15-mavzu. Marketingda kommunikasiya siyosati


Marketing kommunikasiyasi kompleksi



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix27.04.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#103399
1   2   3   4   5   6   7
15-мавзу

 15.4. Marketing kommunikasiyasi kompleksi
Marketing kommunikasiyalarining mo‘ljaldagi auditoriyaga nisbatan qanchalik
“ish berishi”ni tushunish va qanday sharoitlarda axborotning kerakli reaksiya 
bermasligini tushunish uchun odamlar xabarlarni qanday tushunishi, reaksiyasini 
anglash lozim. 
Tashkilotlarning o‘z auditoriyasiga ta’sir qilishining turli yo‘llari mavjud. Ularning 
asosiylari
6


Xabardor qilish;

Eslatish; 

Undash. 
Umuman olganda, marketingda kommunikasiyaning eng foydali va samarali shakli bu 
undashdir.  
Marketing kommunikatori quyidagi masalalarni hal etishi lozim: 

maqsadli 
auditoriyani 
aniqlash; 
maqsadli 
auditoriyani 
aniqlash 
bu 
kommunikatorning eng asosiy vazifasi hisoblanadi. Siz kim uchun tovar ishlab chiqargan 
bo‘lsangiz, o‘sha sizning maqsadli auditoriyangiz hisoblanadi. Masalan, aholining ma’lum 
bir qatlami, ayollar, yoshlar, biznesmenlar va boshqalar. 

reklama qilishdan asosiy maqsadni aniqlash. Siz turli maqsadlarda tovaringizni 
reklama qilishingiz mumkin. Bu maqsadlarni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
a) tovar haqida ma’lumot berish – bunda xaridorlar shunday tovarlar borligi, 
tovarning nomi, markasi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.
b) xaridorlarning tovar haqidagi bilimlarini oshirish – bunda xaridor tovar haqida 
ma’lumotga ega bo‘lishi mumkin, lekin bu ma’lumotlar yetarli bo‘lmasligi mumkin. 
O‘shanda tovar haqida to‘liq ma’lumot beriladi.
v) xaridorni tovarga bo‘lgan munosabatini ijobiy tomonga o‘zgartirish – bunda 
asosan xaridorning tovar haqidagi fikri va tovarga bo‘lgan munosabati yaxshi bo‘lmagan 
holda foydalaniladi. Ya’ni kommunikator xaridorlar tovarni yoqtirmasliklari sababini 
aniqlab, reklama orqali o‘sha kamchiliklarni bartaraf etilganligini ko‘rsatib berishi kerak. 
g) xaridorlarni ishontirish. Buning uchun ishontiruvchi reklamadan foydalaniladi. 
Bunda sizning tovaringizning raqobatchilar tovarlaridan ustunliklari va uning foydaliligi 
ko‘rsatiladi. Ishontirishning asosiy vositalaridan biri bu omma bilan aloqa hisoblanadi. 
d) sotish hajmini oshirish maqsadida qilinadigan reklama. Bunda tovar haqida hamma 
etarli ma’lumotga ega, lekin xaridorlarga tovarni eslatib turadi. 
6
Scott McCabe. Marketing Communications in Tourism and Hospitality Concepts, Strategies and Cases.Copyright 
© 2009 Elsevier Ltd. All rights reserved 



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin