
o`lchovlar uchraydi. Predmet sifatida lineyka, kvadrat, kub, og`irlik, vakt va
kimmat tangalarda o`lchovlari ishlatilib ular xar bir davlatda va xatto bir davlat
ichidan shaxarlarda turlicha bo`lgan. Bularga xisob o`lchovlari va maxsulot ham,
masalan: "dyujina", "gros", "stopa", "mook", "pasma" kabi terminlar ishlatilgan.
Buyuk fransuz inqilobi davrida yaratilgan o`lchovlarning metrik sistemasi
metrologiya rivojining burilish pallasi bo`ldi. Bu sistemasi ko`plab davlatlarda
qiyinlashtirilgan va chalkashtiruvchi milliy va maxalliy o`lchovlarning
qo`llanishiga chek qo`ydi.
Buyuk Britaniya va bir qancha boshqa davlatlarda maxalliy o`lchovlar
saqlangan, ammo ular va fan nuqtai nazaridan qo`llaniladi. Yagona o`lchov va
og`irliklar ko`plab davlatlardagi avvalgi metrologiyaning maxsus tarixiy tartibga
bo`ysunuvchi zamonaviy umumiy metrologiya ijtimoiy iqtisodiy xo`jalik huquq
madaniy tarixni o`rganishda zarurdir.
Tarixiy metrologiyaning alohida manbalalarini ishlab chiqish ba'zi Yevropa
mamlakatlarida XVI asrdan boshlangan. Rossiyada esa bu sohaga qiziqish XVIII-
asr ikkinchi yarmi XIX asr boshlarida tarixchilar orasida paydo bo‘ldi. 1849-yilda
F.I.Petrushevskiyning ―Umumiy metrologiya‖ deb nomlangan yirik asari nashrdan
chiqdi. Bu bosiqchda metrologiyaning asosiy vazifasi aloxida o‘lchovlarni
ro‘yxatga olish va turli tarixiy davrlarda ular O‘rtasidagi munosabatlarni o‘rnatish
edi.
XIX asr ikkinchi yarmida Prozarovskiy, Nikitskiy, Kaufmanlarning o‘lchov
sistemalarini o‘rganishga bag'ishlangan asarlari yaratiladi. Bu ishlarning yakuni
sifatida Kuznesovning ―Qadimgi rus metrologiyasi‖ deb nomlangan asari 1913-
yilda nashrdan chiqdi.
Sobiq sho‘ro zamonida bu fanga e'tiborning ancha oshuvi natijasida Ribakov,
Yanin, Smirnov, Shunkov, Kamensevalarning metrologiya haqidagi qator qimmatli
asarlari bosilib chiqadi.
30-40-yillarda Ustyugov va Yerepninlarning umumiy metrologiya kursidan
ma‘ruzalari chiqadi. 1965-yilda esa bu avtorlarning ―Rus metrologiyasi‖ deb
nomlangan o‘quv qo‘llanmasi nashrdan chiqdi.
Metrologiya qadim zamonlarda vujudga kelgan. Ma'lumki, o‘lchovsiz turar
joy qurib bo‘lmaydi, mehnat quroli yasab bo‘lmaydi, kiyim-kechak tikib
bo‘lmaydi. Ibtidoiy davrlarda qabilalar O‘rtasidagi ayirboshlashning paydo bo‘lishi
va taraqqiy etishi bilan o‘lchovlarga ehtiyoj juda o‘sadi. Buning oqibatida turli
xalqlar O‘rtasida mavjud bo‘lgan taxminiy va shartli o‘lchovlar o‘zaro aloqadorligi
oshuvidan o‘lchov ekvivalentligi vujudga keladi.
Inson qismlari Qadimgi o‘lchovlar asosini tashkil etgan. Bular: barmoq,
tirsak, qadam, bo‘q'in, qarich, quloch, kaft, musht.
Har bir fan predmetidan tashqari o‘z vazifalarini, masalalarini yechadigan
manbalarga ham ega. Bu fikr metrologiya faniga ham tegishli. Metrologiya
manbalariga hammadan ilgari buyum yodgorliklari kiradi. Bular nimalarq qadim
zamonlardan to Hozirgi kunga qadar yetib kelgan o‘lchov etalonlari bo‘lib, ular
masshtabli chizg'ichlar, tangalar, og'irlik toshlari, qadoq toshlar-tarozi toshlari,
arxitektura inshootlari va boshqa standart o‘lchovli buyum yodgorliklaridir.
Tarixiy metrologiyani o‘rganishda yozma manbalar qimmatbaho ashyo bo‘lib
hisoblanadi. Juda ko‘p muxim ma'lumotlar qonun chiqarish aktlarida saqlanadi.
XVIII asr birinchi yarmida Rossiyada rus fo‘nti va arshinining aniq o‘lchovi qonun
bilan belgilangan. XIX asr metrologiya va pul hisobi belgilangan va kuchga
kiritilgan. Rossiyada XVIII asrgacha bu xildagi aktlar bo‘lmagan. Biroq, XV-XVII
asrlarda ―Savdo kitobi‖, ―Hisob kitobi‖ singari maxsus sprovochniklar tuzilgan. Bu
spravochniklar yordamida yer o‘lchovchilar, savdogarlar, sarroflar o‘lchov va
og'irliklar haqida qimmatli ma'lumotlarni bilib olganlar.
Metrologiya manbalaridan yana biri yilnomalar, bojxona yorliqlari, kitoblari,
turli qayd va daftarlari, sayoxatchilar yozma bayonlari, shartnomalar va turli
xujjatlardir.
Yuqorida keltirilgan metrologik manbalar qimmati teng emas. Chunki, XVIII
asr va keyingi zamonlar ma'lumotlari har bir davr metrologik tizimi va aloxida
o‘lchovlar haqida ancha aniq tasavvurlar beradi. tariximizning ilk davriga oid
manbalar esa o‘zida uzuq-yuluq va tasodifiy ma'lumotlarni qamrab olgan.
Manbalarning o‘ziga xosligi ularni o‘rganish uslublarini ham belgilab beradi.
Birinchidan har manbaning haqiqiy, asl xujjat ekanligini aniqlash lozim. So‘ngra
unga keltirilgan ma'lumotlar shubxasiz to‘g‘riligiga ishonish mumkin. Agar bu
manba buyum yodgorligi bo‘lsa, uning ilk taxririni topib, so‘ngra taxlil qilmoq
kerak.
Ko‘pgina manbalar rasmiy harakter kasb etmaganligi uchun ularda keltirilgan
ma'lumotlar shubxasiz to‘g‘riligi va aniqligini o‘rnatish uchun boshqa davrlarga
tegishli manbalar bilan solishtirib, taqqoslash yo‘li metrologiyada qo‘llaniladi.
Bordiyu manbaga oid ma'lumotlar ilgarigi zamon xujjatlaridan topilmasa, keyingi
davrlar va xatto Hozirgi zamon yozma manbalaridan izlanib, taxlil qilinadi. Bu
sohada ba'zi holatlarda chet el metrologik tizimiga ham murojaat etib, masalani
oydinlashtirishga erishi
O`lchovlar rivoji avvalo jamiyatning ishlab chiqarish xolatlari bilan
bog`liqligidir. Ishlab chiqarishning o`sishi o`lchovlarning ko`p qirralikdan
yagonalikka olib borishini belgilaydi. Tarixiy metrologiyaning vazifasi nomlarini
aniqlash, ularning sanogi va ularning katta kichiqligini xozirgi metrik o`lchovlarga
qanchalik moslik darajasini o`rganishdir. Tarixiy metrologiyaning ahamiyati
ayniksa ijtimoiy-iqtisodiy manbalarni o`rganishda xissasi kattadir, chunki ularning
real o`lchovlarini bilmay, maxsulotning baxosi, maydonining kattaligi, savdo
oborotoning kay darajadaligini bila olmaymiz. Metrologiya manbaning joyi va
sanasi xaqida so`z ketsa, uning usha joy va sanaga mosligini aniqlaydi.
Metrologiya manbalariga turli tangalar, lineykalar,yozma yodgorliklar kiradi.
Insonning turar-joy ko`rishi mexnat kurollari yaratishi bilan o`lchovlar paydo
bo`lgan. Vavilonda maydonning kichiq o`lchovi va og`irlik "don" deb, maydon
o`lchovi esa, "she" deb atalib, u 0,2 kv. metrga "sheum" esa, 46 metrga teng
bo`lgan. Xindistonda "pal" 3 sholi doni uzunligi aniqlangan. Aniq o`lchamlar
xo`jalik xayotining rivoji, savdo o`sishi va madaniyatning boyishi bilan bog`liq.
Dostları ilə paylaş: |