15-Amaliy ish. Dasturlash tillari va ma’lumotlar bazasi yordamida oddiy interfeys yaratish. Ishdan maqsad


-rasm. Menyular satridan ma’lumotlar bazasiga ulanish ketma ketligini tashkil etish 15.7-rasm



Yüklə 115,31 Kb.
səhifə2/7
tarix07.01.2024
ölçüsü115,31 Kb.
#207995
1   2   3   4   5   6   7
n9gelU0b4WJ2aDrWGIS5ZfI8DAbpm9R4NUY5x7JE (1)

15.6-rasm. Menyular satridan ma’lumotlar bazasiga ulanish ketma ketligini tashkil etish



15.7-rasm. Ma’lumotlar bazasiga ulanishlarni amalga oshirish oynasi

  1. Add Connection oynasidan Data source maydoniga Microsoft SQL Server (SqlClient) bo’limini tanlanadi va Server name bo‘limiga (15.8-rasm) esa MSSQL Management Studio dagi foydalanuvchining server nomi (Имя Сервера) maydoni (15.9-rasm) dagi qiymati yozib qo‘yiladi


15.8-rasm. Add Connection oynasining maydonlarini to‘g‘ri to’ldirilganlik holati



15.9-rasm. Foydalanuvchining SQL Server bilan aloqani ta’minlash oynasi

  1. Add Connection oynasidan Connect to a database bo’limida joylashgan Select or enter a database name maydoniga MSSQL Server Managemenet Studio da yaratgan ma’lumotlar bazasining nomi tanlanadi (15.10-rasm). So‘ngra, ushbu ma’lumotlar bazasi bilan aloqani tekshirish uchun Test Connection tugmasi bosiladi, dastur oynasida yangi ko‘rinishdagi tizimlar aloqasi oynasi namoyon bo‘ladi (15.11-rasm). Agar biz bajargan amallar to‘g‘ri bajariladigan bo‘lsa dasturlar orasidagi ulanishlar ijobiy chiqganligi haqida habar beriladi va yuqoridagi qilingan amallarning barchasini saqlab qo‘yish maqsadida OK tugmasi bosiladi (15.10-rasm). Salbiy holat ro‘y bersa biz Add Connection oynasidagi maydonlarni va MSSQL Server Management Studio da yaratilgan bazamizning bor yoki yo‘qligini yana bir bora ko‘zdan kechirib chiqishimiz zarur bo‘ladi.


15.10-rasm. Ma’lumotar bazasidagi mavjud ob’ekt nomini tanlash, aloqani tekshirish va amallarni saqlash oynasi



15.11-rasm. MSSQL Server va C# dasturlari orasidagi bog‘lanishning ijobiy ko‘rinishi

  1. 15.5-rasmdagi formaga 15.1-rasmdagi MSSQL da yaratilgan Dekanat ma’lumotlar bazasida joylashgan Talaba nomli jadvalning atribut(ustun nom) lariga nisbatan 3ta Label, 3ta TextBox, 3ta Button komponentalarini joylashtiramiz. Label komponentasi tahrir qilib bo‘lmaydigan statik matnning to‘rtburchak sohasini aks ettiradi. TextBox komponenti foydalanuvchiga belgilangan maydonda ma’lumot kirgizish uchun zarur hisoblanadi. Button komponentasi Form1 nomli formada tashkil etilgan maydonlarning qiymatini Dekanat nomli ma’lumot bazasining ichida joylashgan Talaba nomli jadvalga kiritish uchun foydalanilmoqda. Albatta, yuqoridagi komponentalarni barcha fodalanuvchilar o‘zlarining jadvallaridagi atrubutlarining soniga nisbatan rejalashtirishlari tavsiya etiladi. Label, TextBox va Button komponentalarini ToolBox komponentalar majmuasi (15.12-rasm) dan foydalanib Form1 oynasiga o‘rnatib olamiz (15.13-rasm)



Yüklə 115,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin