15-mavzu: Hujayraning qayta tiklanishi va umrining davomiyligi


Ko’p hujayrali organizmlarda alohida olingan



Yüklə 157,5 Kb.
səhifə3/3
tarix05.05.2023
ölçüsü157,5 Kb.
#107715
1   2   3
15-mavzu; Hujayraning qayta tiklanishi va umrining davomiyligi

Ko’p hujayrali organizmlarda alohida olingan yoki bir guruh hujayralarning nobud bo’lib turishi ( o’limi ) bir hujayrali organizmlarn ing nobud bo’lishi kabi tabiiy holdir . Hujayralarning nobud bo’lishiga morfologik yoki biokimyoviy omillar sabab bo’lishi mumkin . Hujayra o’limining ikki ko’rinishi mavjud : nekroz ( yunoncha nekrosis " nobud bo’lish " ) va apoptoz ( yunoncha " tushib qolish " , " parchalan ish " ). Apoptozni hujayraning programmalashtirilgan o’limi deb ham atashadi .

Nekroz. Hujayra o’limining bu ko’rinishi hujayra membranasining o’tkazuvchanlik xossasining buzilishi natijasida ichki gomeostazning buzilishi bilan bog’liq bo’lib, hujayra ichidagi ionlar kontsentratsiyasi buzilib, mitoxondriyalar tiklanmas o’zgarishlarga va hamma hayotiy jarayonlarning to’xtashiga olib keladi. Nekroz plazmatik membrananing shikastlanishiga, ko’pgina zaharli moddalar ta’sirida membrananing shimish kuchining pasayishiga , energetik jarayon larning buzilishiga olib keladi . Bunda plazmatik membrananing o’tkazuvchanlik xossasining ortishi natijasida hujayra ichiga suv kirib, u shishadi, sitoplazmada Na + va Ca2 + ionlari kontsentratsiyasi oshadi, vakuolyar tizim komponentlari membranalari uzilib sitozolda oqsil sintezi to’xtaydi, lizosoma gidrolazalari sitoplazmaga chiqib hujayra lizislanadi . Sitoplazmadagi bu o’zgarishlar bilan bir vaqtda yadroda ham o’zgarishlar kechadi . Nekrozning o’ziga xos tomoni shundaki unga katta guruh hujayralar uchraydi . Nekrozga uchragan hujayralar leykotsitlar hujumiga uchrashi natijasida to’qimaning shu qismida shamollash jarayonlari rivojlanadi.
Apoptoz. Organizmlarning rivojlanishi jarayonida bir qism hujayralar hech qanday fizikaviy yoki kimyoviy o’zgarishlarsiz nobud bo’lib turadi . Ya’ni ularning " sababsiz " o’limi sodir bo’ladi. Hujayralar o’limini ontogenezning deyarli hamma bosqichlarida kuzatish mumkinekroz Masalan, neyroblast va gonadotsitlarning nobud bo’lishi, hasharotlar va amfibiyalar metamorfozidagi hujayralarning nobud bo’lishi ( it baliqning dumi va tritonning jabralari rezorbtsiyasi ). Voyaga yetgan organizmda ham domiy ravishda hujayralarning to’satdan o’limi sodir bo’lib turadi. Qon hujayralari - neytrofillar, teri epidermisi hujayralari , ingichka ichak hujayralari - enterotsitlar millionlab nobud bo’ladi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki hujayra o’limi hujayralararo aloqa mexanizmlari oraqali boshqariladi. Ko’p hujayrali organizmlarning hujayralari tirik qolish uchun tashqaridan " signal " olishlari kerak . Bunday signallarning bo’lmasligi hujayrada o’z - o’zini nobud qilish mexanizmi ishga tushishiga olib keladi . Masalan neyron hujayralarini o’stiruvchi omil ( NGF ) bo’lmasa ular nobud bo’ladilar. Jigar hujayralaridagi apoptozda quyidagi jarayonlar kuzatiladi. Jarayonning boshida hujayralarning qo’shni hujayralar bilan aloqasi uziladi, ular bujmayib, yadrolarda xromatin kondensatsiyalanib, yadro va undan keyin hujayraning o’zi ham mayda bo’laklarga parchalanib, har bir bo’lak plazmatik membrana bilan o’raladi . Bu hosil bo’lgan bo’laklar apoptoz tanachalar deb ataladi. Apoptoz hujayraning erib ketishi, lizisiga emas maydalanishi yoki parchalanishiga olib keluvchi jarayonekroz Plazmatik membrana bilan o’ralgan apoptoz tanachalar o’ziga makrofaglarni jalb qiladi. Makrofaglar tarkibidagi lizosomalar yordamida apoptoz tanachalarni hazm qiladi. Qizig’i shundaki, makrofaglar qo’shni sog’ hujayralarga tegmasdan faqat apoptoz hujayralarini tanib oladi. Bunga sabab apoptoz natijasija plazmatik membrananing assimetrikligi buzilib, uning yuzasiga salbiy zaryadlangan fosfolipid - fosfatidilserin chiqib qoladi. Bu hol esa makrofaglar uc hun signal bo’lib xizmat qiladi . Shunday qilib, tanlab olinadigan fagotsitoz orqali to’qimalar nobud bo’lgan hujayralardan tozalanadilar. Demak, apoptoz hujayraning genetik programmalashtirilgan o’limi bo’lib, bunda hech qanday patologik jarayonlar rivojlanmaydi. Apoptozga turli tashqi omillar- nurlanish, toksinlar sabab bo’lishi mumkinekroz DNKda ro’y beradigan qaytmas salbiy o’zgarishlar, mitoxondriyalarda energetik jarayonlarning buzilishi, endoplazmatik to’rda oqsil sintezining to’xtashi ham apoptozni keltirib chiqarishi mumkinekroz Apoptoz yo’li bilan ayrim hujayralarning olib tashlanishi eliminatsiya deyiladi. Apoptozning sodir bo’lish mexanizmlari o’simliklarda ham hayvonlarnikidek bo’lib, lekin apoptoz tanachalari shu tanachar tarkibidagi gidrolazalar ta’sirida parchalanadi, chunki o’simliklarda hayvonlardan farqli ravishda fagosomalari bo’lmaydi. O’simliklardagi apoptozni ildiz g’ilofi hujayralarining yemirilishida , ksilema va floemaning hosil bo’lishida kuzatish mumkinekroz Kuzgi barglarning to’kilishi barg bandining ayrim hujayralari apoptozga uchrashi natijasida sodir bo’ladi. Apoptoz yoki hujayraning programmalashtirilgan o’limining biologik ahamiyati shundaki, organizm o’z faoliyatini tugatgan, patologik o’zgarishlarga uchragan, mutant va viruslar bilan zararlangan hujayralardan holi bo’ladi .
Yüklə 157,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin