15-Amaliy ish. Dasturlash tillari va ma’lumotlar bazasi yordamida oddiy interfeys yaratish. Ishdan maqsad



Yüklə 115,31 Kb.
səhifə1/7
tarix07.01.2024
ölçüsü115,31 Kb.
#207995
  1   2   3   4   5   6   7
n9gelU0b4WJ2aDrWGIS5ZfI8DAbpm9R4NUY5x7JE (1)


15-Amaliy ish. Dasturlash tillari va ma’lumotlar bazasi yordamida oddiy interfeys yaratish.


Ishdan maqsad: MSSQL da tashkil etilgan jadvallarni C++ dasturlash tiliga bog‘lash va oddiy interfeys yaratishni o‘rganish
Masalaning qo‘yilishi: C# dasturining ma’lumotlar bazasi bilan ishlaydigan komponentalarni o‘rganish va ular ishtirokida ma’lumotlar bazasi ma’lumotlari bilan oddiy interfeys yaratish. Ma’lumotlar bazasi sifatida MSSQL va interfeys sifatida C# dasturlari o‘rtasida aloqa o‘rnatish.
Uslubiy ko‘rsatmalar: Visual Studio - bu Microsoft fermasining dasturiy platformasidir (IDE). U kompyuter dasturlarini, shuningdek veb-saytlarni, veb-ilovalarni, veb-xizmatlarni va mobil ilovalarni ishlab chiqish uchun ishlatiladi. Visual Studio – Microsoft dasturiy ta’minotini ishlab chiqish platformalaridan foydalanadi. Bunga misol sifatida Windows API, Windows Forms, Windows Presentation Foundation, Windows Store va Microsoft Silverlight platformalarini aytish mumkin. Dastur mahalliy kodni ham, boshqariladigan kodni ham ishlab chiqarishi mumkin.
C# dasturlash tilli hozirda rivjojlanib borayotgan ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tillaridan biri hisoblanadi. Ushbu ko‘p paradigmali dasturlash tili ­– ko'p qirrali, o‘rganish juda oson va ob’ektga yo'naltirilgan tildir ham.
C# dasturlash tili – bu turli xil kasblarni qamrab oladigan keng ko‘lamli maqsad va vazifalarni bajarish uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan zamonaviy, umumiy maqsadli dasturlash tilidir.
C# dasturlash tilida ma’lumotlar bazasi bilan ishlaydigan DataGridView, DataSet, SqlConnection, SqlCommand, SqlDataAdapter, OleDbConnection, OleDbCommand, OleDbDataAdapter va boshqa shu kabi komponenta bo‘limlari mavjud. Ular orqali ma’lumotlar bazasi ustida amallar bajarilishi mumkin.
Ishni bajarish tartibi:
Ma’lumotlar bazasini forma bilan bog‘lash va forma orqali ma’lumotlar bazasiga ma’lumotlar kiritish, o’chirish va o’zgartirish ishlarini bajarish uchun quyidagi ketma-ketliklar asosida unga yondashamiz :

  1. MSSQL da ma’lumotlar bazasini yaratilgan bo‘lishi lozim. Bizda esa uning 1ta jadval ko‘rinishi keltirib o‘tilgan (15.1-rasm)


15.1-rasm. Dekanat ma’lumotlar bazasidagi talaba nomli jadvalning tuzilish holati
Jadvalimizda ma’lumotlar kiritilmaganligi sababli bo‘sh holatda saqlangan (15.2-rasm)

15.2-rasm. Talaba nomli jadvalning joriy holati

  1. Microsoft Visual Studio(MVS) ning C# dasturlash tili bilan ishlash muhitini ishga tushurib unda forma yaratamiz


15.3-rasm. Microsft Visual Studio dasturining ish maydoni
MVS dasturini ishga tushirganimizdan so‘ng uning ishchi oynasidan New Project bo‘limi tanlanadi (15.3-rasm) va keyingi ishchi oyna hosil bo‘ladi (15.4-rasm):

15.4-rasm. MVS ning yangi loyiha formasini C# dasturlash tilidan foydalanib yaratish ketma-ketligi
Yuqoridagi ko‘rsatmalardan to‘g‘ri foydalansak quyidagi natijaga erishamiz (15.5-rasm)

15.5-rasm. Form1 nomli yaratilgan forma

  1. MVS ning menyular satridan TOOLS nomli menyu va hosil bo‘lgan kontekst menyudan Connect to Database bo‘limlari tanlanadi

(15.6-rasm). So‘ngra bizda quyidagi oyna hosil bo‘ladi (15.7-rasm)


Yüklə 115,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin