15-Amaliy ish. Dasturlash tillari va ma’lumotlar bazasi yordamida oddiy interfeys yaratish. Ishdan maqsad



Yüklə 115,31 Kb.
səhifə6/7
tarix07.01.2024
ölçüsü115,31 Kb.
#207995
1   2   3   4   5   6   7
n9gelU0b4WJ2aDrWGIS5ZfI8DAbpm9R4NUY5x7JE (1)

15.34-rasm. 1 ta ma’lumotni o‘zgartirish uchun Form1 oynasidan foydalanish

15.35-rasm. Talaba jadvalining yangi ko‘rinishi
Demak, o‘zgartirish amaliyoti (15.35-rasm) ham muvaffaqiyatli bajarildi.

  1. Yana bir tugma O‘chirish tugmasini ishlatish maqsadida uning kod tanasida quyidagicha kodlarni yozamiz:

private void button3_Click(object sender, EventArgs e)
{
SqlConnection con = new SqlConnection(conString);
con.Open();
if (con.State == System.Data.ConnectionState.Open)
{
string m = "DELETE FROM Talaba WHERE ID= '"+txtID.Text+"'";
SqlCommand k = new SqlCommand(m, con);
k.ExecuteNonQuery();
con.Close();
MessageBox.Show("O'chirish amalga oshirildi !!!");
}
}
Yuqoridagi kodlarning Form1 oynasidagi ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:

15.36-rasm. O‘chirish tugmasi uchun yozilgan kod.
O‘chirish tugmasi faqatgina ID atributiga nisbatan qolgan ma’lumotlarni o‘chirishga qaratilgandir (15.36-rasm). Misol uchun quyidagi masalani yechish orqali ushbu tugmani qo‘llab ko‘ramiz. Talaba jadvalidan ID atributining qiymati 3 bo‘lgan barcha ma’lumotlar o‘chirilsin. Masalani yechish uchun Form1 oynasida quyidagicha ishlarni olib boramiz (15.37-rasm):

15.37-rasm. 1 ta ma’lumotni o‘chirish uchun Form1 oynasidan foydalanish
O‘chirish muvaffaqiyatli bajarilganligiga ishonch hosil qilish uchun Talaba jadvalining ma’lumotlarini tekshirib ko‘ramiz:



15.38-rasm. Talaba jadvalining o‘chirish amaliyotini bajarilishdan keyingi holati
Demak, O‘chirish deb nomlangan tugmamiz ham ijobiy ravishda ishlamoqda (15.38-rasm).

  1. Yuqoridagi jarayonlardan shuni ko‘rib turibmizki har safar biror bir amaliyotni bajarganimizda uning aniqligini tekshirish maqsadida MSSQL Server Management Studio da tashkil etilgan ma’lumotlar bazasiga o‘tib uni ko‘zdan kechirmoqdamiz. Ya’ni jadvaldagi o‘zgarishlarni Form1 oynasida bajarib uning natijasini boshqa bir dasturda ko‘rayabmiz. Bu esa foydalanuvchilarga noqulaylik tug‘diradi. Shu sababli barcha o‘zgarishlarni Form1 oynasida ko‘rish uchun ToolBox komponentalar majmuasining Data komponentalar bo‘limidan DataGridView komponentasini tanlash orqali uni bajarishimiz mumkin (15.39-rasm))


15.39-rasm. Ma’lumotlar bazasidan foydalanish komponentalari oynasi
DataGridView komponentasining Form1 oynasida tashkil etish uchun quyidagicha ishlar amalga oshiriladi

  • DataGridView komponentasi ustiga ikki marta ta’sir etiladi (15.39-rasm 3-qadam)


15.40-rasm. DataGridView komponentasining Form1 oynasidagi dastlabki ko‘rinishi

  • Komponentani kerakli joyga joylashtiramiz


15.41-rasm. DataGridView komponentasining Form1 oynasidagi yangicha ko‘rinishi



Yüklə 115,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin