15-amaliy mashg’ulot: Qishloq xo'jaligi uchun biofaol moddalar olish texnologiyasi yutuqlari



Yüklə 388,56 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix20.09.2023
ölçüsü388,56 Kb.
#145446
15-mavzu



15-AMALIY MASHG’ULOT:
Qishloq xo'jaligi uchun biofaol moddalar 
olish texnologiyasi yutuqlari. 
Biofaol moddalarni sintezi va ularni ajratib olish Shu narsa ma’lumki, sutemizuvchilarning 
oqsillari polyarizatsiya nurini chapga buruvchi 
aminokislotalar, ya’ni L-shakldagi 
aminokislotalardan tashkil topgan. Ko‘p davlatlarda qishloq xo‘jalik hayvonlari uchun standart 
qo‘shimcha oziqa sifatida soya o‘simligi dukkaklari qoldiqlarini yoki shrotni optimal deb topilgan. 
Hozirgi kunda sanoat miqyosida bir hujayralilar, ya’ni achitqi, bakteriya, tuban zamburug‘lar 
o‘stiriladigan muhitni yaratib oqsil ajratib olish yo‘lga qo‘yildi. Ancha 8 vaqtlardan buyon 
zamburug‘larning Sacharomyces avlodi vakillarini qandli achitish qobiliyatidan foydalanib, ularni 
aerob nafas olish muhitida o‘stirib oziq-ovqat, tibbiy preparatlar olish va yem-oziqa yetishtirish 
yo‘lga qo‘yilgan. Gidroliz sanoatini paydo bo‘lishi tufayli spirt mahsuloti ajratib olingandan so‘ng 
aerob fermentatsiya sharoitida achishga duch kelmaydigan monosaxaridlardan foydalanish yo‘lga 
qo‘yila boshlandi. Bu narsa o‘simlik manbalarini kislotali gidrolizi natijasida hosil bo‘ladigan 
barcha karbonsuvlardan yem-oziqali achitqi ajratib olish imkonini beradi. Mikroblardan 
foydalanib oqsil ajratib olishni yo‘lga qo‘yish ishlari achitqili biomassani karbonvodorodlardan 
olishga moslashtirilgan zavodlarning qurilishidan boshlab yanada rivojlanib ketdi. Oltmishinchi 
yillardan boshlab neft tarkibidagi karbon vodorodlardan foydalanib oqsilli-vitaminli konsentrat 
(OVK) olishga moslashgan mikrobiologik sanoatni mustaqil tarmoq sifatida shakllanishiga 
sababchi bo‘ldi. Agar dastlab achitqi va bakteriyalarni n-alkanlardan foydalangan holda o‘stirilgan 
bo‘lsa, keyinchalik metanol, etanol, metan, organik sintez chiqindilaridan ham substrat sifatida 
foydalanish imkoniyati paydo bo‘ldi. Parafinlar asosida o‘stiriladigan achitqili biomassaning 
tarkibida 60 % gacha oqsil bo‘lishi mumkin ekan. Shuningdek bu oqsil tarkibida 
aminokislotalarning barchasiga, qator vitaminsimon biologik faol moddalarga, kofaktorlarga boy 
moddalar ko‘p bo‘ladi, ya’ni u juda qimmatli yem-oziqa birligi hisoblanadi. Shu xildagi qimmatli 
yem-oziqa birligini metan va metanol muhitida o‘stiriladigan bakterial biomassa orqali ham olish 
mumkin bo‘ladi. Bakterial biomassa tarkibidagi oqsilning miqdori 70 % gacha yetadi va 
biomassaning hosil bo‘lish jadalligi achitqidagidan ancha yuqori bo‘ladi. Achitqi va 
bakteriyalarning oqsilini aminokislota tarkibi bo‘yicha standart sifatida qabul qilingan soya 
o‘simliginikidan biroz farq qilsada, mikrob oqsillari tarkibida ham aminokislotalarning to‘liq 
tarkibi uchraydi va hattoki lizin, treonin, triptofan va boshqalar standartdagidan biroz ko‘proq 
miqdorda uchraydi. 1-Jadvalda har xil oqsillar tarkibidagi aminokislotalarning miqdoriy nisbatlari 
haqidagi ma’lumot keltirilgan. 1-Jadvaldagi ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdi-ki, standart oziqa 
tarkibidagi aminokislotalar miqdori va biotexnologik yo‘l bilan olinadigan biomassaning 
tarkibidagi aminokislotalarning miqdorini 
farqli 
jihati kam. 
Har ikkalasida ham 
almashinmaydigan aminokislotalarning miqdoriy ko‘rsatkichlari juda yaqin hamda ulardan to‘la 
qimmatli oziqa sifatida foydalanish mumkin. Mikrobli biomassani tadqiq qilish shuni ko‘rsatdiki, 
go‘sht va sut ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan chorvachilik 9 va shuningdek parrandachilikda 
qo‘llash uni texnologik va iqtisodiy jihatdan samaraliroq bo‘lishini isbotladi. Achitqili oziqa 
tarkibidagi oqsil arpa yoki sulidagiga nisbatan o‘rtacha 5 marta ko‘proq (jumladan lizin 10 marta, 
metionin 5 marta va triptofan 3 marta ko‘proq) bo‘ladi. Bundan tashqari quruq achitqida amaliy 
jihatdan B guruhi vitaminlarini hammasi va qator o‘sish omillari uchraydi. Qishloq xo‘jalik 
hayvonlarini oziqlantirishda bu yem-oziqadan foydalanish juda katta samara beradi. Xususan 1 t 
achitqili oziqa 7 t g‘allani iqtisod qilish va qo‘shimcha ravishda 0,8 t cho‘chqa go‘shti, 5 t parranda 
go‘shti yoki 150000 dona tuxum yetishtirish imkonini beradi. Buzoq va cho‘chqa bolalari 
ratsioniga 1 t achitqili oziqa qo‘shish aholi uchun 6 t sutni qo‘shimcha ravishda yetkazish imkonini 
beradi. Shuningdek, yem-oziqa, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishda va tibbiyotda 
foydalanishga qaratilgan aminokislotalar, ferment preparatlari, tibbiyot va veterinariya ehtiyoji 


uchun kerak bo‘lgan antibiotiklar dehqonchilik uchun zarur bo‘lgan biologik o‘g‘itlar, 
o‘simliklarni muhofaza qilish mahsulotlarini sanoat miqyosida ishlab chiqarish muhim 
ahamiyatga ega. Bundan tashqari mikrobli transformatsiya jarayonlaridan foydalangan holda 
vitaminlar, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga qo‘shish uchun kerakli moddalar, yarim sintetik 
antibiotiklar va dorivor moddalarni ajratib olish biotexnologiyaning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri 
hisoblanadi. Hozirgi davrda mikroblar yordamida sanoat miqyosida amalga oshiriladigan sintez 
yagona biotexnologik tizimdan iborat bo‘lishi lozim. Bu tizim o‘z ichiga ishlab chiqariladigan 
mahsulotning turi, uning mahsulot sifatidagi shakli va miqdoriy ko‘rsatkichiga qarab ketma-ket 
amalga oshiriladigan bosqichlar va operatsiyalarni qamrab oladi. Biotexnologik tizimning 
umumiy 
ko‘rinishi 
1-Rasmda 
keltirilgan. 
Odatda 
mikrob-produsentni 
tanlashda 
mikroorganizmning eng yuqori mahsuldor shtammini tanlab olinadi. Bunda molekulyar biologiya, 
seleksiya va molekulyar genetikaning eng so‘nggi yutuqlari bilan qurollangan holda ishni mikrob 
hujayralarini biokimyosi, fiziologiyasi va gen muhandisligiga tegishli bilimlarga tayanib olib 
boriladi. Shu yo‘sinda produsent-shtammning biotexnologik jihati baholanadi va uning potensial 
imkoniyatlari haqida xulosalar chiqariladi. Biotexnologik tizimning samaradorligi produsent-
mikrobning maqsadli mahsulot ishlab chiqarishini ta’minlashda uni o‘stirishga tegishli bo‘lgan 
eng kam harajatli tarkibga ega bo‘lgan kimyoviy komponentlarni tanlash muhim ahamiyatga ega. 
Tanlash variantlarini bir tomondan mikrob hujayrasini energetik va moddiy ehtiyojini qoplaydigan 
va boshqa tomondan texnologik uslub va xomashyoni qimmati nuqtai nazardan eng qulay bo‘lgan 
variant tanlab olinadi. Biotexnologik tizimni shakllantirishda produsent-mikrob hujayralarini 
o‘stirish rejimini ishlab chiqish ham muhim ahamiyatga egadir.. Bunda hujayraning fiziologik 
ehtiyojini maksimal qondirishga intilish lozim. Shundagina hujayraning genetik potensialidan 
to‘liq foydalanish mumkin bo‘ladi. Bu narsa o‘simlik materiallarini gidrolizi natijasida hosil 
bo‘ladigan karbonsuvlarni hammasidan oziqali achitqi ajratib olishda foydalanish imkoniyatini 
yaratadi. Mikroblardan foydalanib oqsil ajratib olishni yo‘lga qo‘yilishi achitqili biomassani 
karbonsuvlardan olishga moslashtirilgan zavodlarning qurilishidan boshlab yanada rivojlanib 
ketdi. Hujayrani o‘stirishni ta’minlaydigan qurilmalarning muhandislik nuqtai nazaridan 
baholaganda, biotexnologik tizimni ishlashini optimallashtirishda matematik modellashtirish 
asosida EHM dan foydalanish va butun tizimni avtomatik boshqarilishiga erishish yaxshi samara 
beradi. Biotexnologik tizimning to‘liq va uzluksiz ishlashini ta’minlashning keyingi bosqichi 
maqsadli ishlab chiqarilgan mahsulotni kafolatli saqlanishi va o‘z vaqtida undan foydalanilishini 
ta’minlashdan iborat bo‘ladi. 1.3. Mikroblar yordamida ajratib olinadigan biofaol moddalar 
Biopreparatlarni, ularni ajratib olish texnologiyalariga qarab uchta guruhga bo‘lish mumkin 
bo‘ladi: 1. Tovar mahsulot sifatida tirik mikroorganizmlar komponentini tutuvchi biopreparatlar. 
Bu xil tovar mahsulotlari jumlasiga o‘simliklarni muhofaza qilish vositalari, bakterial o‘g‘itlar, 
yem-hashaklarni 
silosga 
aylanishini 
ta’minlovchilar, 
biodegradientlar 
va 
boshqa 
biotransformatsiyalovchi faol vositalar kiradi. 2. Faolsizlantirilgan hujayralar va ularni qayta 
ishlash natijasida hosil qilingan biomassalardan tashkil topgan biopreparatlar. Bular jumlasiga 
achitqili oziqa, zamburug‘li mitselliylar va boshqalar kiradi. 3. Mikroorganizmlarning 
metabolizmi asosida tozalab ajratib olingan biopreparatlar. Bular jumlasiga vitaminlar, 
aminokislotalar, fermentlar, antibiotiklar, biolipidlar, polisaxaridlar, mikrob biomassalari va 
metabolitlarini kompleks qayta ishlash mahsulotlari kiradi. Biotexnologiyaning istiqboldagi 
imkoniyatlari cheksiz. Hozirgi kunda uning uchta yo‘nalishi diqqatga sazovordir. 1. Qishloq 
xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan yo‘nalish. Bu sohaga: 13 – yog‘och qoldiqlari va neftning 
karbonvodorodlarini gidrolizlash asosida ajratib olinadigan mikrob oqsillaridan chorva mollari 
ratsionini yaxshilashda foydalanish; – chorva mollari oziqasiga qo‘shib berish maqsadida 
almashinmaydigan aminokislotalar biosintezini sanoat miqyosida amalga oshirish; – mikrob 
oqsili, aminokislotalar, vitaminlar va boshqa chorva mollari ratsionini boyitishdan tashqari, 


parrandalar va qishloq xo‘jalik hayvonlarini kasalliklarini profilaktikasini amalga oshirishda, 
shuningdek madaniy o‘simliklarning zararkunandalariga qarshi samarali kurashni amalga 
oshirishda virus va bakterial preparatlardan foydalanish; – dehqonchilik uchun bakterial 
o‘g‘itlardan foydalanish: bu preparatlar tarkibi azot yig‘uvchi mikroorganizmlardan tashkil topgan 
bo‘lib, ular havo azotini o‘zlashtirish, uni o‘simlik tomonidan ham oson o‘zlashtirilishini 
ta’minlanishiga erishish; – qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi xom-ashyosini qayta ishlash va 
chorvachilik uchun yangi turdagi yem-oziqa ishlab chiqarishda ferment preparatlaridan 
foydalanish kabilar kiradi. Bu maqsadda multienzim komplekslar (MEK) yaxshi samara beradi. 
Somonni oziqaviy somonkonsentrat (oqsilli-karbonsuvli oziqa) ga aylantirishda MEK dan 
foydalanish juda yaxshi samara beradi. Agar biotexnologiyaning rivojlanishini «birinchi davri»da 
fermentlar kompleksining imkoniyatlari chegaralangan bo‘lsa, uning «ikkinchi davri» da 
fermentativ spektri juda keng bo‘lgan MEK lar ishlab chiqildi. 2. Biotexnologiyaning ikkinchi 
rivojlanish yo‘nalishi biologiya tizimi fanlari va sog‘liqni saqlashga oid izlanishlarni o‘z ichiga 
oladi. Gen muhandisligi va molekulyar biologiyaning yutuqlari asosida ilmiy tadqiqotlar olib 
borish va davolash maqsadlari uchun foydalaniladigan yuqori samara beruvchi antibiotiklar, 
monoklonal antitelalar, interferon, vitaminlar, aminokislotalar, shuningdek fermentlar va boshqa 
biopreparatlarni ishlab chiqarish mumkin bo‘ladi. Bu preparatlarning ba’zilari hozirgi kunda 
tibbiyot va veterinariyada samarali ravishda foydalanilmoqda. 3. Biotexnologiyaning uchinchi 
rivojlanish yo‘nalishi sanoat uchun kerak bo‘ladigan mahsulot ishlab chiqarish hisoblanadi. 
Hozirdan boshlab bu mahsulotlar oziq-ovqat va yengil sanoat ehtiyojlari uchun kerak bo‘ladigan 
fermentlar misolida ishlab chiqarila boshlandi. Yaqin kelajakda sanoatning metallurgiya 
(flotatsiya jarayonida ba’zi moddalardan foydalanish, metallani quyish jarayonlari) da, neft-gaz 
sanoati (quduqlar qazishda, o‘simlik va mikrob biomassalaridan kompleks 14 foydalanish) da, 
rezina va lak sanoati (sintetik kauchukka oqsil qo‘- shimchasi qo‘shib sifatini yaxshilash) da 
foydalanilmoqda. 1.4. Biotexnologiyaning rivojlanish istiqbollari Biotexnologiyaning zamonaviy 
rivojlanishida yirik reaktorlarda kechadigan biokimyoviy jarayonlarni har xil manbadan iborat 
bo‘lgan asosga fermentlar yoki mikroorganizmlar hujayralarini immobilizatsiyalangan holda 
joylashtirish asosida amalga oshirish ulkan imkoniyatlar yaratadi. Biotexnologik sintez 
jarayonlarini shu yo‘sinda tashkil qilish juda qimmatli fermentlar va mikroorganizmlarning 
hujayralaridan uzoq muddatlarda foydalanish hamda ishlab chiqarishni uzluksiz tashkil qilish 
imkoniyatini beradi. Immobilizatsiyalangan fermentlardan foydalanib sanoat ishlab chiqarishi 
miqyosida kraxmaldan fruktozani ajratib olish yo‘lga qo‘yilgan. Hozirgi paytda ifloslangan oqova 
suvlarni tozalash va immobilizatsiyalangan tizimlar yordamida glyukoza va qator xo‘jalik ehtiyoji 
uchun zarur bo‘lgan moddalarni ajratib olish yo‘lga qo‘yilmoqda. Biotexnologiyaning istiqbolli 
yo‘nalishlaridan yana biri gen muhandisligi asosida mikroorganizmlarning yangi shtammlari-
produsentlarni yaratish va shu asosda aminokislotalar, shuningdek gormonal va boshqa biofaol 
preparatlarni ajratib olish muammolarini hal qilish hisoblanadi. Bu xil yo‘nalishdagi ishlarning 
yaqqol misoli sifatida ilk bor insulin, interferon, o‘sish gormonlari va boshqa biofaol moddalarni 
mikrobiologik sintez yo‘li bilan ajratib olinganligini keltirib o‘tish mumkin. Genetik muhandislik 
asosida genetik materialni bir xil organizmlardan, jumladan yuqori darajada taraqqiy etgan 
organizmlardan bir hujayrali organizmlarga ko‘chirib o‘tkazish orqali amalga oshiriladigan yangi 
biotexnologik sanoat ishlab chiqarish tarmoqlarini ochish mumkin bo‘ladi. Biotexnologiyaning 
rivojlanishini istiqbollarida mikrobiologik o‘g‘itlar va o‘simliklarni muhofaza qilish vositalarini 
assortimenti tamoman yangilanadi va kengayadi, natijada yangidan yangi biopreparatlar ishlab 
chiqariladi hamda ulardan amaliyotda keng foydalaniladi. Yaqin kelajakda tarkibida kraxmal va 
sellyuloza bo‘lgan mahsulotlardan va sut mahsulotlari chiqindilaridan fruktoza, galaktoza, 
glyukoza-fruktozali sharbatni enzimatik sanoat ishlab chiqarishi orqali ishlab chiqish yo‘lga 
qo‘yiladi. Biotexnologiyaning rivojlanish istiqbollaridan yana bir yo‘nalishi adenozintrifosfat 


(ATF) ni, ya’ni tirik mavjudotlarning universal akkumulyatorini sanoat miqyosida ishlab 
chiqarishdan iboratdir. Bu moddani 15 sanoat miqyosida ishlab chiqarish hujayrasiz tizimlarda 
enzimatik sintezni amalga oshiruvchi biokimyoviy sanoat ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘yish 
imkonini beradi. Biotexnologiya kelajakda ishlab chiqarishni xomashyo bilan ta’minlash, qishloq 
xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati chiqindilarini bevosita xo‘- jaliklarni o‘zida yem-oziqa oqsili, 
yengil o‘zlashtiriladigan karbonsuvlar va hayvonlar uchun yem-oziqalarning boshqa xillarini, 
shuningdek ikkilamchi yoqilg‘i (biogaz), o‘g‘itlar konservantlar ishlab chiqarishni uddasidan 
chiqadi.
 

Yüklə 388,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin