Makromolekulalarning shakli haqidagi to`g`ri tasavvurlar molekulalardagi
harakatlarning xillari- molekulani tashkil qiluvchi alohida qismlarining bir-biriga
nisbatan ichki aylanma harakatlarning kashf qilinishi bilan paydo bo`ldi. Ichki
aylanma harakat hodisasini eng oddiy organik birikma- etan va uning hosilalari
misolida ko`ramiz.
Polimerlarning
eritmalarining xossalari. Bo`kish va erish.
Yuqorimolekulyar birikmalar quyimolekulyar birikmalarda erish qobiliyatiga ega.
Hosil bo`lgan eritmalar molekulyar-kinetik xossalari bo`yicha (osmotik
bosimning
juda pastligi, diffuziya harakatining kichikligi, yarim o`tkazgich membranalardan
makromolekulaning
o`ta
olmasligi)
kolloid
eritmalarni
eslatadi.
Bunday
o`xshashlikning sababi shundan iboratki, ikki xil eritmadagi zarrachalarning o`lchami
bir-biriga yaqin bo`lib, oddiy molekulalarda buning aksidir,
lekin polimer eritmalari
kolloid eritmalardan tubdan farq qiladi. Kolloid eritmalardagi harakatchan zarrachalar
misella shaklida, ya'ni Van-der-Vaals kuchlari yordamida bog`langan molekulalar
yig`indisi shaklida bo`ladi, polimerlarda esa harakatchan zarrachalar juda katta
o`lchamga ega bo`lgan mustaqil molekulalardir. Shunday qilib, polimer eritmalari
kolloid sistemalardan farq qiladi va oddiy eritmalarga o`xshab bir jinsli va
termodinamik barqaror bo`lib, stabilizatorsiz ham turg`un bo`la oladilar, ya'ni
polimerlar ma'lum sharoitda chin eritmalar hosil qiladilar.
Erish nima? Erish- bir komponentning ikkinchi komponentda tarqalishining
xususiy holidir. Erish davrida hosil bo`ladigan chin eritmalar uchun quyidagilar
xarakterlidir:
1) komponentlar orasidagi moyillikning mavjudligi;
2) erish jarayonining o`z-o`zicha borishi;
3) vaqt o`tishi bilan eritma konsentrasiyasining o`zgarmasligi;
4) bir jinslilik;
5) termodinamik barqarorlik va boshqalar.
Yuqorimolekulyar
birikmalar, xuddi quyimolekulyar moddalarga o`xshab, har
qanday suyuqliklarda erimaydi. Ba'zi bir suyuqliklarda polimer o`z-o`zicha erisa,
ba'zilarida umuman erimasligi mumkin. Masalan, polistirol benzolda o`z-o`zicha eriy
oladi, lekin suvda erimaydi. Jelatina esa suvda yaxshi erib, spirtda erimaydi. Demak,
birinchi ko`rsatilgan hollarda polimer va erituvchi orasida o`zaro moyillik kuzatiladi,
boshqa hollarda esa moyillik kuzatilmaydi.
Yuqorimolekulyar birikmalarning erishi quyi molekulyar birikmalarning
erishidan farq qiladi. Polimerlar erishdan oldin bo`kadi, ya'ni bo`kish erishning
birinchi bosqichidir. Bo`kish davrida yuqori molekulyar modda suyuqlikni yutadi
og`irligi ortadi, yumshoq va cho`ziluvchan bo`lib qoladi. Hajmi hatto 10-15 marta
ortadi.
Yuqorimolekulyar birikmalarning erish davrida erituvchi
molekulalari dastlab
polimer modda orasida tarqaladi natijada bo`kish jarayoni kuzatiladi. Erituvchi
molekula asosan amorf polimerlarning makromolekulalari orasidagi g`ovaklarda
joylashadi va asta-sekin makromolekulalarni bir-biridan ajrata boshlaydi. Vaqt o`tishi
bilan makromolekulalar orasidagi bog`lanish susayadi va makromolekula asta-sekin
erituvchi molekulalari orasida tarqaladi, natijada chin eritma hosil bo`ladi. Ko`rinib
turibdiki, bo`kish erish oldidan bo`ladigan kinetik effektdir. Polimerlarni molekulyar
massasi qanchalik katta bo`lsa, uning erishi va bo`kishi shunchalik qiyinlashadi va
aksincha, qanchalik molekulyar massa kamaysa shunchalik
polimerning erishi quyi
molekulyar modlalarning erishiga o`xshab ketadi. Haqiqatdan ham, quyi molekulyar
modda eriganida erigan moddaning molekulalari erituvchi molekulalari orasida
tarqaladi, ya'ni bo`kish jarayoni kuzatilmaydi. Bo`kish chekli va cheksiz bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: